M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
bo’lmachasi va ularning ostida ikkita qorinchasi tafovut qilinadi.
Yurakning tashqi yuzasida bo’lmachalarni qorinchalardan ajratadigan tojsimon egat joylashgan. Qorinchalar esa bir-biridan oldingi va orqa qorinchalar-aro egatlar bilan ajratilgan. Tojsimon va qorinchalar-aro egatlarda yurakni oziqlantiruvchi qon tomirlari joylashgan. Yurakning o’ng bo’lmacha va o’ng qorinchadan faqat venoz qon, chap bo’lmacha va chap qorinchadan faqat arterial qon harakat qiladi. Yurakning chap va o’ng qismlari bir-biri bilan tutashmaydi va shu sabali arterial va venoz qon qo’shilmaydi. Yurakning o’ng bo’lmachasi kubsimon shaklda bo’lib, o’nga yuqoridan yuqorigi qovak vena, pastdan - pastki qovak vena quyiladi. Yurakning o’ng bo’lmachasiga yurak venalarining umumiy okimi - yurakning tojsimon sinusi quyiladi. Yurakning o’ng quloqchasi yurak bo’lmachasining bo’rtib chiqqan bir qismi bo’lib, konus shakliga ega va bo’lmacha bo’shligiga qo’shilib uni xajmini ancha oshiradi. Qovak venalar quyiladigan joy o’rtasida venalararo do’ngi hosil bo’ladi. Pastki qovak vena quyiladigan joy ostida yarim oysimon klapanlar joylashadi. Bo’lmachaning ichki yuzasi silliq bo’lib, quloqcha qismida va oldingi devor sohasida tarmoqsimon muskullar joylashgan. CHap va o’ng bo’lmachalar orasida to’siq joylashgan bo’lib, uniing o’rta qismida ovalsimon chuqurcha joylashgan. Embrional taraqqiyot davrida chuqurcha o’rnida oval teshik bo’ladi va bu teshik chap bo’lmachani o’ng bo’lmacha bilan tutashtiradi. Bola tug’ilgandan so’ng bu teshikcha beqilib ketadi, ba’zan ovasimon teshikcha bitmasdan kolishi mumkin. Yurakning o’ng bo’lmachasi bilan o’ng qorinchasi chegarasida qorinchaning o’ng bo’lmacha- qorincha teshigi bor. Bu teshik qorincha qisqarganda (sistolasida) uch tavakali qopkok (klapan) bilan yopiladi. Uch tavakali klapan yuzasidan ingichka pay iplari boshlanadi va bu paylar borib so’rg’ichsimon muskullarga birikadi. Natijada har bir so’rg’ichsion muskul klapanga pay iplari yordamida tutashib turadi. O’ng qorincha Qon o’ng bo’lmachadan o’ng bo’lmacha-qorincha teshigi orqali o’ng qorinchaga o’tadi. Bo’lmacha-qorincha teshigining chetida uch tavakali klapan joylashgan bo’lib, uni tarkibida oldingi, orqa va to’siqli 117 tavakalar farqlanadi. Tavakalar - endokard burmalari bo’lib, zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Tavakalarni tutashish joyida biriktiruvchi to’qima o’ng bo’lmacha-qorinchali teshikni atrofini chegaralab turgan fibroz halqaga aylanadi.Tavakalarning bo’lmachali sirti silliq, qorinchali sirti esa notekis bo’lib, bo’rtiqlaridan payli ipchalar boshlanadi. O’ng qorincha uch qirrali piramida shaklida bo’lib, qorinchaning yuzasida muskul tutamlari bir-biri bilan kesishib murakkab muskul chigali - et to’siqlarini hosil qiladi. Qorincha devoridan bo’shlig ichiga chiqib turadigan uchta so’rg’ichsimon muskullarni hosil bo’ladi. Uch tavakali klapanning tavakalari qorincha bo’shligiga ochilganda, qorincha diastola - bo’shashgan holda bo’ladi. Qorinchalar sistolasida (qisqarganda) tavakalar yopiladi. Natijada, qon bo’lmachaga kaytmasdan, o’pka stvoliga qarab yo’naladi. O’ng qorinchadan o’pka stvoli boshlanadi, uning teshigida uchta yarimoysimon klapanlar bo’ladi. Klapanlar o’pka stvoli tomonga qarab ochiladi va qonni o’sha tomonga o’tkazib, orqaga qaytarmaydi va qon qayta qorinchaga to’shmaydi. Yurakning chap bo’lmachasi kubsimon shaklda bo’lib, uning oldingi devoridan yurakning chap quloqchasi boshlanadi. Bu yerda tojtaroqsimon muskullar joylashgan. 4 o’pka venasi arterial qonni yurakning chap bo’lmachaga kelib kuyadi. Yurakning chap bo’lmachasi bilan chap qorinchasi o’rtasida chap Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling