M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Qo’lning harakatida ishtirok etuvchi ko’krak muskullari.
1. Ko’krakning katta muskuli- katta yassi muskul bo’lib, ko’krakning oldingi yuzasida, teri ostida joylashadi, qovurg’alarni qoplab turadi va qo’ltiq osti chuqurchasining oldingi devorini hosil qiladi. Bu muskul o’mrov suyagidan , to’sh suyagi ning oldingi tomonidan, qorinning to’g’ri muskullning kinidan boshlanadi va yelka suyagining katta do’ngiga birikadi. Ko’krakning katta muskuli qisqarganda yelkani bukudi, ichkariga tortadi, olib keladi va nafas olishda ishtirok etadi. 2. Ko’krakning kichik muskuli - katta ko’krak muskuli ostida joylashagn, II - V qovurg’alar yuzasidan boshlanib, kurakning tumshuqsimon o’simtasiga borib birikadi. Bu muskul yelka kamarini oldinga va patsga qarab harakatga keltirib turadi. 3. Oldingi tishsimon muskul - ko’krak qafasining yon tomonidan joylashagn bo’lib, yuqorigi IX qovurg’alar yuzasidan tishsimon bo’lib boshlanadi va kurakning ichki qirrasiga va pastki burchagiga birikadi. Bu muskul kurakni oldiga va tashqariga qaratib harakatga keltiradi va nafas olishda ishtirok etadi. Oldingi tishsimon muskul ayniqsa bokschilarda, kilichvozlarda yaxshi rivojlangan. 4. O’mrov osti suyagi - yaxshi rivojlangan kichik muskul o’mrov suyagi bilan I qovurg’a orasida joylashgan. Ko’krakning xususiy muskullari. 1. Tashqi qovurg’alararo muskullari- bu muskullning tolalari yuqorida joylashgan qovurg’aning pastki qirrasidan boshlanib pastda joylashgan qovurg’aning yuqori qirrasiga birikadi. Muskul qisqarganda qovurg’alar ko’tariladi va nafas olinadi. 2. Ichki qovurg’alararo muskullar - tolalari aksincha, pastdan yuqoriga va oldinga yo’nalgan bo’ladi. Bu muskullar to’sh suyagi dan qovurg’a burchagiga joylashgan. Nafas chiqarishda ishtirok etadi. Ko’krakining xususiy muskullariga ko’krakning ko’ndalang muskuli va qovurg’alar osti muskullari ham kiradi. Bu muskullar ichki qovurg’alararo muskullarga nisbatan sinergist hisoblanadi va ular nafas olishda ishtirok etadilar. qorin muskullari va fastsiyalari Qorin muskullari qorin bo’shligini oldingi, yon va orqa devorlarini hosil qiladi. CHap va o’ng tomonda joylashgan muskullar orasida tananing o’rta chizig’i bo’ylab qorinnig ok chizig’i ifodalanadi. Ok chiziq to’sh suyagi ning 65 xanjarsimon o’simtasidan boщlanib, qov suyaklarining simfizigacha davom etadi. Ok chiziq bu qorin pressini tashkil etuvchi muskullarni keng payli uchlarini yoki aponevrozlarini tutashib ketgan chegarasi hisoblanadi. 1. QORINNING TO’G’RI MUSKULI - uzun lentasimon muskul bo’lib, qorinni old devorini tashkil etadi, ok chiziqka nisbatdan o’ng va chap payli kin joylashgan. Bu muskul to’sh suyagi ning xanjarsimon o’simtasidan, 5-7 qovurg’alarning tog’ay qismidan boщlanib, qov suyagining yuqori chetiga birikadi. U bir nechta payli tortmalar bilan 4-5 segmentlarga ajralgan. Teri ostida bu muskul segmentlari aniq ifodalanadi, ayniqsa shtangchilarda va ko’rashchilarda. qorinning to’g’ri muskuli qisqarganda gavda bukiladi - eng kuchli bukuvchi muskul hisoblanadi. Qorin pressi hosil bo’lish da va qisman na?as chiqarish paytida. Ko’krak qafasining harakatlarida ham ishtirok etadi. 2. QORINNING TASHQI QIYSHIQ MUSKULI - yupqa, yassi, keng, muskul bo’lib, pastki 3 qovurg’alardan boshlanadi. Muskullning tolalari oldinga va pastga qarab yo’naladi. Oldinga yo’nalgan tolalari qorinni o’rtasida aponervoz hosil qiladi. Pastga yo’nalagn tolalari yonbosh suyagining tashqi qirrasiga birikadi va pastga chot kanalini hosil qiladi. Bu muskul umurtqa pog’onasini bukishda va qarshi tomonga burilitshda ishtirok etadi. 3. QORINNING ICHKI QIYSHIQ MUSKULI - tashqi qiyshiq muskul tagida bo’lib, tolalari pastdan yuqoriga va oldinga yo’nalgan. Yuqoriga yo’nalagn tolalari yonbosh suyagininng o’rta qirrasidan boshlanib, pastgi qovurg’alarga birikadi. Oldinga yo’nalagan tolalari aponevroz hosil qilib, to’g’ri muskullning tagidan o’tib, irshi tomondagi shu muskul aponeroziga birikadi. Bu muskul qisqarganda umurtqa pog’onasini bukishda va tanani burishda ishtirok etadi. 4. QORINNING KO’NDALANG MUSKULI - eng ichkisi bo’lib, tolalari ko’ndalang yo’nalgan. U bel - orqa fastsiyasidan, yonbosh suyaging ichki yuzalaridan chot kanalidan boshlanib, oldinga aponevrozga aylanadi va qorinning ok chizig’ini hosil bo’lishida ishtirok etadi. Bu muskul nafas chiqarishda va qorin bo’shligida ma’lum bosim hosil qilishda ishtirok etadi. 5. BELNING KVADRAT MUSKULI - qorinning orqa devorini tashkil etadi. U umurtqa pog’onasini bel qismining ikki tomoni bo’ylab joylashadi va 4- ta pastki bel umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan, yonbosh suyagining qirrasidan va yonbosh - bel boylagichdan umurtqasiga birikadi. Kvadrat muskuli un iuuinchi qovurg’aga, 12 ko’krak umurtqasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda umurtqa pog’onasining bel qismi yon tomonga bukiladi. Qorinda bir nechta fastsiyalar farqlanadi. Bularga teri osti fastsiyasi, qorinning xususiy fastsiyasi , ko’ndalang fastsiyalari kiradi. Har bittta fastsiya bir nechta varaqlarga ajralib ketadi. Fastsiya varaqlari qorin pressini tashkil etuvchi muskullarni gilof kabi o’rab turadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling