M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
shok
diagnostikasining asosiy kriteriylari. Kuyish chuqurligi va maydoni qoidaga ko'ra yuzaki kuyishda tana yuzasi- ning 20-25-30% maydoni, chuqur kuyishida yuza maydoni 10% shikastlangan hollarda shok rivijfanadi. ATOda shok diagnostika qilish imkoniyatlari kengayadi. Xususan ijobiy tibbiy taktika sharoitlarida MVB va soatlik diurez aniqlanadi. Ixtisoslashtirilgan gospitallarda kuyish shokida instrumental va laborator diagnostika keng hajmda qo'llaniladi. Qondagi gazlar, suv-elektrolit almashinuvining buzilishi, kislota-ishqor muvozanati, EKG, o'pka rentgenografiyasi va boshqalar dinamik tekshiruvlar ko'zda tutiladi. Alohida aytish kerakki, BrTPda aniq ma'lumotlar asosida shok- ning og'irlik darajasini aniqlashning imkoni yo'q. ATO va HDXG da kuzatuv jarayonida qo'shimcha tekshiruv usullari bilan nisbatan 71 toMiqroq bolgan shokning klinik ko'rinishi va uning og‘ir!ik darajas- ining aniqroq ma’lumotini olish mumkin. 1- daraja - yengil kuyish shoki. Chuqur kuyish maydoni 20% gacha, sutkalik siydik miqdori normada. 25-30 ml soatlik diurezn- ing miqdori qisqa muddatli pasayishi kuzatiladi. 2- daraja — og‘ir kuyish shoki. Chuqur kuyish maydoni 20- 40%, I soatda psixomator qo'zg'aluvchanlik, qayd qilish, ko‘ngil aynishi, AQB labil, sutkalik diurez 600 ml gacha pasaygan, soatlik diurez aiohida porsiyalarda 15—20 ml gacha susaygan. Azotemiya, metabo- lik atsidoz rivojlanadi. 3- daraja - o‘ta og‘ir kuyish shoki. Chuqur kuyish maydoni tana yuzasining 1 40%idan ortiq. Sistolik bosim pasayishi, oligoanuriya, soatlik diurez 5—15—20 ml, siydik to‘q jig'arrang, ko'p miqdorda cho‘kma va hidli. Azotemiya, qonda umumiy oqsil miqdori keskin kamaygan. Og'irlik darajasidan tashqari kuyish shoki fazalarini baholash ham mumkin: kompensatsiya, dekompensatsiya, shok stabilizatsiyasi. Kuyishning kompensatsiya fazasi 6 soat davom etadi. Bemorda qo'zg'aluvchanlik, eyforiya, u og'riqdan shikoyat qiladi. Xusili saq- langan, AQB normada yoki ko'tarilgan, puls susaygan. Faza oxirida AQB normada, eyforiya, harakat notinchligi yo'qoladi. Bu shokn- ing dekompensatsiya fazali kuyishi sodir bo'lgach, bir necha soat- dan so'ng namoyon bo'ladi. Ikki sutka davom etadi va MNS cliar- chashi natijasida tormozlanish bilan xarakterlanadi. Jarohatlangan- dan keyin sustlik, tormozlanish, atrofga befarqlik, teri qoplamlari rangparligi, akrotsianoz kuzatiladi. Ajraladigan siydik miqdori kes- kin kamaygan, to anuriya holatigacha. Harorat 35°S gacha pasaygan. AQB pasaygan, puls tezlashgan, qon oqimining susayishi kuzatiladi. Radioaktiv va ximik vositalar bilan kuyishning kechishi. Umumiy radiatsion (nurdan) shikastlanishda kuyishning kechishida asoratlanadi: Nur kasalligining birinchi bosqichida nur kasalligi kuchsizlanadi yoki regenerator jarayonlar kechikadi. Organizmning rezistentligi kamayadi. Mahalliy va umumiy infeksion asoratlar kuchayadi. Buni davolash muhim ahamiyatga ega. Kuygan sohaning ifloslanishi nekroz kuchayishiga olib keladi va tiklanish jarayonlarini pasaytiradi. OBning teriga rezorbtiv ta’siri qo’sliimcha spetsifik yallig'lashni — nckrotik jarayonlarni kuygan sohada kuchayishiga olib keladi, bun- dan tashqari umumiy — rezorbtiv ta'sir butun organizmda bo'iadi. OB va FOBning kuygan sohalarda so'rilishi tez sodir boladi. Tibbiy cvakuatsiya davrida kuyganlarni davolash Darsning maqsadi: jang rayonlarida davolashni tashkillashti- rishni o'rgatish. Talabalarga BrTP va ATOda tibbiy yordam ko'rsatishni o'rgatish. 72 Darsning savollari quyidagilar: Davolash prinsiplari, jang maydo- nida tibbiy yordam, tibbiy saralash, tibbiy ko'chirishlarda (BrTP, ATO, MHDJG — mahsuslashtirilgan harbiy-dala jarrohlik gospitali) tibbiy yordam ko'rsatkichlari. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling