M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

bo’lmacha  -  qorincha  teshigi  bor.  Bu  teshikning  chetiga  ikki  tavakali  klapan 
birikkan.  
CHap  qorincha  konus  shaklida  bo’lib,  bo’shligining  devoridan  ikkita 
so’rg’ichsimon  muskul  va  et  to’siqlari  yaxshi  ifodalangan.  So’rg’ichsimon 
muskullardan  klapan  tavakalari  chetiga  payli  iplar  tortilgan  bo’ladi.CHap  va 
o’ng  qorinchalar  orasidagi  qorinchalararo  to’siq  muskul  to’qimadan  tuzilgan, 
faqat  yuqorigi  qismi  fibroz  to’qimali  bo’lib,  ikki  tomondan  endokard  bilan 
qoplangan.  
Qorinchaning  asosida  chap  arterial  teshik  joylashgan,  undan  aorta 
boshlanadi. Aorta teshigi uchta yarimoysimon qopkok bilan ta’minlangan. CHap 
qorinchaning  devori  o’ng  qorinchaga  nisbatan  2-3  marotaba  qalinroq  bo’lib, 
asosan miokard hisobidan yaxshi rivojlangan.  
Yurak  devori  uch  qavatdan:  1.  ichki  qavat  -  endokard,  2.  o’rta  qavat-
miokard, 3. tashqi qavat- epikarddan tuzilgan. 
Endokard - yurakning ichki pardasi, yurak kameralarining ichki yuzasini, 
muskul  so’rg’ichlarini,  pay  iplarini  qoplab  turadi.  Yurakning  tavakali  va 
yarimoysimon qopkoklari endakard hisobiga takomil etadi.  
Endokard 
bir 
necha  qavatdan  iborat.  Yurak  bo’shligiga  qaragan  qavati  bazal  membranada 
joylashgan  yupqa  endoteliy  bilan  qoplangan.  Endoteliy  ostida  subendotelial 
qavat  joylashadi.  Undan  chuqurroqda  muskul-elastik  qavat  yetadi.  Bu  qavat 
tarkibiga  silliq  muskul  hujayralari  va  elastik  tolalari  kiradi.  Endokardning 
miokardga tegib turgan qavati tashqi biriktiruvchi to’qimali qavat deb ataladi.  


 
118 
Miokard  -  ko’ndalang-targil  muskul  to’qimadan  tuzilgan.  Bu  qavat  tipik 
miotsitlar  va  atipik  miotsitlardan  tashkil  topgan.  Tipik  miotsitlar  skelet 
muskulaturasidagi  miotsitlardan  tuzilishi  jixatdan  bir  oz  farqlanadi.  Muskul 
tolalari bir-biridan qo’shimcha disklar orqali ajraladi. Qo’shimcha disklar skelet 
muskulaturasida bo’lmaydi.  
Atipik miotsitlar kelib chiqishi jixatdan muskul to’qima hisoblanadi, lekin 
bajaradigan  funktsiyasi  nerv  hujayralarni  funktsiyasini  eslatadi.  Bu  hujayralar 
impulslar  ishlab  chiqaradi.  Impulslar  taqabulsirida  tipik  miotsitlar  qisqaradi. 
Morfologik  jixatdan  atipik  miotsitlar  tipik  miotsitlardan  farqlanadi.  Atipik 
miotsitlarda  sarqoplazmasi  ko’p,  miofibrillalari  kam  va  periferiyada  (chetda) 
joylashgan. 
Atipik  miotsitlar  yurakning  o’tkazuvchi  tizimini  hosil  qiladi.  Bularni 
Purinqabule  tolalari  deb  ham  ataladi.  Bu  hujayralarning  to’plamlari  yurakning 
ma’lum  joylarida  uchraydi.  Yurakning  o’ng  quloqchasi  bilan  yuqoriga  qovak 
vena oralig’ida Kis-Flak tuguni hosil bo’ladi. 
Bundan  tashqari  yurakning  o’ng  bo’lmachasi  devorida  joylashgan  uch 
tavakali  klapanga  yaqinroq  Ashof-Tavar  tuguni  boshlanadi.  Bu  tugundan 
qorinchalar  orasiga  Gis  tutami  kiradi,  so’ng  chap  va  o’ng  oyoqchalarga 
bo’linadi. 
Yurakning  o’tkazuvchi  tizimi  yurak  bo’lmachalari  bilan  qorinchalari 
o’rtasidagi  sistola  bilan  diastola  o’rtasidagi  ritmini  tartibga  solib  turadi. 
Bo’lmacha  va  qorincha  miokardi  bir-biridan  ajralgan  bo’lib,  shu  tufayli 
kameralar  alohida  qisqarish  imkoniyatiga  ega.  Qorincha  va  bo’lmacha 
muskullari chap va o’ng bo’lmacha-qorincha teshiklari atrofida joylashgan fiboz 
halqalardan  boshlanadi.  Bo’lmachalarda  yuza  va  chuqur  qavatlarni  hosil 
qiladigan  muskullar  joylashgan.  Yuza  qavati  ko’ndalang  yoki  aylanma 
joylashib,  ikkala  bo’lmachani  o’rab  turadi.  Chuqur  qavati  bo’ylamajoylashgan 
muskul  tolalaridan  iborat  bo’lib,  har  ikkala  bo’lmachani  alohida  qoplab  turadi. 
Qorinchalarda  muskullar  uchta  qavatni  hosil  qiladi.  Yupqa  bo’lgan  yuza  qavat 
ikkala  qorincha  uchun  umumiy  bo’lib,  uzunasiga  joylashgan  muskul 
tutamlaridan tashkil topgan. Muskul tolalari fibroz halqalardan boshlanib pastga 
qarab  kiya  yo’naladi  va  yurakning  uchida  burmani  hosil  qilib  ichki  bo’ylama 
qavatga o’tib, yuqorigi chetlari bilan fibroz halqalarga birikadi. Tashqi va ichki 
bo’ylama qavatlar orasida tsirkulyar joylashgan o’rta qavati o’rnashadi.  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling