M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Epikard - yurak xaltasini hosil qiladigan seroz pardaning vistseral varag’i
bo’lib, yurak, o’pka stvoli, aorta va qovak venalar sohasini ustki tomondan qoplab, xaltaning (perikardning)seroz pardaning parietal varag’iga o’tadi. Epikard usti mezoteliy bilan qoplangan va yupqa biriktiruvchi to’qimali plastinkadan iborat. Yurakka keladigan nervlar simpatik chegara stvolidan, adashgan nervdan, bo’yin va ko’krak sohasidagi orqa miya tugunlaridan boshlanadi. Ikkita arteriya o’ng va chap arteriyalar yurak devorini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyalar aorta piyozchasidan boshlanib, yurak sathida toj va qorinchalararo egatlarda joylashgan. Tojsimon tomirlar yurakning uchta pardasida, so’rg’ichli muskullarida va gushtli etlarda kapillyarlargacha 119 tarmoqlanib ketadi. Kapillyarlardan qon yurak venalariga, venoz sinusga va yurak bo’lmachasiga iygiladi. O’ng toj arteriyaning shoxlari o’ng bo’lmachani, o’ng qorinchani orqa devorini, chap qorinchaning orqa devorining ma’lum bir qismini, bo’lmachalararo to’siqni, qorinchalararo to’siqni orqa qismining birdan uch qismini, o’ng qorinchalarning so’rg’ichsimon muskullarini va chap qorinchaning orqadagi so’rg’ichsimon muskulini qon bilan ta’minlaydi. CHap toj arteriyaning shoxlari chap bo’lmachani, chap qorinchaning oldingi va orqa devorining yarimidan ko’p qismini, qorinchalararo to’siqni ikkidan uch qismini, chap qorinchaning oldingi so’rg’ichsimon muskulini qon bilan ta’minlaydi. Ikkala toj arteriyalarni shoxlari tutashib, ikkita arterial halqani hosil qiladilar. Perikard - berk xalta bo’lib, ikki qavatdan tashqi - fibroz perikard va ichki - seroz perikarddan tuzilgan. Seroz perikard o’z navbatda vistseral va parietal varaqlarga ajralib ketadi. Vistseral va parietal varaqlar orasida perikardial bo’shliq joylashib, uni ichida seroz suyuqligi bo’ladi. Seroz suyuqlik parietal va vistseral varaqlarining mezoteliy bilan qoplangan yuzalarini namlab turadi. Ochilmagan perikard konus shaklida bo’lib, uning asos qismi diafragmani payli markazi bilan jiplashib ketadi, tumtoqlashgan uchi esa tepaga qaratilgan va aortani boshlangich qismini, o’pka stvolini va yirik venalarni o’rab oladi. Perikardning orqa yuzasi qizilo’ngach va aortaning ko’krak qismiga yendoshadi. Yon tomonlaridan yumshoq biriktiruvchi to’qima vositasida mediastinal plevra bilan yopishib ketadi. Perikardning bir qismi to’sh suyagi ning ichki yuzasiga taqalib turadi. Jismoniy ish ta’sirida yurakdagi o’zgarishlar. Sportchilar yuragi ish ta’sirida gipertrofiyaga uchraydi. Gipertrofiya - bu yurakning xajmi oshish bilan ta’riflanadi. Gipertrofiya natijasida yurak kameralarining xajmi oshadi, miokard qalinlashadi. Lekin miokardning gipertrofiya etish darajasi sport turiga va mutaxassisligiga bog’liq. CHidamlikka chinikayotgan sportchilarda miokard gipertrofiyasi yaxshi ifodalangan (marafonchilar, changichlarda) Kuch va chakqonlikni rivojlantirayotganlarda esa u kam ifodalangan (gimnastchilar, yengil atletika bilan shug’ullanuvchilarda, fo’tbolistlarda). Keskin gipertrofiyalangan yurak biologik jixatdan zaif bo’ladi. O’rta me’yorda gipertrofiyalangan yurakda nerv oxirlarining uchlari keng tarmoqlanadi, kapillyar turining sathi kengayishi sababli, miokardni qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Muskul to’qimada mioglobin miqdori ham oshadi. Hujayralarda membranali strukturalar aktiv sintezlanadi va yig’ilib boradi. Kichik qon aylanish doirasi tomirlari. Kichik qon aylanish doirasi tomirlari gaz almashinuvida ishtirok etadilar. Kichik qon aylanish doirasiga o’pka stvoli, chap va o’ng o’pka arteriyalari va uning shoxlari, o’ng va chap o’pka venalari va ularni hosil qiluvchi venalari kiradi. O’pka stvoli perikard ichida to’liq joylashgan, venoz qonni o’pkalarga olib boradi. Uzunligi 5-6 sm, diametri 3-3.5sm. Aorta yoyi ostida, IY-Yko’krak umurtqasi ro’parasida o’pka stvoli chap va o’ng o’pka arteriyalarga ajraladi va ulardan har biri tegishli o’pkalarga boradi. Qon o’pka arteriyalari orqali o’pkaga boradi. O’pkada qon bilan havo o’rtasida gaz almashinuvchi ro’y beradi va qon kislorodga tuyinadi. So’ng, o’pkalarda kapillyarlardan o’pka venalari yig’ilib, 120 har bir o’pkadan ikkitadan o’pka venalari chiqadi va yurakning chap bo’lmachasiga arterial qonni olib keladi. Har bir o’pka venasi alohida teshik orqali chap bo’lmachaga ochiladi. Kichik qon aylanish doirasining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, arteriyalarda venoz qon oqadi, venalarda esa arterial qon oqadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling