M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
VENALAR
Venalar devori tuzilishi jixatdan ikki guruxga , muskulsiz va muskulli venalarga bo’linadi. Muskulli venalar o’z navbatida muskuli sust rivojlangan va muskul elementlari yaxshi rivojlangan venalarga ajraladi. Muskulsiz tipdagi venalar devori bazal membrana ustida joylashgan endoteliydan va bazal membranani tashqarisidan joylashgan yupqa qatlam biriktiruvchi to’qima elementlaridan tuzilgan. Muskulsiz venalarni devori o’tayotgan a’zo devorlari bilan jiplashib ketgan. SHuning uchun bu tomirlarda qon oson harakatlanadi. Muskulsiz tipdagi venalarga miya qattiq va yumshoq pardalarining venalari, ko’z to’r pardasining venalari, suyaklar, talok va yo’ldosh venalari kiradi. Muskuli sust rivojlangan venalarning diametrlari 1-2mm bo’lib gavdaning yuqorigi qismida, bo’yinda, yo’zda va qo’llarda joylashgan. Bu gurux venalariga yirik bo’lgan yuqorigi qovak venasi ham kiradi. Bu venalarning devorida 3 115 parda tafovut qilinadi: ichki, o’rta va tashqi. Ichki pardasi endoteliy va sust rivojlangan endoteliy osti qatlamidan iborat. O’rta pardada uncha ko’p bo’lmagan miotsitlar joylashgan, boshqa pardalarda miotsitlar uchramaydi. Muskul elementlari kuchli rivojlangan venalar tananing quyi yarim qismida hamda oyoqlarda joylashgan. O’rta pardada miotsitlar ancha kuchli rivojlangan bo’lib, qolgan uchta pardasida ham uchraydi. Ko’pchilik o’rta va yirik kalibrli venalar devorlarida klapanlari bo’ladi. Klapan vena ichki pardasining yupqa burmasidan iborat. Klapan negizini biriktiruvchi to’qima tashkil etadi va usti esa ikki tomondan endoteliotsitlar bilan qoplangan. Klapanlar qonni faqat yurak tomon o’tkazib, qonni orqa tomon ketib kolishiga yo’l ko’ymaydi. Yuqorigi qovak venada, yelka-bosh stvol venasida, umumiy yonbosh venalarda klapanlari bo’lmaydi, chunki bularda qon yuqoridan pastga qarab oqadi. Muskul elementlari kuchli rivojlangan venalarda esa qon pastki bosim bilan oqadi, qon ogirligi kuchini yengish va qonni yurakka ko’tarib yetkazib berish uchun muskul to’qimasi juda yaxshi rivojlangan bo’lishi zarur. Venalarning umumiy soni arteriyalarga nisbatan ancha ustun bo’ladi. Venalarda qon okimini tezligi pastroq va qon anchagina passiv oqadi. Venalar kalibriga qarab, qon tezligi o’rtacha sekundiga 14-20 m teng bo’ladi. Yurak devorlari, bo’shliqlari, klapanlari va muskullari haqida tushuncha. Yurak muskulli a’zo bo’lib, ko’krak qafasining ichida, kuks oralig’ining o’rta qismida, to’sh suyagi ning orqasida joylashgan. Uning 2/3 qismi chap, 1/3 qismi o’ng tomonida kiya holatda joylashgan bo’lib, uchi oldinga, pastga va chapga qaragan. Yurakning chegarasi yuqoridan ikkinchi qovurg’a oralig’ida, o’ngdan to’sh suyagi ning cheti, o’mrov osti chizig’idan 1 sm ichkarida, chapdan ko’krak bezidan 1 sm chetda, pastdan 5 qovurg’a oralig’ida bo’ladi. Tirik odamda yuraking kengligi 12-15 sm. uzunasi 14-16 sm, ayollarda o’rtacha vazni 250 g, erkaklarda 300 g. Yurak yassilashgan konus shaklida bo’lib, ko’pincha joylashuvi va shakli odamning yoshiga va konstitutsiyasiga, nafas harakatlari va bajariladigan jimoniy harakatlariga bog’liq. Ma’lumki eng keng tarqalgan kostito’tsional sxemalardan odamlarni tana proportsiyalariga ko’ra braxiomorf, dolixomorf va mezomorf tiplarga ajratish amaliyotda keng qo’llaniladi. Braxiomorf tana tuzilishda yurak diafragma ustida yetib, gorizontal holatni egallaydi. Dolixomorf konstitutsiyali odamlarda yurak tomchi shaklida bo’lib, tik holatni egallaydi. Mezomorf tana tuzilishda yurak qiya joylashadi.. Sportchilar turli holatlar va harakatlar bajarganda yurakning shakli va xajmini o’zgarishi asosan qon genodinamikasini o’zgarishi bilan bog’liq. Sportchilarda «osilish» holatlarda yurak cho’zilib, uzunasiga qarab o’rnashadi va yurakning pastki chegarasi suriladi. «Kulda tik turish» holatda ba’zi sportchilarda yurak gorizontal joylashadi va yurak «beli» bilinar-bilinmas aniqlanadi. Nafas olishda diafragma joylashuvi muhim ahamiyatga ega. Nafas chiqarilganda diafragma ko’tariladi va yurak ko’ndalangiga joylashadi. Nafas olishda esa ko’proq yurak uzunasiga qarab joylashadi 116 Yurakning kengaygan qismi asos deyilib, yuqorida joylashgan. Bu yerda eng yirik qon tomirlari joylashganligi sabali, yurak osiglik holatda bo’ladi. Yurakning eng turtib chiqqan va chapga qaratilgan qismi yurak uchi deyiladi. Yurak perikard yoki yurak xaltasi deb ataladigan seroz parda bilan o’ralgan. Yurakda to’sh-qovurg’a, diafragmal va o’pka yuzalari farqlanadi. Yurakning to’sh- qovurg’a yuzasi to’sh suyagi ning dastasi bilan III-IY qovurg’a tog’ay qismlarining orqa tomoniga to’g’ri keladi. Yurakning diafragmal yuzasi orqada va pastga qaragan bo’lib, diafragmaning paydan tuzilgan markaziga tegib turadi. Yurakning o’pka yuzalari ikki yonidan joylashgan va o’pkalar yuzasi tomon qaratilgan. Yurak to’rtta bo’limdan iborat, uning asos qismida, yuqorida ikkita yurak Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling