M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
ustunchalari deb ataladi. Mag’iz moddasi esa o’z navbatida ingichka nurlarga
o’xshab po’st moddasiga kiradi va Ferreyn nurlari deb ataladigan mag’iz nurlarini hosil qiladi. Po’st va mag’iz moddani hosil bo’lishida qon tomirlari va siydik kanalchalari ishtirok etadi. Buyrakni tuzilishini va funktsiyasini tassavur qilish uchun uning qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini bilish lozim. Bir sutka davomida buyrak arteriyasidan va buyraklardan 1500l qon o’tadi. Diametri 7-9 mm teng bo’lgan buyrak arteriyasi qorin aortasidan boshlanib, buyrak darvozasi sohasida 5-6 shoxlarga tarmoqlanib ketadi. SHoxlangan qon tomirlar buyrakni yuqorigi, quyi ko’tblariga va markaziy qismlarga qarab yo’naladi.Segmentar arteriyalar pallalararo arteriyalarga ajraladi. Pallalararo arteriyalar piramidalar orasiga o’tib, piramidalarni asoslarida yoysimon arteriyalar bilan tugallanadi. 103 Yoysimon arteriyalar po’st va mag’iz modda chegarasida joylashib, o’zidan ikki xil tomirlarni hosil qiladi: birinchi xili po’st moddasiga bo’lakchalararo arteriyalar bo’lib kiradi, ikkinchisi esa mag’iz moddasiga o’tib qon kapillyarlariga tarmoqlanib ketadi. Bo’lakchalararo arteriyalar qon olib keluvchi arteriyalarga tarmoqlanib ketadi. Qon olib keluvchi arteriyalar esa o’z navbatda tomirlar qoptoqchasining kapillyarlariga tarmoqlanadi.Tomirli qoptoqcha o’ziga hos xususiyatlarga ega: a) qoptoqcha kapillyarlari modda almashinuvida ishtirok etmasdan, chikindi moddalarni filtrlashda ishtirok etadilar. b) qoptoqchadagi kapillyarlar tizimi ikkita arterial tomirlar orasida hosil bo’ladi. Qoptoqcha kapillyarlari qayta yig’ilib, qon olib ketuvchi arteriolani hosil qiladi. Qon olib ketuvchi arteriolani diametri qon olib keluvchi arteriolaga qaraganda kichik bo’ladi. Ikkita arteriola diametrlari orasidagi farq qoptoqcha kapillyarlarida 70mm rt.st.teng qon bosimini saqlanib turishini ta’minlaydi va shu bosim tufayli siydik hosil bo’lish jarayoni ro’y beradi. Qon olib ketuvchi arteriola nefronning kanalchali qismida ikkilamchi qon kapillyarlariga tarmoqlanib ketadi. Qon kapillyarlar turini bir joyda ikki marotaba hosil bo’lishi faqat buyrakga hos bo’lib, bu hodisani mujizali kapillyarlar turi deyiladi. Ikkilamchi kapillyar turidan qon venulalarga yig’iladi, so’ng uni davomi bo’lgan bulalaklararo venalarga, ulardan qon yoysimon keyin pallalararo venalarga quyiladi. Oxirgi ko’rsatilgan venalar bir-biri bilan qo’shilib buyrak venasini hosil qiladilar. Buyrak parenximasi epitelial kanalchalar tizimidan iborat bo’lib, ular bir- biri bilan qo’shilib nefronlar hosil qiladi. Nefronlarning miqdori buyrakda 1mln. bo’ladi. Nefron - buyrakning struktur va funktsional birligidir. Rasm № Nefron to’g’ri va egri - bugri kanalchalar tizimidan iborat. Har bir nefronda qoptoqchali va kanalchali qismlar farqlanadi. Qoptoqchali qism yoki Malpigi tanachasi o’z navbatda tomirli qoptoqcha kapillyarlaridan va Boumen - SHumlyanskiy kapsulasidan iborat. Tomirli qoptoqcha 50 taga yaqin kapillyarlar qovo’zlogidan iborat. SHumlyanskiy kapsulasi kosachaga o’xshash bo’lib, tashqi va ichki varaqlardan iborat, orasida esa yoriqsimon bo’shliq joylashgan. Tomirli qoptoqchani SHumlyanskiy kapsulasi o’rab turadi. Bu yerda siydik hosil bo’lish ning birinchi bosqichi - filtratsiya jarayoni ro’y beradi. Natijada qondan birlamchi siydik hosil bo’ladi. 1 sutka davomida birlamchi siydikning umumiy miqdori 60-80 litrni tashkil etadi. Bunday siydikning tarkibida zararli moddalardan tashqari, organizmga zarur bo’lgan moddalar ko’p miqdorda bo’ladi. Bularga oqsillar, glyukoza, albuminlar, tuzlar va suv kiradi. Nefronnning ikkinchi qismi - kanalchali qism bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat: proksimal bo’lim, Genle qovo’zlogi ( pastga to’shuvchi va yuqoriga ko’tariluvchi qismlardan iborat), distal bo’lim va yiguvchi naychadan. Nefronning proksimal va distal bo’limlari I va II tartibli egri-bugri kanalchalar deb ataladi. Genle qovo’zlogining naychalari va yig’iluvchi naycha to’g’ri kanalchalardan tashkil topgan. Kanalchalarni devori bir qavatli epiteliydan tuzilgan. Kanalchali qismida siydik hosil bo’lishining ikkinchi bosqichi - Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling