M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Shilliq  parda  -  notekis  bo’lib,  uning  yuzasida  har  xil  yo’nalishda  ketgan 
burmalar  farqlanadi.Uzunasiga  ketgan  burmalar  4-5  buli,  kardial  teshikdan 
boshlanib  pilorik  qismidagi  teshikgacha  yo’naladi.Me’daning  tubi  va  tana 
qismida  joylashgan  burmalar  kundlang,  kiya  va  uzunasiga  qarab  yo’nalgan. 
Me’dani o’n ikki barmoqli ichakka o’tish joyida pilorik o’zuksimon burma hosil 
bo’lib, uning asosini muskulli sfinkter hosil qiladi. Sfinkter qisqarishi natijasida 
me’da  bo’shigi  o’n  ikki  barmoqli  ichak  bo’shlig’idan  to’liq  ajratiladi.  Shilliq 
parda  yuzasida  ko’p  miqdorda  me’da  maydonchalari  va  chuqurchalari 
joylashgan.  Me’da  maydonchalari  mayda  egatlar  bilan  chegaralangan 
bo’rtiqlardir. Bo’rtiqlar xajmi uncha katta emas va eniga 1-6 mm keladi. Me’da 
maydonchalarida me’da chuqurchalari joylashgan. Chuqurchalarni soni me’dada 
3  millionga  teng.  Har  bitta  chuqurchaga  xususiy  plastinka  qavatida  joylashgan 
2-3  bezlarining  chiqaruv  naylari  ochiladi.  Me’daning  shilliq  pardasi  uch 
qavatdan tuzilgan: 
a)  bir  qavatli  tsilindrsimon  epiteliy  -  me’da  shilliq  pardasi  yuzasini  va 
chuqurchalarni  qoplaydi.  Me’da  epiteliysi  shilliq  moddalar  doimo  ishlab  turadi 
va  me’da  devorini  ichki  tomonidan  shilimshshik  modda  qalin  qavat  xolida 
qoplab  turadi.  Pepsin,  xlorid  kislota  va  boshqa  ximieviy  yemiruvchi  moddalar 
ta’siridan himoyalaydi. 
b)  xususiy  plastinka  -  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan  bo’lib,  bunda 
me’daning  pilorik,  kardial  va  fundal  bezlari  joylashgan.  Biriktiruvi  to’qimasi 
tolalari  orasida  limfotsitlar,  plazmatik  hujayralari  va  fibroblastlar,  limfoid 
follikulalar ko’p miqdorda uchraydi 
v)  muskul  plastinka  -  silliq  muskul  hujayralarining  yupqa  qatlamidan 
iborat. 
2.  Shilliq  osti  qavati  -  siyrak  tolali  shakllanmagan  biriktiruvchi  to’qima, 
qon  va  limfa  tomirlarining  turlari  va  Meysner  nerv  chigali  uni  tarkibini  tashkil 
qiladi. 
3.  Muskul  parda  -  silliq  muskul  to’qimadan  tuzilgan  bo’lib,  muskul 
hujayralari  uzunasiga,  halqasimon  va  qiyshiq  yo’nalishda  o’rnashgan.  Muskul 
pardaning qavatlari orasida - Auerbax nerv chigali va limfa tomirlari yetadi. 


 
85 
4.Seroz  parda  -  qorin  pardaning  vistseral  varag’idir.  Seroz  pardaning 
yuzasi  bir  qavatli  yassi  epiteliy  -  mezoteliy  bilan  qoplangan.  Seroz  parda 
me’dani  hamma  tomonidan  qoplaydi  va  shu  sababli  intraperitonial  a’zolar 
guruxiga kiradi. 
Ishlab  chiqadigan  maxsuloti  yoki  sekretiga  ko’ra,  joylashuviga  nisbatan  3 
gurux  me’da  bezlarMe’daning  pilorik  bezlari  i  farqlanadi.  Odamda  me’da 
bezlari 35 millionga yaqin bo’lib, xususiy yoki fundal, pilorik va kardial bezlar 
ajratiladi.  Me’da  bezlari  shilliq  pardaning  xususiy  plastinkasida  joylashib, 
tuzilishi jixatdan oddiy, naysimon va shoxlanmagan bo’ladi. Har bitta bezda tubi 
va  me’da  chuqurchasiga  ochiladigan  bo’yinchasi  farqlanadi.  Xususiy  yoki 
fundal  bezlarda  4  xil  hujayralar,  chunonchi  bosh  hujayralar,  qo’shimcha 
hujayralar,  qoplama  hujayralar  va  bo’yin  hujayralar  bo’ladi.  Bosh  hujayralar 
bezning  tubida  ko’proq  joylashib,  pepsinogen  va  rennin  ishlab  chiqaradi. 
Qoplama  hujayralar  xajmi  bosh  hujayralar  xajmidan  kattaroq  bo’lib,  yakka-
yakka  yetadi  va  bezning  tana  va  bo’yichasida  ko’proq  uchraydi.  Qoplama 
hujayralar  xlorid  kislotasi  va  antianemik  faktor  ishlab  chiqadi.  Qo’shimcha  va 
bo’yin xujayralari ishlab chiqadigan maxsulotiga ko’ra bo’linadi: 
a)  mukotsitlarga  -  shilliq  yoki  mo’tsin  moddasini  ishlab  chiqaradigan 
hujayralar. 
b)  me’da  endokrinotsitlarga  -  serotonin,  endorfin,  gistamin  va  boshqa 
biologik aktiv moddalar ishlab chiqaradigan hujayralar. 
Me’daning  pilorik  bezlari  uning  o’n  ikki  barmoq  ichakka  ochiladigan 
sohasida  joylashgan.  Pilorik  bezlar  tuzilishi  jixatdan  oddiy  alveolyar  naysimon 
bezlar  guruxiga  kiradi.  Pilorik  bezlar  tarkibida  shilliq  moddalar  ishlab 
chiqaradigan  qo’shimcha  hujayralar,  mukotsitlar,  enteroendokrin  hujayralarni 
ajratish  mumkin.  Bu  hujayralar  serotonin,  endorfin,  somatostatin,  gastrin  va 
boshqa  biologik  moddalarni  ishlab  chiqaradi.  Bo’yin  bugmachasi  sohasida 
joylashgan  hujayralarining  bo’linishi  hisobidan  bez  hujayralarini  tiklanishi 
ta’minlanadi. 
Me’daning kardial bezlari oddiy naysimon yoki alveolyar- naysimon tipda 
tuzilgan. Kardial bezlarning hujayralari asosan shilliq moddalar ishlab chiqaradi, 
ba’zan tarkibida bosh va qoplama hujayralarni oz miqdorda uchratish  mumkin. 
Postnatal ontogenez davomida oshqozon tez takominlashadi. 
Chaqaloqlarda me’da shakli duksimon bo’lib, juda tez o’sadi. Chaqaloqlik 
davridan  voyaga  yetguncha  ichki  a’zolarni  massasi  12  marotaba  oshsa,  me’da 
vazni  24  marotaba  oshadi.  Yangi  tug’ilgan  chaqaloqni  me’da  xajmi  30-35  sm, 
ikki  xaftadan  so’ng  -  90  sm,  3  yoshda  576-680  sm  tashkil  etsa,  katta  odamda 
1200-1600 sm ga teng. 
Me’da  osti  bezi  qorin  bo’shlig’ining  orqa  tomonida  I-II  bel  umurtqalari 
qarshisida, me’daning orqasida joylashgan. U qorin pardasi bilan faqat - oldingi 
va  pastki  tomondan  o’ralgan  bo’ladi.  Me’da  osti  bezi  ovqat  hazm  tizimida 
ikkinchi  yirik  bez  bo’lib,uning  massasi  60-100  g,  uzunligi  15-22sm.  Bez 
kizigish-kulrangda, ustidan yupqa biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan, 
o’n ikki barmoqli ichak bilan talok orasida joylashgan. 


 
86 
Me’da  osti  bezi  bosh,  tana  va  dum  qismlaridan  iborat.  Bosh  qismi  keng 
bo’lib, o’n  ikki  barmoqli  ichakning  taka  shaklidagi  egikligida  joylashadi.  Tana 
qismi  uzun  va  ko’ndalang  yo’nalgan.  Dumi  esa  toraygan  bo’lib,  talok 
darvozasigacha  yetadi.  Bezning  orqa  tomonida  qorin  aortasi  va  pastki  kavak 
vena yondoshib turadi.  
Me’da  osti  bezida  ekzokrin  va  endokrin  qismlari  ajraladi.  Ekzokrin  qismi 
tashqi  sekretsiya  bezlariga  o’xshash  bo’lib,  tuzilishi  jixatdan  murakkab 
alveolyar-naysimon bez hisoblanadi. 
Alveolyar qismi atsinuslar deyladi. Atsinuslar tarkibiga kiruvchi hujayralar 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling