M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

reabsorbtsiya  yoki  qayta  surish  jarayoni  ro’y  beradi.  Kanalchalar  devorining 
epiteliy  hujayralari  birlamchi  siydikdan  natriy,  kaliy  ionlarini  va  suvni  qayta 


 
104 
suradi.. Natijada, ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. Uning umumiy  miqdori 1-1,5 
litrni tashkil etadi. 
SHunday  qilib,  nefronda  siydik  hosil  bo’lish  jarayoni  ikki  bosqichdan 
iborat:  filtratsiya  va  reabsorbtsiyadan.  Filtratsiya  jarayoni  qoptoqchali  qismida 
o’tib,  natijada  birlamchi  siydik  60-80l  miqdorda  hosil  bo’ladi.  Reabsorbtsiya 
jarayoni  kanalchali  qismida  o’tib,  natijada  ikkilamchi  siydik  1-1.5  l  miqdorda 
hosil bo’ladi. 
Buyraklar nafaqat  ajratishda ishtirok  etuvchi  a’zolardir, ularni bajaradigan 
boshqa  funktsiyalariga  ko’ra  ichki  sekretsiya  bezi  deb  ko’rish  mumkin. 
Nefrondagi  Genle  qovo’zlogining  yuqoriga  ko’tariluvchi  kanalchasini  distal 
bo’limiga o’tish joyida ko’p miqdordagi yadrolar tudasini ko’rish mumkin, bazal 
membranasi  bo’lmaydi.  Distal  bo’limining  bu  qismi  zich  dog  deb  nom  olgan. 
Qon  olib  keluvchi  va  qon  olib  ketuvchi  arteriyalarning  zich  dogga  tegib 
turadigan  devorida,  endoteliotsitlar  tagida  yukstaglomerulyar  hujayralari 
joylashadi.  Bu  hujayralar  qon  bosimini  idora  etadigan  renin  oqsilini  va  buyrak 
eritropoetik faktorini ishlab chiqaradi. Buyrak eritropoetik faktori eritrotsitopoez 
yoki eritrotsitlarni rivojlanishini tezlashtiradigan moddalarni ishlab chiqaradi. 
Siydik yo’li. 
Siydik yo’li uzunligi 25-30sm.gacha bo’lgan muskulli naychadir. U buyrak 
jomidan  pastga  tomon  to’shib  qovukka  ochiladi.  Siydik  yo’li  qorinpardadan 
tashqaridida  joylashgan.  Siydik  yo’li,  joylashishiga  ko’ra  2  qismga  bo’linadi: 
qorin  va  chanoq  qismlarga.  Chanoq  bo’shligiga  kirgan  siydik  yo’li  kiya  holda 
qovuk  bo’shligiga  ochiladi.  Siydik  yo’lini  devori  uch  qavatdan:  biriktiruvchi 
to’qimali tashqi pardadan, muskulli o’rta va ichki shilliq pardadan iborat. Shilliq 
parda  o’zgaruvchang  epiteliy  bilan  qoplangan  va  ko’ndalang  kesmada  siydik 
yo’lini  teshigi  yo’ldo’zsimon  shaklga  ega.  O’zgaruvchang  epiteliy  hujayralari 
qovukning  funktsional  holatiga  ko’ra  o’z  shaklini  o’zgartira  oladi.  Siydikni 
siydik  yo’li  bo’yicha  harakatlanishi  uning  qalin  bo’lgan  muskul  qavatining 
peristaltik qisqarishi orqali ro’y beradi. Muskul parda tashqi tsirkulyar va ichki 
bo’ylama  qavatlardan  tarkib  topgan.  Siydik  yo’lining  quyi  qismida  ichki 
bo’ylama, o’rta aylanma va tashqi bo’ylama qavatlar farqlanadi. Sidik yo’lining 
devori yupqa bo’lishiga qaramay u ancha kengaya oladi. 
Qovuq 
Qovuq kichik tos bo’shligida, qov simfizi orqasida joylashgan ichki qovak 
toq a’zodir. Qovukning xajmi 350 ml dan 0.5 l gacha bo’ladi. Qovuk uch qismga 
bo’linadi: chukkisi, tanasi va tubi bo’ladi. Yuqori tomonida chukkisi joylashgan. 
Pastdagi  qismi  keng bo’lib qovuk  tubi deb  ataladi. CHukkisi bilan  tubi orasida 
qovuk  tanasi  joylashgan.  Qovukning  quyi  bo’limi  torayib  qovuk  bo’yinchasini 
hosil  qiladi  va  siydik  yo’li  bilan  tutashadi.Qovuk  ichida  siydik  bor  yo’qligiga 
qarab o’z shaklini o’zgartiradi. Qovuk siydik bilan to’lganda chukkisi yuqoriga 
ko’tariladi, qorinparda yen va orqa tomonlarini qoplaydi. Erkaklarda qovukning 
tubi  tagidan  prostata  beziga,  urug  pufakchalariga,  orqadan  to’g’ri  ichakning 
kengaygan  qismiga, ayollarda bachadonga tegib turadi.  Qovuk  orqa devorining 
ustki  ikki  yen  qismiga  ikkita  siydik  yo’lining  teshiklari  ochiladi,  pastdan  esa 
siydik  chiqarish  kanali  ochiladi.  SHunday  qilib  qovukka  uchta  teshik  ochilib, 


 
105 
qovuk  tubidagi  teshiklar  o’rtasidagi  uchburchakli  sohaga  qovuk  uchburchagi 
deyiladi. 
Qovuk devori 3 pardadan - shilliq parda shilliq osti qavati bilan, muskul va 
seroz pardalardan hosil bo’ladi. Siydikdan bo’shagan qovukda shilliq parda ko’p 
burmalar hosil qiladi, siydik bilan to’la qovukda burmalar yassilanib tekislanadi. 
Shilliq  parda  yuzasi  ko’p  qavatli  o’zgaruvchang  epiteliy  bilan  qoplangan. 
Bunday epiteliy o’z balandligini o’zgartirish qobiliyatga ega va bu belgi qovuk 
uchun  funktsional  ahamiyatga  ega.  Muskul  parda  bir-biri  bilan  tutashib  ketgan 
uch  qavatdan  tuzilgan.  Tashqi  va  ichki  qavatlari  bo’ylama  ,  o’rta  qavati  esa 
aylanma  joylashgan  muskul  hujayralaridan  iborat.  Qavatlarni  tutashib  ketishi 
katta  ahamiyatga  ega,  chunki  siydikni  siydik  chiqarish  yo’liga  bir  tekisda 
tushishini  ta’minlaydi.  Qorin  press  muskullarini  qisqarishi  qovukda  bosim 
ortishiga olib keladi va siydik chiqarish kanaliga xaydalanadi. 
Siydik  chiqarish  kanali  erkak  va  ayollarda  turlicha  tuzilgan.  Erkaklarning 
siydik chiqarish kanali qovuk bo’shligida ichki teshik bo’lib boshlanadi va erkak 
jinsiy  a’zoning  boshchasida  tashqi  teshik  bilan  tugaydi.  Qovuk  muskul  tolalari 
siydik  chiqarish  kanalini  ichki  teshigi  atrofida  ichki  sfinkterni  hosil  qiladi. 
Erkaklar  siydik  chiqarish  kanalining  uzunligi  18-20  sm.  bo’ladi.  Ayollarning 
siydik  chiqarish  kanali  ancha  kalta  3-6  sm  bo’lib,  qov  simfizini  orqasida 
joylashgan.  Shilliq  pardasi  burmali  va  yolg’onko’pqavatli  epiteliy  bilan 
qoplangan.  Siydik  chiqarish  kanalining  muskul  pardasi  ikki  qavatdan:ichki 
bo’ylama  va  tashqi  halqasimon  qavatlardan  tuzilgan.  Tashqi  teshigi  kin  oldida 
joylashib,ko’ndalang-targil muskul to’qimadan tuzilgan siydik kanalining tashqi 
sfinkteri bilan chegaralangan. 
 Jinsiy a’zolar tizimi 
Jinsiy  tizimi  erkak  va  ayollar  jinsiy  a’zolaridan  iborat.  Asosiy  a’zolardan 
ikkala  jins  uchun  jinsiy  bezlari:  erkaklarga  moyaklar,  ayollarga  tuxumdonlar 
hosdir.  Jinsiy  bezlari  ikki  xil  muhim  vazifani  bajaradi:  a)  generativ  funktsiyasi 
tufayli  jinsiy  hujayralarni  ya’ni  tuxum  hujayralarni  va  spermatozoidlarni 
yetilishi ta’minlanadi. 
b)  endokrin  funktsiyasi  -  bu  har  bir  jinsga  hos  jinsiy  gormonlarni  ishlab 
chiqarish.  Generativ  va  endokrin  funktsiyalari  bir-biri  bilan  bog’liq  bo’lib, 
gormonlar  ta’sirida  individual  taraqqiyot  davrida  nafaqat  ikkilamchi  jinsiy 
belgilar  paydo  bo’lishi  idora  etiladi,  balki  organizmni  ko’payishi  uchun  zarur 
sharoitlar ham vujudga keladi. 
 Erkak jinsiy tizimi. 
Erkaklar jinsiy tizimiga moyaklar va ularning ortigi, urug chiqarish yo’llari, 
urug, pufakchalari, prostata bezi, Ko’per bezlari va tashqi tanosil a’zolari kiradi. 
 
Ochilgan  alohida  moyak  preparatida  moyak  paradalarini  va  a’zoni  hosil 
bo’lish  xususiyatlari  ko’rasatiladi.  Erkak  tosining  sagittal  kesmasida  urug 
chiqarish  yo’llarini,  urug  pufakchalarini,  prostata  joylashishi  xususiyatlariga 
ahamiyat  beriladi.  Prostata  bezini  siydik  qopi,  to’g’ri  ichak  va  siydik  chiqarish 
kanali bilan bo’lgan topografik munosabatlariga studentlar dikkatini alohida jalb 
etish lozim. Rasm № 


 
106 
Moyaklar  -  erkak  jinsiy  bezlar  bo’lib,  ikki  xil  funktsiyani  bajaradi. 
Generativ  funktsiyasi  jinsiy  hujayralar  -  spermatozoidlar  ishlab  chiqarishdan 
iborat.  Gormonal  funktsiyasi  esa  -  erkak  jinsiy  gormoni  -  testesteron  ishlab 
chiqarishdan  iborat.  Testosteron  gormoni  erkaklar  ikkilamchi  jinsiy  belgilarni 
hosil bo’lishini ifodalaydi. 
Moyaklar  bir  nechta  pardalar  bilan  o’ralgan  bo’lib,  uning  xususiy 
moddasini  o’rab  turgan  parda  -  oqsil  parda  deyiladi.  Oqsil  parda  moyakning 
orqa  qirg’og’ida  qalinlashib,  oraliqni  hosil  qiladi.  Moyak  oralig’idan  ichki 
to’qima  ichiga  biriktiruvchi  to’qimali  to’siqlar  kirib,  moyakni  bir  nechta 
bo’lakchalarga ajratadi. Bo’lakchalarni soni 250-350 ga teng. Har bir bo’lakcha 
ichida 1-2 egri-bugri kanalchalar joylashgan. Har bitta kanalchani uzunligi 50-
80  sm,  hamma  kanalchalarning  umumiy  uzunligi  300-400  m  teng.  Egri-  bugri 
kanalchalar  moyak  oralig’i  sohasida  to’g’rilanadi  va  to’g’ri  kanalchalarga 
aylanadi.  To’g’ri  kanalchalar  oraliq  ichiga  kirganda  bir-biri  betartib  tursimon 
tutashib  ketadilar  va  natijada  moyak  turi  hosil  qiladi.  Turdan  12-18  chiqarish 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling