M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Gavda harakatlari.
Tana yozish, bukish, tik o’q atrofida ikki yonga burilish harakati va aylanma harakatlarini bajarishi mumkin. Tanada bukish harakatini qorinning to’g’ri muskuli, tashqi qiyshiq muskuli, ichki qiyshiq muskuli, katta va kichik yonbosh - bel muskullari bajaradi. 66 Tananing ikki tomonga burilish harakati umurtqa pog’onasining bir tomonidagi bukuvchi va yozuvchi muskullarning bir zumda qisqarishi natijasida vujudga keladi. Bularga belni kvadrat muskuli, qovurg’alararo muskullar, pastki orqa tishsimon muskullar kiradi. Nafas olishda ishtirok etuvchi muskullar Nafas olish muskullari ikkiga: nafas olish va nafas chiqarish muskullariga bo’linadi. Bundan tashqari bu muskullarni uchta guruxga bo’lish mumkin: a) nafas olishda ishtirok etuvchi asosiy muskullar, b) nafas olishda ishtiork etuvchi qo’shimcha muskullari, v) nafas olishda ishtirok etuvchi vositali muskullar. Nafas olishda ishtirok etuvchi asosiy muskullardan diafragma hisoblanadi, chunki u nafaqat nafas olishda, nafas chiqarishda ham ishtirok etadi. Diafragma - ko’ndalang targil muskul to’qimadan tuzilgan yupqa muskul. U gumbazsimon shaklda bo’lib, ko’krak qafasini qorin bo’shligidan ajratib turadi. Diafragmani markaziy va eng yuqori qismi - payli markaz deyiladi. Atrofdagi periferik qismi esa muskul to’qimasilan iborat bo’lib, muskulli qismi deyiladi. Diafragmada 3 qism - to’sh, qovurg’a va bel qismlari farqlanadi. To’sh qismi to’sh suyagi ning xanjarsimon o’simtasidan boshlanadi. Qovurg’a qismi 6-ta pastki qovurg’alarning tog’aylaridan va yoysimon paylardan boshlanadi. Bu qismda o’ng va chap oyoqchalari farqlanadi. O’ng oyoqcha yoysimon paylardan boshlanadi, chap oyoqcha esa oxirgi ko’krak umurtqasidan va 4- ta yuqori bel umurtqalaridan boshlanadi. CHap va o’ng tomondagi oyoqchalar o’rtasida teshiklar bor. Bu teshiklardan qizilo’ngach, adashgan nerv, aorta, ko’krak limfa okimi o’tadi. Payli markazning o’ng qismida teshik bo’lib, undan pastki qovak vena o’tadi. diafragmani asosiy vazifasi bu nafas olish protsessida ishtirok etish. Diafragmani muskuli qismi qisqargaligi sababli harakatlar vujudga keladi. payli markaziy qismi esa muskulli qism qisqargandan so’ng passiv holda harakatlarni takrorlaydi. Muskul tolalar qisqarganda diafragma pastga tushadi, natijada ko’krak qafasi kengayadi va o’pkaga havo tulishi tezlashadi. Bunda limfa okimini yurak tomon harakati tezlashadi. Muskul tolalar bo’shashganda diafragma yuqoriga, ko’krak qafasi tomon ko’tariladi. SHuni aytib o’tish kerakki, diafragmani pastga tushishi aktiv holda o’tadi, yuqoriga ko’tarilish esa passiv holda ro’y beradi va bu protsess qorin bo’shligi bilan ko’krak qafasi bosimlari orsidagi farqi hisobiga sodir bo’ladi. Turli jismoniy harakatlar va holatlarda, masalan, gimnastik ko’prik yoki tik turish holatlarida diafragmani ishi murakkablashadi va nafas olish protsesslari ancha qiyinlashadi. Diafragma sport bilan shug’ullangan odamlarda yaxshi rivojlangan. Harakatchanligi sport bilan shug’ullanganda (6-8 sm), shug’ullanmaganlarda (3- 4 sm). Diafragmani joylashishi yoshga, nafas olish, ekskursiyaga va tananing holatiga bog’liq. Yosh bolarda diafragma kattalarga nisbatdan, baland joylashadi. Tanani tik holatiga nisbatdan gorizontal holatida diafragma baland joylashadi. Yoshi katta odamlarda diafragma pastroq joylashadi. Qovurg’aaro muskullar ikki qavat bo’lib joylashagn. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling