M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BrTPda kuyganlarga korsatiladigan tibbiy yordam hajmi
1-vrachlik
yordami (BrTP). Kuyganlarni tibbiy saralashdan o'tkaziladi. Ular quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Maxsus ishlovga muhtojlar. Ulaming kiyimidagi radioaktiv moddalar miqdori normadagidan ko’p bo’ladi. 2. Havotiy ko’rsatmaga asosan l-tibbiy yordamga muhtojlar: shok, asfiksiya. 73 3. Shokka qarshi chora-tadbirlar o'tkazish lozim bo‘lmagan evakuatsiya qilinuvchilar. 4. Yengil shikastlanuvchilar, ularga 1-tibbiy yordam ko'rsatib bo'lgach, bo'linmaga qaytarish mumkin. 5. Simptomatik davolashga muhtojlar. BrTPda kuyganlarga ko'rsatiladigan tibbiy yordam hajmi Ular mahalliy va umumiy chora-tadbirlardan iborat. Kuygan so- haga ishlov o'tkazishdan oldin bog'lamni almashtirish (kuygan yuza- ni tozalash, pufaklarini olib tashlamaslik kerak). Kuygan yuzaga nam antiseptik eritma (furatsilin, rivanol) bog'lam qo'yish. BrTPda birinchi tibbiy yordam umumiy chora-tadbirlari quyida- gilardan iborat: Saralash maydonchasida yoki saralash palatkasida aktiv immunlana- di. Shartii ravishda qoqsholga qarshi profiiaktika o'tkaziladi. 3000 ТВ qoqsholga qarshi zardob,0,5 ml anatoksin va keng spektorti antibiotiklar yuqori dozada(2~3 min Yed), 2 ml 1% morfin eritmasi va yurak gliko- zidlaridan berilishi mumkin. Qoqsholga qarshi chora-tadbirlarga muhtoj bo'lmaganlaiga, saralash punktiga tezda evakuatsiya qilinganlarga kom- pleks chora-tadbirlar qo'llaniladi. Qo'shimcha ravishda antigistamin pre- paratlari yuboriladi. (2 ml 2,5% dipazin, pipolfen 1 ml 0,06% koig- likon, 20 ml 40% glukoza v/i , 2,4% eufiiin 5-10 ml 40% 10 ml glukoza v/i yuboriladi). Tana oldingi yuzasi, distal qismi va oyoqlar kuyganda ikki tomonlama paranefral blokadasi o'tkaziladi. Psixomator qo'zg'alishlar bo'lganda aminazin yoki uning analoglari beriladi. Og'riqsizlantiruvchilar, narkotik moddalar yuboriladi. BrTP bog'lov bo'limida kuyish shokidagilarga shokka qarshi cho- ra tadbirlar o'tkazish ketma-ketligi: 1. Qo‘ 1 yoki oyoq yuza venasidan birini punksiya qilish (ka- teterizatsiyalash). 2. Vena ichiga oqim bilan 1000-1500 ml plazma o'rinbosarlaridan quyish: poliglyukin, 0,9% natriy xlorid, 5% glukoza, gemodez. 3. Venaga quyiluvchi eritmalarga 2 ml 2% promedol, 5 ml!% dimedrol, droperidol, 10 ml 2,4% eufillin eritmasi quyiladi. Droperidol bilan birga natriy oksibutirad yuboriladi (50 mg 1 kg tana massasiga). 4. Kuygan yuzaga aseptik bog'lam qo'yish lozim. 5. Kuygan qo'1-oyoqlarni transport immobilizatsiya qilish lozim. 6. Tuz-suv eritmasidan ichirish (1 1 suvga 1 choy qoshiq osh tuzi va 2/3 choy qoshiq natriy gidrokarbonat yoki limon kislota aralashtiriladi. Bog'lov bo'limida nafas a’zolarini termik kuyishda chora-tadbirlar o'tkaziladi. Bronxlar hamda yuqori nafas yo'llari spazmini yo'qotish uchun vena ichiga 100-200 mg gidrokartizon, 30-60 mg prednizo- 74 Ion, eufillin, antigistamin preparatlari yuboriladi. Ikki tomonlama va- gosimpatik blokada o'tkaziladi. Agar yuqori nafas yo'llarida obturatsi- ya hisobiga asfiksiya saqlanib qolsa traxeostomiya o'tkaziladi. Uglerod oksidi bilan zaharlanganda vena ichiga oqim bilan 400— 500 ml poliglyukin va 40 ml 40% glukoza eritmasidan yuboriladi. Jabrlanganlarga shok va uglerod oksididan zaharlangan holatda (birdaniga gipotoniya, rangparlik, akrotsianoz, tez va kuchsiz puls). Vena ichiga 500 ml. poliglyukin, 1000 ml 0,9% NaCl eritmasi 500 ml 10% glukoza 16 ТВ insulin bilan, 30 ml 30% natriy tiosulfat eritmasi yuboriladi. Qovoq va ko'z olmasi kuyishida konyuktival bo'shliqqa 2-3 tomchi dikain eritmasi tomiziladi va qovoqqa 5 % li sintamitsin yoki sulfamil 10% li malhami qo'yiladi. Shokka qarshi tadbirlardan so'ng jabrlan- ganlar bog'lov bo'limidan evakuatsiya bo'limiga o'tkaziladi. I. Tibbiy saralash. Shikastlanganlar 5 guruhga ajratiladi. 1. Og'ir kuyganlar (Shok, nafas yo'llari jarohati, yonish mahsulotlari bilan zaharlanish. Bular tibbiy muassasalarda davolan- ishlari lozim, ya’ni kuyganlar uchun shokka qarshi bo'limda. 2. 0‘rta darajadagi kuyganlar harbiy-daia xirurgik gospitaliga ko'chiriladi. 3. Yengil kuyganlar YJHDG ga yuboriladi. 4. TBOning sog'ayayotganlar guruhida davolanishi lozim. 5. Simptomatik davoga muhtoj guruh (agonal holatidagilar). II. Kuyganlar uchun shokka qarshi tadbirlar ketma-ketligi. Chodirda harorat 25—27°C. 1. Bemor krovatga joylashtiriladi. Bemor tagiga steril choyshab solinadi, xuddi shunday choyshab bilan ustiga ham yopifadi. 2. Markaziy venalardan biri kateterlanadi (o'mrov osti yoki qo'lning medial teri osti venasi). 3. Markaziy venoz bosimini aniqlash. 4. Ishlab chiqilgan sxema bo'yicha transfuzion va medikamentoz terapiyani boshlash. 5. Namlangan kislorod ingalatsiyasi uchun burun yo'llariga ka- teter kirgizish. 6. Siydik qopiga soatlik diurezni aniqlab borish uchun doimiy kateter kirgizish. 7. MVB, diurez, transfuzion terapiya hajmi, ichilgan suyuqlik haj- mi, ishlatilgan doriiar va klinik ko'rinishlarning (puls chastotasi, nafas chastotasi, tana harorati, ko'ngil aynishi, teri-rektal gradient) soatlik qayd qilish bilan shokka qarshi terapiya xaritasini olib borishni bosh- lash. 8. Kuygan yarada davo tadbirlarini o'tkazmaslik (shokning chu- qurlashuvi). 75 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling