M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Limfatik stvollari va yo’llari devorini qalinligi va diametrini kattaligi bilan 
limfa tomirladan farqlanadi. Ikkita yirik limfatik yo’li - ko’krak va o’ng limfatik 
yo’li  farqlanadi.  Ko’krak  limfa  yo’lini  devorida  o’rta  pardasida  muskul  qavat 
yaxshi  rivojlangan  bo’lib,  bo’ylama  va  spiralsimon  joylashgan  miotsitlardan 
iborat.Miotsitlarni  qisqarishi  tufayli  limfa  harakatlanadi.  Ko’krak  yo’lining 
devori  nerv  tolalari  bilan  yuqori  darajada  ta’minlangan  bo’ladi  va  tarkibida 
postganglionar  nerv  tolalari  bilan  simpatik  stvolning  hujayralari  ko’proq  tashqi 
pardada uchraydi. Ko’krak limfa yo’lining ichki pardasidan 7-9 klapanlari hosil 
bo’lib, ayniqsa oxirgi quyish qismida juft klapanlari bo’ladi.  
XII  ko’krak  -  I  bel  umurtqalari  ro’parasida  ko’krak  limfa  yo’li  chap  va 
o’ng bel stvollarini qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ko’krak limfa yo’li aortani orqa 
va  o’ng  tomonida  joylashib,  diafragmaning  aortal  teshigi  yordamida  ko’krak 
qafasiga va orqa kuks oralig’iga o’tadi. So’ng yuqoriga ko’tarilib, IY-Y ko’krak 
umurtqalari  ro’parasida  chapga  yo’naladi.  YII  bo’yin  umurtqasigacha  yetib, 
yoysimon  burilib  chap  venoz burchagiga quyiladi.  Bu  yerda  chap  o’mrov  vena 
bilan  chap  ichki  bo’yinturuq  venanini  qo’shilish  joyi.  CHap  venoz  burchagiga 
quyilishdan oldin ko’krak limfa yo’liga uchta yirik limfatik stvollar quyiladi - bu 
kuks  oralig’idagi  chap  bronx  limfa  stvoli,  chap  o’mrov  osti  va  chap  ichki 
bo’yinturuq stvollari.  
Ko’krak limfa yo’li orqali tanani pastki yarimidan, bosh, bo’yin, ko’krak 
qafasining  chap  tomonidan,  bu  yarimida  joylashgan  ichki  a’zolardan  va  chap 
kuldan limfa yig’ilib keladi.  


 
123 
O’ng limfatik yo’l kuks oralig’idagi o’ng bronx stvoli, bosh va bo’yinning 
o’ng  tomonidan  keladigan  o’mrov  osti  va  ichki  bo’yinturuq  stvollarini 
qo’shilishidan  hosil  bo’ladi  va  o’ng  venoz  burchagiga  borib  quyiladi.  O’ng 
limfatik  yo’lga  tananing  25%  limfasi  kelib  quyiladi:  bosh,  bo’yin  va  ko’krak 
qafasining o’ng yarimidan va ularni ichida joylashgan ichki a’zolardan va o’ng 
kuldan limfa yig’iladi. 
Tananing turli qismlardagi limfa tomirlari va limfa tugunlari 
Bosh  va  bo’yin.  Bosh  va  bo’yin  sohasidagi  limfa  bosh  bilan  bo’yin 
chegarasida  gurux  buli  to’plangan, ensa, quloq  oldi,  iyak  osti,  jag’  osti,til, lunj 
limfa  tugunlariga  kelib  quyiladi.  Bu  tugunlardan  chiqqan  olib  ketuvchi  limfa 
tomirlari  bo’yiinning  yuza  va  chuqur  joylashgan  limfa  tugunlariga  yo’naladi. 
Bo’yin sohasida yuza limfa tugunlari bo’yin fastsiyaning yuza plastinkasi ustida 
joylashadi,  uning  ostida  esa  chuqur  limfa  tugunlari  yetadi.  Yuza  joylashgan 
limfa  tugunlardan  olib  ketuvchi  tomirlar  uni  ostida  joylashgan  chuqur  limfa 
tugunlari  tomon  yo’naladi.  Bo’yinning  chuqur  limfa  tugunlari  xiqildoq  oldi, 
qalqonsimon  bezlar  va  traxeya  sohasida  ,  ichki  bo’yinturuq  vena  yonida 
joylashgan.  Ularning  olib  ketuvchi  tomirlari  chap  va  o’ng  bo’yinturuq  stvolini 
hosil qiladi. Har bir stvol o’z nomiga hos venoz burchagiga quyiladi.  
Kul limfa tomirlari va tugunlari. Yelka kamari bilan kuldan limfa yuza va 
chuqur  limfa  tomirlaridan  yig’ilib,  regionar  limfa  tugunlariga  yo’naladi. 
Qo’lning  regionar  limfa  tugunlariga  tirsak  va  qo’ltiq  osti  tugunlari  kiradi.  Kul 
sohasidagi limfa tugunlari asosan tirsak va yelka bo’g’imlari sohasida tudalanib 
yetadi. Tirsak limfa tugunlari tirsak bo’g’imi sohasida joylashib, yuza va chuqur 
guruxlarga bo’linadi. Kulda asosiy tugunlarga qo’ltiq osti tugunlari kiradi. Bular 
ham  yuza  va  chuqur  joylashgan  bo’lib,  qo’ltiq  osti  sohasida  joylashganligiga 
qarab  medial,  lateral,  orqa,  pastki,  uchli  va  markaziy  limfatik  tugunlariga 
bo’linadi.  Qo’ltiq  osti  chuqurchasiga  yaqin  bo’lgan  va  doimiy  bo’lmagan 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling