M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
O’rta parda asosan aylanma yoki spiralga o’xshab joylashgan silliq
muskul hujayralaridan va ular orasida siyrak joylashgan elastik tolalardan 113 iborat.Elastik tolalar nafaqat bo’ylama, balki radial va yoysimon ham joylashadi. Natijada yaxlit elastik karkas hosil bo’ladi. Bu karkas tomir devori cho’zilganda uning elastikligini ta’minlaydi. Elastik karkas tufayli arteriya teshigi doimo ochiq bo’lib, devori puchaymidi va undan qon beto’xtov yurishini ta’minlaydi. O’rta pardani tashqi pardadan tashqi elastik membrana ajratib turadi. Tashqi parda siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Bu pardada biriktiruchi to’qimaning elastik va kollagen tollari orasida arteriya devorini oziqlantiruvchi qon tomirlari va nervlar uchraydi. Elastik tipidagi arteriyalarga ikki qon aylanish doirasining boshlangich qon tomirlari - aorta va o’pka stvoli kiradi. Bu arteriyalarni devori katta bosimni va kuchli qon okimini ko’tarish qobiliyatiga ega. SHu sababli elastik tipidagi tomirlar devori ancha pishiq va o’ziga hos tuzilishga ega. Elastik tipidagi arteriyalarda ham devori 3 pardadan iborat: a) ichki parda - faqat ikki qavatdan endoteliy va subendoteliydan tuzilgan. Ichki elastik membranasi bo’lmaydi. b) o’rta pardaning asosiy qismini qontsentrik ravishda joylashgan 40-50 elastk darchasimon membranalardan tuzilgan. Membranalar orasidan qiyshiq yo’nalgan miotsitlar joylashadi. SHu sababli, elastik tipidagi arteriyalar o’ta elastik va cho’ziluvchanlik xususiyalarga ega. Tashqi parda siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, uni tarkibida asosan bo’ylama joylashgan elastik va kollagen tolalari uchraydi. Aralash yoki muskul-elastik tipdagi arteriyalarga uyqu va o’mrov osti arteriyalari kiradi. Pardalarni tarkibi yuqorida ko’rsatilgan arteriyalarga o’xshash Farqli belgisi shundan iboratki, uni o’rta pardasida miotsitlar bilan elastik membranalari miqdor jixatdan tengdir. Aralash tipidagi tashqi parda devorida ikki qavatni ajratish mumkin: ichki qavat ayrim muskul tutamlaridan iborat. Tashqi pardaning ichki qavatini bo’ylamasiga ketgan va qiyshiq yo’nalgan kollagen va elastik tolalar tutamlari tashkil qiladi. Mikrotsirkulyator tizimi Yurak qon tomir tizimining eng distal qismiga mikrotsirkulyator tizim deyiladi. Mikrotsirkulyator tizimga arterial tizimining eng oxirgi shoxchasi bo’lgan mayda arteriliola, kapillyarlar va venoz tizimining boshlangich qismi bo’lmish venula kiradi. Mikrotsirkulyator tizim tomirlari devori orqali qon bilan to’qima orasida moddalar va gaz almashinuvi amalga oshiriladi. Arteriola devori endoteliy va undan tashqarida joylashgan bir qavat silliq miotsitlardan iborat. Arteriolalardan prekapillyar va kapillyarlar boshlanib, ularning boshlangich qismida arteriola devorida qalinlashgan muskul qavatidan iborat prekapillyar sfinkterlar joylashadi. Prekapillyar qismi arteriolaga tegishli bo’lib, uning devori ham endoteliydan va siyrak joylashgan silliq miotsitlardan iborat. Prekapillyarlardan so’ng sof kapillyarlar boshlanib, ularning boshlangich qismida sfinkterlar bor. Sof kapillyarlar postkapillyarlarga (postkapillyar venulalarga) davom etadi. Har bir postkapillyar ikkita yoki bir nechta kapillyarlarni qo’shilishidan paydo bo’ladi. Ularning devori tashqaridan yupqa advetitsial qavat bilan qoplangan bo’lib, cho’ziluvchanchlik va o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Postkapillyarlar o’z navbatda qo’shilib venulalar hosil qiladi. Venulalar diametri 25-30mkm. Venulalar venalarga quyiladi. Mikrotsirkulyator 114 tizimida ba’zan qonni to’g’ridan-to’g’ri arterioladan venulaga o’tish hodisasi kuzatiladi. Bo’nga arteriya-venoz anastomozi deyiladi. Mikrotsirkulyator tizimi tarkibiga limfatik kapillyarlar ham kiradi. Kapillyar turi hosil bo’lganda uning boshlangich qismi arterioladan boshlanib , turdan esa venula chiqadi. Ba’zi a’zolarda (buyraklar, jigar) bu qonuniyat buziladi. Masalan, buyrakda tomirli qoptoqcha qonni olib keluvchi va qonni olib ketuvchi arteriolalar orasida hosil bo’ladi, jigarda kapillyarlar turi olib keluvchi va olib ketuvchi venulalar orasida joylashgan. Bunday ikkita bir xil tipdagi qoni tomirlar orasida joylashgan kapillyarlar turiga «ajoyib tur» deb nom berilgan. Qon kapillyarlari yoki gemokapillyarlarining devorlarining ichki yuzasi bazal membrana ustida joylashgan yassilashgan endotelial hujayralardan - endoteliotsitlardan tashkil topgan. Kapillyar devorining tashqi tomonida siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima va unig orasida tarkok holda yo’ldo’zsimon shaklga ega bo’lgan peritsitlar joylashgan. Endoteliotsitlarni ustki yuzasi kapillyar teshigi tomon qaratilgan bo’lib, turli burmalarni va invaginatsiyalarni hosil qiladi. Bunday yuza fagotsitoz va pinotsitoz jarayonlarini faol o’tishini ta’minlaydi. Agar fagotsitozda qattiq zarrachalarni yoki yet hujayralarni kamrab olish va parchalash bo’lsa, pinotsitozda suyuqlik ichida joylashgan moddalarni yoki emulsiya xolidagi moddalarni kamrab olish va kimyoviy yo’l bilan parchalashga aytiladi. Peritsitlar bazal qavatdan tashqarida joylashgan bo’lib, o’zlarining o’simtaliri orqali bir-biri bilan tutashib kapillyar devori ustidan o’ziga hos elastik karkasni hosil qiladi. Peritsit hujayralarning o’simtalari bazal membranadan o’tib har bir endoteliotsit hujayrasi bilan kontaktni hosil qiladi. Peritsit hujayrasiga simpatik neyronning aksoni botilib kirib nerv impulslarni yetkazadi. Bu impulslarni peritsit endoteliotsitlarga uzatadi va impuls ta’sirida endotelial hujayra shishadi yoki suvni yo’qotadi. Natijada kapillyar teshigi kengayadi yoki torayadi. Kapillyarlarda qonning okim tezligi sekundiga 0.5 mm teng bo’lib, modda almashinuvi uchun eng kulay sharoit vujudga keladi. Endoteliotsitlarni yupqa qatlamni hosil qilishi, bazal membranani nozik fibrillyar tuzilishga ega ekanligi, atrofdagi tomirni o’rab turgan biriktiruvchi to’qima tolalari kapillyarlar devorining o’tkazuvchanligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling