M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

pankreatik  shira  ishlab  chiqaradi.  Pankreatik  shira  tarkibini  proteolitik, 
amilolitik  va  lipolitik  fermentlar  tashkil  qiladi,  oqsillarni,  yog’larni  va 
uglevodlarni hazm qilish jarayonlarida ishtirok etadilar. 
Alveolalardan  mayda  naychalar  boshlanadi.  Bir  nechta  alveolalardan 
chiqqan naychalar birikib bo’lakchalararo chiqaruv naychalarni hosil qiladi. Bu 
naychalar  esa  asosiy  chiqaruv  yo’lga  ochiladi  va  natijada  ishlab  chiqariladigan 
maxsulot o’n ikki barmoqli ichakka borib quyiladi. 
Me’da  osti  bezining  endokrin  qismi  maxsus  hujayralardan  tarkib  topgan. 
Bu  hujayralar  orolchalar  xolida  uchrab,  Langergans  orolchalari  deb  nom  olgan 
va  bezning  dum  qismida  ko’proq  uchraydi.  Orolchalarda  chiqaruv  naylari 
bo’lmaydi  va  ishlab  chiqariladigan  maxsulot  to’g’ridan  -  to’g’ri  qonga  o’tadi. 
Endokrin  qismida  insulin  va  glikogen  gormonlari  ishlab  chiqariladi.  Insulin 
gormoni  organizmda  uglevodli  modda  almashinuvini  boshqaradi,  qonda 
glyukoza  miqdorini  kamaytiradi.  Glikogen  gormoni  insulinga  nisbatan 
antogonist hisoblanib, qondagi kand miqdorini oshiradi. Insulin jigarda glikogen 
moddasini  va  yog’  to’qimasida  yog’  moddalarini  parchalaydi.  Demak,  me’da 
osti  bezining  endokrin  qismida  ishlab  chiqadigan  gormonlar  organizmda 
uglevodli va yog’ modda almashinuvini idora etadi. 
Ovqat  hazm  qilish  tizimining  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  a’zolar  qorin 
bo’shlig’ida  joylashgan. Qorin  bo’shlig’i organizmda  eng katta  bo’shliq bo’lib, 
yuqoridan  diafragma  bilan,  oldidan  va  yonlaridan  qorin  muskullari  bilan, 
orqadan  -  umurtqa  pog’onasining  bel  bo’limi,  belning  kvadrat  muskuli  va 
yonbosh-bel  muskuli  bilan  chegaralangan.  Pastda  qorin  bo’shlig’i  kichik  tosni 
bo’shlig’igacha davom etadi. 
Qorin  bo’shlig’ida  jigar,  me’da,  me’da  osti  bezi,  ingichka  va  yo’g’on 
ichaklar, talok, buyraklar,  buyrak  usti  bezlari, siydik  yo’llari  joylashgan. Qorin 
bo’shlig’ining  orqa  yuzasidan  pastga  to’shuvchi  aortaning  qorin  qismi,  pastki 
qovak vena o’tadi, nerv chigallari va tugunlari yetadi. Qorin bo’shlig’ining ichki 
yuzasi ichki qorin fastsiyasi bilan qoplangan. Qorin fastsiyasi bilan parietal yoki 
devor  qorin  pardasi  orasida  yog’  kletchatkasi  joylashgan.  Qorin  pardasi  qorin 
bo’shlig’ining  devorini  va  unda  joylashgan  ichki  a’zolarni  qoplaydi.  Qorin 
pardasi parietal (devor) va vistseral (ichki) varaqlardan tashkil topgan. Parietal 
qorin  parda  qorin  bo’shlig’ining  devorlar  yuzasini  to’liq  qoplab,  undan  ichki 
a’zolarga  o’ta  boshlaydi  va  vistseral  varaq  nomini  oladi.  Vistseral  varaq  ichki 
a’zolarni  qoplaydi.  Qorinparda  yaxlit  bir  butun  varaq  bo’lib,  a’zodan  devorga, 
devordan  a’zoga  o’tib,  qorin  bo’shlig’ini  hamma  tomonidan  chegaralaydi. 


 
87 
Parietal qorinpardani vistseral qorinpardaga o’tishi vaqtida burmalar, boylamlar, 
va  chuqurchalar  hosil  bo’ladi.  Bundan  tashqari  parietal  va  vistseral  varaqlari 
orasida  qorin  parda  bo’shlig’i  hosil  bo’ladi.  Qorin  parda  bo’shlig’iga  varaqlar 
bir  oz  miqdorda  seroz  suyuqlik  ishlab  chiqaradi.  Qorinpardaning  yuzasi  shu 
suyuqlik  bilan  namlanib  turgani  uchun  qorin  bo’shlig’idagi  a’zolar  yengillik 
bilan ishqalanmay harakat qiladi. 
Qorin  parda  ichki  a’zolarga  nisbatan  har  xil  joylashadi.  Ba’zi  a’zolar 
qorinparda  bilan  faqat  bir  tomondan  qoplangan.  Bularga  o’n  ikki  barmoqli 
ichakning bir qismi, buyraklar, me’da osti bezi, buyrak usti bezlari kiradi va bu 
a’zolarni holati ekstraperitoneal holat deyiladi. Boshqa a’zolar qorinparda bilan 
uch  tomondan  qoplangan  bo’lib,  egallangan  holati  mezoperitoneal  deb 
ta’riflanadi.  Mezoperitoneal  a’zolarga  yuqoriga  ko’tariluvchi  chambar  ichak, 
pastga  to’shuvchi  chambar  ichak,  to’g’ri  ichakning  o’rta  qismi,  siydik  qopi 
kiradi. 
A’zolarning  bir  qismi  qorinparda  bilan  hamma  tomondan  qoplangan. 
Bunday  a’zolar  qorin  bo’shlig’i  ichida  joylashib,  intraperitoneal  a’zolar 
deyiladi. Intraperitoneal a’zolarga me’da, ingichka ichak, kur ichak, ko’ndalang 
chambar  ichak,  chuvalchangsimon  o’simta,  talok,.jigar,  sigmasimon  ichak, 
to’g’ri  ichakning  boshlanish  qismi,  bachadon  va  bachadon  yo’llari  kiradi. 
Intraperitoneal  joylashgan  a’zolarni  qorinparda  qoplaganda  boylamlar  va  ikki 
boylamlarni  (duplikato’ralar)  hosil  qiladi.  Bu  boylamlar  charvilar  deb 
nomlanadi.  Ingichka  ichak,  chuvalchangsimon  o’simta,  ko’ndalang  chambar 
ichak  sigmasimon  ichaklarda  charvilari  bo’ladi.  Qorinpardalarning  boylamlari 
ichki a’zolarni qorin bo’shliq devoriga pishiq biriktiradi. 
Jigar qorin bo’shlig’ining o’ng qovurg’a osti sohasida, diafragmaning o’ng 
gumbazi  ostida  joylashgan.  Ogirligi  taxminan  1500  -  2000  g,  kizgish  -  ko’ngir 
tusda,  yumshoq  bo’ladi.  Jigarning  ko’pchilik  qismi  qorin  parda  bilan  o’ralgan 
bo’lib, faqat orqa tomoni diafragmaga tegib turadi. Jigarda ustki - diafragmal va 
ostki  -  vistseral  yuzalari  farqlanadi.  Ustki  va  ostki  yuzalar  old  tomondan 
birlashib oldingi o’tkir vistseral qirg’oq hosil qiladi. 
Jigarning  diafragmal  yuzasi  uroq  shakldagi  boylam  orqali  o’ng  va  chap 
pallalarga  ajraladi. Jigarning  ostki  vistseral  yuzasi  N harfi  shaklini hosil qilgan 
uchta  egat  orqali  uni  to’rtta  pallaga:  katta  o’ng,  kichik  chap,  dumsimon  va 
kvadrat pallaga ajratadi. 
Ko’ndalang  egat  sohasida  jigar  darvozasi  joylashgan.  Bu  yerdan  qon 
tomirlar,  nervlar,  jigarning  umumiy  chiqarish  nayi  bilan  limfa  yo’llari  o’tadi. 
Uzunasiga yo’nalgan o’ng egat old tomonda kengayib chuqurchani hosil qiladi. 
Chuqurcha  ichida  o’t  pufagi  joylashgan.  Egatning  orqa  yarmida  pastki  kavak 
vena o’tadi. 
Jigar atrofidan fibroz parda bilan o’ralgan bo’lib, undan yupqa biriktiruvchi 
to’qimali to’siqlar jigar parenximasiga kirib, uni bo’lakchalarga bo’lib yuboradi.  
Jigarning morfologik va funktsional birligi - bo’lakchalar hisoblanadi. Har 
bir  bo’lakcha  ko’p  qirrali  prizmaga  o’xshaydi  va  eni  1-2  mm.  ga  teng. 
Mikroskop ostida tekshirilganda bo’lakchalar jigar hujayralari - gepatotsitlardan 
iborat.  Gepatotsit  -  ko’p  burchakli  hujayra  bo’lib,  tarkibida  bitta  yoki  ikkita 


 
88 
yadro  uchraydi.  Gepatotsitlar  tsitoplazmasida  800  gacha  mitoxondriyalar 
uchraydi.  Mitoxondriyalar  yog’  kislotalarni  oksidlanishida  va  turli  oksidlanish- 
qaytarilish  reaktsiyalarda  qatnashib,  asosiy  energiya  ishlab  chiqarish  manbai 
hisoblanadi. 
Lizosomalar  hujayra  ichiga  to’shgan  turli  moddalarni  va  kiritmalarni 
parchalashda ishtirok etadi. 
Endoplazmatik  tur  kanalchalarida  turli  immunoglobo’linlar,  oqsillar, 
xolesterin, yog’ kislotalari, glikogen va o’t moddasi sintezlanadi. 
Gepatotsitlar zanjir kabi bir-biri bilan tutashib jigar tasmalarini hosil qiladi. 
Bo’lakchada  tasmalar  radial  holda  joylashgan.  Ikkita  qo’shni  jigar  tasmasidan 
jigar plastinkalar hosil bo’ladi. Ikkita qo’shni jigar plastinkalar orasidan sinusoid 
kapillyar o’tadi. Bu kapillyarda aralashgan venoz va arterial qon oqadi. Sinusoid 
kapillyarlar bo’lakchada joylashgan markaziy venaga kelib quyiladi. Ikkita jigar 
tasmaning  qo’shni  hujayralari  orasidan  o’t  naychalari  o’tadi.  Demak,  o’t 
naychasining  devori  qo’shni  gepatotsit  yuzalari  hisobidan  hosil  bo’ladi  va  o’z 
devoriga  ega  emas.  Har  bitta  gepatotsitning  yuzasi  bir  tomondan  o’t  naychasi 
bilan,  qarama-qarshi  yuzasi  esa  sinusoid  kapillyar  bilan  bevosita  kontaktda 
bo’ladi.  
Bo’lakcha  ichida  joylashgan  o’t  naychalari  birlashib  bo’lakchalararo  o’t 
naychalarni  hosil  qiladi.  Bu  naychalar  esa  qo’shilib  umumiy  o’t  yo’lini  hosil 
qiladi. 
O’t pufagi jigarning osti yuzasida o’t pufagi chuqurchasida joylashgan. O’t 
pufagi qopcha shaklida bo’lib, uzunligi 8-10 sm, eni 4-5 sm teng. Uning ichida 
40-60 ml o’t saqlanadi. O’t pufagining tubi, tanasi va buyni bor. O’t pufagining 
kengaygan  qismi  tubini  hosil  qiladi,  toraygan  qismi  -  bo’yinchani.  Tubi  va 
bo’yincha  orasida  pufakning  tanasi  joylashgan.  O’t  pufagi  qorin  pardasi  bilan 
pastdan va yonlaridan o’ralgan, qolgan qismi jigarga tegib turadi. O’t pufagining 
devori  shilliq,  muskul,  advetitsiya  yoki  ba’zi  joylarida  seroz  parda  bilan 
o’ralgan.  Shilliq  pardasi  bir  qavatli  tsilindrsimon  jiyakli  epiteliy  bilan 
qoplangan.Uning jiyagi mikrovorsinkalardan tashkil topib, suvni kuchli ravishda 
surish qobiliyatiga ega. SHu sababli pufakning o’ti jigarning o’tiga nisbatan 3-5 
marotaba  kuyukroq bo’lishi  mumkin. Muskul  qavati  sust  rivojlangan  miotsitlar 
qatlamidan  iborat.  Adventitsiya  qavati  tashqi  tomondan  joylashib,  siyrak  tolali 
biriktiruvchi  to’qimadan  iborat.  Pufakning  o’t  yo’li  umumiy  jigar  yo’li  bilan 
qo’shilib  umumiy  o’t  yo’lini  hosil  qiladi.  Umumiy  o’t  yo’li  jigararo-o’n  ikki 
barmoqli  bog’lamning  varaqlari  orasidan  o’tib,  pastga  yo’naladi  va  me’da  osti 
bezining  chiqaruv  yo’li  bilan  birgalikda  o’n  ikki  barmoqli  ichakning  quyi 
to’shuvchi qismidagi katta so’rg’ichning uchida ochiladi. 
Ingichka  ichak  me’daning  pilorik  qismidan  boshlanadi  va  3  qismga:  o’n 
ikki barmoqli ichak, och va yonbosh ichaklarga bo’linadi. Ingichka ichak ovqat 
hazm tizimida markaziy urin egallaydi, chunki uning bo’limlarida oziq moddalar 
jigarning  o’ti,  me’da  osti  bezi  shirasi  va  ichak  shirasi  ta’sirida  oxirgi 
parchalanish  va  surilish  jarayonlarini  o’taydi.  Ingichka  ichak  qorin 
bo’shlig’ining  o’rta  sohasida  joylashib,  undan  yuqorida  me’da  va  ko’ndalang 
chambar ichak joylashgan. Pastki chegarasi tos bo’shlig’ining kirish qismigacha 


 
89 
yetadi  va  un  yonbosh  chuqurcha  sohasida  yonbosh  ichak  kur  ichak  bilan 
tutashadi.  Och  va  yonbosh  ichaklar  qorin  bo’shlig’ida  qovo’zloklar  hosil  qilib 
joylashgan.  Katta  odamning  ingichka  ichak  uzunligi  5-6m,  eng  kalta  va  keng 
bo’limi o’n ikki barmoqli ichak, uning uzunligi 25-30sm oshmaydi, 2-2,5 m teng 
och ichakning uzunligi va yonbosh ichak uzunligi 2,5-3,5 metrni tashkil qiladi. 
O’n ikki barmoqli ichak qorin devorining orqa qismida 1-3 bel umurtqalari 
qarshisida taka holda joylashgan. Qorin pardasi o’n ikki barmoqli ichakni faqat 
boshlangich  va  oxirgi  bo’limlarini  hamma  tomondan  o’raydi.  Qolgan  qismlari 
qorin  parda  bilan  faqat  old  tomondan  qoplangan.  Joylashishi  va  yo’nalishiga 
qarab o’n ikki barmoqli ichak 4 qismga bo’linadi: 
1.  ustki  ko’ndalang  qismi  -  uzunligi  4-5sm,  me’dani  chiqish  qismidan 
o’nga  buriladi  va  XII  ko’krak-  I  bel  umurtqa  ro’parasida  o’n  ikki  barmoqli 
ichakning yuqorigi burmasini hosil qiladi. 
2. quyi to’shuvchi qismi - uzunligi 8-10sm, I bel umurtqasi ro’parasida o’n 
ikki  barmoqli  ichakning  yuqorigi  burmasidan  boshlanib,  III  bel  umurtqasi 
ro’parasida pastki burmani hosil qilib tugallanadi. 
3. pastdagi ko’ndalang qismi - uzunligi 6-8sm, o’n ikki barmoqli ichakning 
pastki burmasidan boshlanib, o’ngdan chapga qarab, gorizontal holda yo’naladi 
va old tomondan III bel umurtqasining tanasi bilan kesishadi. Yuqoridan me’da 
osti bezining boshchasiga taqaladi, orqa tomonidan esa pastki qovak vena va un 
buyrak venasi o’tadi. 
4.  ko’tariluvchi  qismi  -  uzunligi  4-7sm,  o’n  ikki  barmoqli  ichakning 
pastdagi  ko’ndalang  qismidan  boshlanadi  va  II  bel  umurtqasi  ro’parasida  o’n 
ikki barmoqli ichak aro - och ichak burmasini hosil qilib, och ichakka ochiladi. 
O’n  ikki  barmoq  ichakni  anatomik  xususiyatlaridan  biri  o’nga  jigar  o’t 
pufagining  umumiy  o’t  yo’li  va  me’da  osti  bezining  shira  ajratib  chiqaruvchi 
bosh  yo’lini  ochilishi.  Me’dada  dastlabki  ximieviy  va  mexanik  parchalanishga 
uchragan ovqat  massalar nordon  muhitga ega, chunki ovqat  massalari qoplama 
hujayralari  ishlab  chiqqan  xlorid  kislotasi  va  bosh  hujayralar  tomonidan 
sekretsiya  natijasida  ajratilgan  pepsinogen  bilan  aralashib  o’n  ikki  barmoq 
ichakka  tushadi.  Pepsinogen  fermenti  xlorid  kislota  ta’sirida  aktiv  pepsinga 
o’tadi  va  shu  holda  oqsillarni  parchalash  qobiliyatiga  ega  bo’ladi.  O’n  ikki 
barmoq 
ichakda 
me’dadan 
to’shgan 
nordonli 
ovqat 
maxsulotlar 
neytralizatsiyaga  uchraydi.  Neytralizatsiya  jarayoni  o’n  ikki  barmoq  ichak 
devorining  shilliq  osti  pardasida  joylashgan  Brunner  bezlarining  sekretor 
faoliyati tufayli ta’minlanadi. Brunner bezlari shilliq moddalar bilan bir qatorda 
ishkoriy  muhitga  ega  bo’lgan  sekretni ham  ishlab  chiqaradi. O’n  ikki barmoqli 
ichak  devorida  aylanma  burmalardan  tashqari  uzunasiga  yetgan  burma  ham 
tafovut etiladi. Bu burma quyi to’shuvchi bo’limining orqa devori bo’ylab o’tib, 
o’n ikki barmoqli so’rg’ich (Fater so’rg’ichi) bilan tugallanadi 
O’n ikki barmoqli ichak devori shilliq parda, shilliq osti qavat, muskul va 
seroz  pardalardan  iborat.  Shilliq  qavat  bir  qavatli  tsilindrsimon  jiyayli  epiteliy, 
xususiy  plastinka  va  yupqa  muskul  plastinkadan  iborat.  Ichakning  surilish 
jarayonini  ta’minlashda  shilliq  parda  devori  takibidagi  vorsinkalar  va  kriptalar 
juda katta ahamiyatga ega. O’n ikki barmoqli ichakda vorsinkalar kalta va keng 


 
90 
va  1mm

ichak  sathida  ularning  miqdori  20-40  teng.  SHu  sababdan  butun 
ingichka  ichak  sathi  3.5  marotaba  oshadi.  Har  bitta  vorsinka  epiteliy  va 
stromadan  iborat.  Fermentlar  ta’sirida  parchalangan  oqsillar,  uglevodlar  va 
yog’lar  vorsinkalarni  sathini  qoplagan  jiyakli  epiteliysiga  o’tadi  va  bu  yerda 
parchalanish jarayoni davom etadi. So’ng shilliq pardaning xususiy qavati orqali 
parchalangan  moddalar  vorsinka  stromasidagi  qon  va  limfa  kapillyarlariga 
o’tadi..  Yuqorida  ko’rsatilgan  moddalardan  tashqari,  ichak  epiteliysi  orqali  suv 
va unda erigan mineral moddalar, vitaminlar hamda boshqa moddalar suriladi 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling