M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Kichik qon aylanish doirasini quyidagi sxemada tasvirlash mumkin:
Doiraning boshlanishi----- O’ng qorincha------- chiqadi----- O’pka stvoli (tarkibida venoz qon) - yo’naladi --- O`pkalarga qon bilan gaz almashinuvi uchun---- chiqadi---- 4 o’pka venasi (arterial qon)- - kelib quyiladi---- CHap bo`lmachaga. /doira tugaydi/. Organizmda limfa sistemasining joylanishi (yuza va chuqur limfalar). Limfa tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi: To’qima va hujayralardan hosil bo’lgan turli maxsulotlarni olib ketishda, ayniqsa qon kapillyarlariga o’ta ololmaydigan yuqori molekulyarli oqsillarni va yet zarrachalarni. Qonni zararlantirishda, ya’ni qon tarkibiga to’shgan turli mikroblar va mikroorganizmlarni emirishda ishtirok etadi. 3. Himoya vazifasi - limfa tugunlarida limfotsitlardan tashqari himoya ahamiyatga ega bo’lgan oqsillar - antitanachalar ishlab chiqariladi va organizmning immun statusini ifodalaydi. Venoz tizimi uchun yordam chi drenaj tizimi hisoblanadi. Limfa tizimiga limfa kapillyarlari, limfa tomirlari, asosiy limfa stvollari va yirik limfa yo’llari - ko’krak limfa yo’li va o’ng limfa yo’li kiradi. Yo’l- yo’lakay limfa okimi bo’ylab limfatik tugunlar yetadi. 1. Limfa - rangsiz yoki sargish suyaklik bo’lib, uning miqdori organizmda 1-1.5 l, tarkibi qon plazmasiga o’xshashdir. Limfada suv, oqsillar, tuzlar va qon shakliy elementlaridan - eozinofillar, bazofillar va limfotsitlar uchraydi. Ammo limfaning oqsilli va hujayraviy tarkibi o’zgarib boradi Masalan, periferik limfa tarkibida oqsillarni miqdori 0.49 - 0.69% tashkil etsa, ko’krak limfatik yo’lida 2- 4.5 % yetadi. Hujayraviy miqdori jixatdan D.A. Jdanov periferik, oraliq va markaziy limfani ajratadi. Periferik limfada hujayralarni soni kam va bunday limfa umuman limfatik tugunlardan hali o’tmagan. Oraliq limfa bir nechta limfatik tugunlardan o’tgan. Markaziy limfa esa barcha limfa tugunlardan o’tib, hujayralarga ancha boyigan bo’ladi. Masalan, ko’krak limfa yo’lida va o’ng limfatik yo’lida 1 mm 3 limfada 2000 dan 20 000 limfotsitlar va 500 - 12 250 leykotsitlar aniqlanadi. Limfani yana bir xususiyati - uni doim faqat bitta yo’nalishda - a’zolardan markazga yurak tomon okishidir. 2. Limfa kapillyarlar - bir tomoni berk bo’lgan naychalar bo’lib, devorlari yupqa bir qavat endotelial hujayralardan iborat.Limfa kapillyarlarda bazal membranasi va tashqi qavatida peritsitlar bo’lmaydi va endoteliysi to’g’ridan to’g’ri biriktiruvchi to’qimaning xujayroaro moddasiga yendoshadi. Endoteliy hujayralari o’zining shaklini o’zgaruvchangligi bilan, tarkibida yaxshi ifodalanmagan organellardan tashqari ko’p miqdorda mikropinotsitoz pufakchalar, va ikki tomonga qaratilgan mikrovorsinkalari bo’ladi. Mikropinotsitoz pufakchalar transport vazifasini bajarib, atrofdagi moddalarni 121 hujayra tsitoplazmasi orqali kapillyar bo’shligiga yetkazib beradi. Mikrovorsinkalar esa nafaqat limfatik kapillyar bo’shligiga, balki tashqariga, biriktiruvchi to’qimaning xujayroaro moddasi tomon yo’nalgan. SHu sababli, to’qimalararo suyuqligining ortiqcha qismi hujayralar o’rtasidagi oraliqlardan limfa kapillyarlarning devori orqali yengil suriladi. To’qimalararo suyuqlikdan oqsillarning kolloid eritmalari, suv va unda erigan kristalloid moddalar, mikroorganizmlar, hujayra qoldiqlari limfa kapillyarlariga o’tadi. Limfatik kapillyarlar tananing barcha a’zo va to’qimalarida uchraydi, faqat bosh miyada, orqa miyada, ko’z soqqasida, ichki quloqda, teri epidermisida, talokda, suyak ko’migida va yo’ldoshda bo’lmaydi. Limfa kapillyarlarni diametri 0.2 mmgacha yetishi mumkin va qon kapillyarlarga nisbatan ancha yirik bo’ladi. Limfatik kapillyarlar bir biri bilan tutashib, yopiq turlarni hosil qiladi, lekin bu turlar uchlamchi tuzilishga ega va biri biriga nisbatan turli sath ostida joylashishi mumkin. Masalan, fastsiyalarda, teri epidermisida, seroz pardalarda limfa kapillyarlar turi yassi sathi shaklida bo’lib, va shu a’zolarning sathiga nisbatan parallel holda joylashgan. Kapillyarlar yo’nalishi biriktiruvchi to’qimaning tolalarini joylashuviga va a’zo ichidagi tuzilmalarni o’rnashganligiga bog’liq.Limfa kapillyarlari bir-biri bilan tutashib limfa tomirlarni hosil qiladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling