M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

darvozasi joylashgan. O’pka darvozasiga bronx, o’pka arteriyasi, nervlar kiradi. 
Har  bitta  o’pka  darvozasidan  ikkita  o’pka  venasi,  limfa  yo’llari,  bronxlarning 
venalari  chiqadi.  O’pka  darvozasiga  kiruvchi  va  u  yerdan  chiquvchi  qon  va 
limfa  tomirlari,  hamda  nervlar  birgalikda  o’pka  ildizini  hosil  qiladi.  CHap 
o’pkada  darvoza  tarkibida  eng  yuqorida  o’pka  venasi  yetadi,  pastroq  va  old 
tomonda  bronx  va  o’pka  venalari  joylashgan.  Un  o’pkaning  darvozasida  eng 
yuqorida bronx, undan keyin o’pka arteriyasi va vena joylashgan. 
O’pkada uchta qirra oldingi, pastki va orqa qirralar tafovut etiladi. Oldingi 
qirra  o’tkir  bo’lib,  medial  va  qovurg’a  tomon  yuzalarni  bir  -  biridan  ajratadi. 
CHap  o’pkaning  pastki  yarimining  oldingi  qirrasida  yaxshi  ifodalangan  yurak 
o’ymasi  joylashgan.  Pastki  qirrasi  ham  o’tkir  bo’lib,  pastki  yuzani  qovurg’a 
tomon  yuzadan  ajratadi.  Orqa  qirra  o’pkaning  tumtoq  yumaloqlangan  cheti 
bo’lib,chuqur yoriqlarga aylanib o’pkani pallalarga ajratadi. Kiya yorig’i ikkala 
o’pkani  medial  yuzasidan,  yuqorigi  uchidan  6-7sm  pastroq,  III  ko’krak 
umurtqasining ro’parasidan boshlanib, o’pka asosigacha yetadi va chap o’pkani 
ikkita  pallaga  ajratadi.  O’ng  o’pkada  kiya  yoriqdan  uncha  chuqur  bo’lmagan, 
kalta gorizontal yoriq ajraladi, IY qovurg’a ro’parasidan gorizontal yo’nalishda 
old  tomonga  o’tib,  o’pkani  oldingi  qirrasigacha  yetadi  va  o’pka  ildizining  old 
sohasida  tugallanadi.  Bu  yoriq  o’ng  o’pkani  yuqori  pallasini  o’rta  pallasidan 
ajratadi. 
O’pka  pallalari  ma’lum  darajada  ayrim  va  bir-biridan  xolis  bo’lgan 
o’pkaning  anatomik  qismi  bo’lib,  har  biri  xususiy  bronx  va  qon  tomir  nerv 
kompleksiga ega. 
O’pkaning har bir segmenti o’ziga hos bronx bilan bir qatorda xususiy qon 
tomir va nerv kompleksiga ega. 
Segment - bu o’pkaning o’z xususiy qon tomirlari nerv tolalari va bronxiga 
ega bo’lgan qismidir. Har bir segment boshqalaridan farqlansada , lekin ularning 
tuzilishilda  umumiylik  bor:  ular  barchasining  shakli  konussimon  bo’lib, 
konusning uchi o’pka ildizi tomon yo’nalgan va keng asosi vistseral plevra bilan 
qoplangan. 
O’pkaning morfologik va funktsional birligi - atsinusdir. Atsinus tarkibiga 
terminal  va  alveolyar  bronxiolalar  va  alveolalar  kiradi.  Alveolar  sharsimon 
shaklga  ega  bo’lib,  ichki  yuzasi  ikki  turdagi  hujayralar  nafas  alveolotsitlari 
(skvamoz)  va  katta  (granulyar)  alveolotsitlar  bilan  qoplangan.  Nafas 
alveolotsitlar  ko’pchiligini  tashkil  etadi  va  97.5%  alveolalar  yuzasini 
qoplaydilar.  Bu  hujayralar  nihoyatda  yassi  va  qalinligi  0.1-0.2  mkm  tashkil 
etadi, faqat yadrosi joylashgan yerda qalinlashgan bo’ladi. Yassi hujayralarning 
chegaralari  o’zaro  zich  bo’lib,  ular  bazal  membrana  ustida  joylashgan.  Nafas 
alveolotsitlarni nihoyatda yupqa bo’lishi, ularni asosiy funktsiyasi bo’lmish gaz 
almashinishiga  kulay  sharoit  yaratadi.  Katta  alveolotsitlar  yirik  hujayralar 


 
99 
bo’lib,  ikki  donadan  un  donagacha  sferik  shakldagi  osmiofil  plastinkasimon 
tanachalarga ega. Zamonaviy nazariyalarga ko’ra katta alveolotsitlar lipoproteid 
tabiatga  ega  bo’lgan,  va  xudayralarning  alveolaga  qaragan  yuzasini  qoplab 
turadigan  surfaktant  degan  moddani  ishlab  chiqaradilar.  Katta  alveolotsitlar 
bazal  membrana  ustida  joylashadilar  va  o’zga  turdagi  hujayralar  bilan  zich 
joylashadilar  Bundan  tashqari  katta  alveolotsitlar  alveolalarning  ichki  yuzasini 
qoplab  turgan  boshqa  hujayralarning  hosil  bo’lishi  uchun  manba  hisoblanadi. 
Har  bir  alveola  kapillyar  tomirlar  turi  bilan  o’ralgan.  Alveola  devori,  bazal 
membrana  va  kapillyar  tomirlar  devori  orqali  gazlar  almashinadi  -  havodan 
qonga  kislorod,  qondan  alveolaga  esa  karbonat  angidrid  va  suv  buglari  o’tadi. 
O’pkalardagi alveolalarni soni 600-700 millionga yetadi, ularning yuzasi esa 40-
120  m
2
  ga  teng  deb  hisoblanadi.  Jismoniy  ish  ta’sirida  alveola  devorlari 
cho’ziladi va nafas olish yuzasi ancha oshadi. 
Har  qaysi  o’pka  plevra  deb  ataladigan  seroz  parda  bilan  o’ralgan.  Plevra 
ikki varaqdan - ichki (vistseral) va devor (parietal) varaqlardan iborat. Ichki yoki 
vistseral  varag’i  darvoza  sohasidan  tashqaridan  butun  o’pkani  o’rab  turadi. 
Devor  yoki  parietal  varag’i  esa  ko’krak  bo’shlig’i  devorini  qoplab  oladi.  Ichki 
va  devor  varaqlar  o’rtasida  yoriqsimon  plevra  bo’shlig’i  bo’ladi.  Bu  bo’shliq 
ichida  plevra  varaqlarini  namlab  turadigan  bir  oz  miqdorda  seroz  suyuqligi 
joylashgan.  Seroz  suyuqligi  nafas  olishda  o’pka  harakatlarini  yengillashtiradi. 
Plevra  biriktiruvchi  to’qimali  plastinka  bo’lib,  ustidan  mezoteliy  bilan 
qoplangan.  Parietal  plevrada  joylashuviga  ko’ra  qovurg’a,  mediastinal  va 
diafragmal  qismlari  farqlanadi.  Qovurg’a  plevrasi  qovurg’alar  yuzasini  va 
qovurg’a-aro  bo’shliqlarni  qoplaydi.  To’sh  suyagi  ni  old  tomonidan,  umurtqa 
pog’onasining  orqa  tomonidan  qovurg’a  plevrasi  mediastinal  qismi  bilan 
tutashadi. Mediastinal plevrasi perikard ustini qoplaydi va o’pka ildizi sohasida 
o’pkaning  vistseral  plevrasiga  o’tib  ketadi.  Pastda  qovurg’a  va  mediastinal 
plevralar  diafragmal  plevraga  o’tib  ketadi.  Faqat  diafragmani  markaziy 
qismlariga  o’ta  olmaydi,  chunki  bu  yerda  perikard  diafragmaga  yopishgan 
bo’ladi.  Qovurg’a  plevrasi  diafragmal  va  mediastinal  plevralarga  o’tish 
sohalarda o’pka cho’ntaklarini yoki sinuslarini hosil qiladi. Bu sinuslar o’pkalar 
uchun  qo’shimcha  bo’shliqlar  bo’lib,  nafas  olish  va  nafas  chiqarishda  o’pkalar 
xajmini kengayishini ta’minlaydi. 
Ikkala  plevral  xaltachalari  o’rtasida  joylashgan  a’zolarni  kompleksiga 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling