M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Gavda muskullari, tanani harakatga keltiruvchi muskullar.
Gavda muskullari joylashishiga qarab ko’krak qafasi, qorin va orqa muskullariga bo’linadi. Orqa muskullari. Orqa muskullari ikki guruxga: yuzada joylashgan va chuqur muskullariga bo’linadi. Yuza muskullar guruxida trapetsiyasimon muskul, orqani keng yoki serbar muskuli, katta va kichik rombsimon muskullar, kurakni ko’taruvchi muskul, yuqori va pastki orqa tishsimon muskullar joylashadi. 1. Trapetsiyasimon muskul uchburchak shaklga ega, juft, o’ng va chap tomondagi trapetsiyasimon muskullar birga trapetsiya shakliga o’xshaydi. 63 Muskullning yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o’rta tutamlari pastga, pastki tutamlari esa pastdan yuqoriga yo’nalgan. Bu muskul ensa suyagidan, bo’yin va ko’krak umurtqalarini o’tkir o’simtasidan boshlanib, o’mrov suyagining akromial uchiga, akromial o’simtasiga va ko’krakni qirrasiga kelib birikadi. Bu muskullar umurtqa pog’onasining bo’yin qismini harakatga keltirib, yelka kamar va yelka bo’g’imidagi harakatlarda ishtirok etadi. 2. Orqaning keng yoki serbar muskuli tananing yuzasida pastki qismida joylashadi. Bu muskul 5- ta oxirgi ko’krak umurtqalaridan yonbosh suyagining qirrasidan boshlanibelka suyagining kichkina do’ngiga borib birikadi. Bu muskul turli harakatlarda ishtirok etadi. Yelka suyagini harakatga keltirganligi sababli yelkani pastga to’shiradi, kurakni umurtqa pog’onasi tomon yaqinalashtiradi. Ko’krak qafasini xajmini kengayishida, gavdani yuqoriga ko’tarishda ishtirok etadi. 3. Katta va kichik rombsimon muskullar oxirgi ikkita bo’yin umurtqasi va 4-ta yuqori ko’krak umurtqasining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib kurakning ichki qirrasiga kelib birikadi. Bu muskul kurakni va yelka bo’g’imini harakatlarida asosan kurakni ko’tarish va olib kelishda ishtirok etadi. 4. Kurakni ko’taruvchi muskul - bu muskul yuqorigi bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib kurakning yuqori burchagiga birikadi. U kurakni yuqoriga ko’tarib turishda va umurtqa pog’onasining bo’yin ksimini egish va yozish harakatlarini bajarishda yordam beradi. 5. Orqaning yuqorigi (tishsimon muskuli) - bu muskul 2 - ta pastki bo’yin va 2-ta yuqorigi ko’krak umurtqasining o’tkir o’simtalaridan boщlanib ikkinchidan 5 - chigacha yuqori qovurg’alarga birikadi. Bu muskul 2-5 qovurg’alarni yuqoriga ko’tarib, nafas olishda ishtirok etadi. 6. Orqaning pastki tishsimon muskuli - bu muskul 2 pastki ko’krak va 2 yuqorigi bel umurtqalarining o’tkir o’simtalaridan boshlanib, 4 pastki qovurg’aga birikadi. Muskul qisqarganda qovurg’alar pastga tushadi. Orqaning chuqur muskullari. Orqaning chuqur muskullari umurtqa pog’onaning ikki yonida joylashib, qovurg’alar burchaklarida, umurtqalarning o’tkir o’simtalari orasida va suyakli chuqurliklar ichida joylashadi. Chuqur muskullar asosan gavda harakatlarida ishtirok etadilar. Umurtqa pog’onasining har bir yonida uchta-orqa , lateral va medial muskulli tutamlar hosil bo’ladi. Bu traqilardagi muskullar va bo’yinning kamarsimon muskullari, gavdani tiklovchi muskulko’ndalang o’tkir o’simtali muskul kiradi. umurtqa pog’onani yozishda ishtirok etuvchi eng kuchli muskul - bu gavdani tiklovchi yoki rostlovchi muskul. Uning tuzilishi ham murakkab. Bu muskul dumg’azaning orqa yuzasidan va yonbosh suyagining tashqi qirrasidan boshlanib, ensagacha davom etadi. Muskul 3 qismdan: o’tkir o’simtali muskul, orqaning eng uzun muskuli va yonbosh - qovurg’a muskullaridan iborat. Ko’ndalang - o’tkir o’simtali muskul orqaning eng uzun muskuli va o’tkir o’simtali muskullar ostida joylashgan. Bu muskul dumg’azadan boshlanib 64 ensagacha davom etadi. Bu muskul 3 qatlam bo’lib joylashagn muskul tutamlaridan iborat. Ko’krak muskullari. Ko’krakdagi muskullar bajaradigan funktsiyasiga qarab 2 gruppaga bo’linadi. Birinchi gruppadagi muskullar yuza joylashib, yelka kamarini va qo’lni harakatga keltiradi. Bularga ko’krakning kichik muskuli, o’mrov osti muskuli va oldingi tishsimon muskullari kiradi. Ikkinchi gruppaga chuqur joylashagn muskullar kirib, ular nafas olishda ko’krak qafasini harakalarida ishtirok etadi. Bularga tashqi va ichki qovurg’alararo muskullari, ko’krakning ko’ndalang muskuli kiradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling