M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Siquvchi 
muskullardan 
eng 
muhimlaridan 
lateral 
o’zuksimon-
cho’michsimon  muskul  bo’lib,  o’zuksimon  tog’ayning  yoyidan  boshlanib, 
cho’michsimon  tog’ayning  muskul  o’sig’iga  birikadi.  Funktsiyasi  -  ovoz 
boylamlarini  bir-biriga  yaqinlashtiradi,  taranglashtiradi  va  orasidagi  yoriqni 
toraytiradi.  Qolgan  siquvchi  muskullarga  qalqonsimon-cho’michsimon  muskul, 
qiyshiq  cho’michsimon  muskullar  kiradi.  Bu  muskullar  tovush  yorig’ini 
kengligini o’zgartirishda ishtirok etadi. 
Kengaytiruvchi  muskullarga  orqa  o’zuk-cho’michsimon  muskul  kiradi  va 
bu muskul tovush yorig’ini kengaytiradi. 
Ovoz  boylamlari  tarangligini  o’zgartiruvchi  muskullarga  o’zuksimon-
qalqonsimon 
muskul, 
tovush 
muskuli 
kiradi. 
Ovoz 
boylamlarining 
taranglashishi  va  qalqonsimon  tog’ayni  cho’michsimon  tog’aydan  uzoqlashishi 
va  oldga  qarab  siljishi  o’zuksimon-qalqonsimon  muskulining  faoliyati  tufayli 
yetiladi.  Tovush  muskuli  ayniqsa  odamda  takomil  topib,  tovush  burmasining 
orasida joylashadi va ovoz boylamlariga tutashib ketadi. 
Hiqildoq  bo’shlig’ining  shakli  kum  soatni  eslatadi, o’rta  bo’limi  toraygan, 
yuqorigi  bo’limi  esa  kengaygan  bo’ladi.  Yuqorigi  bo’limi  Hiqildoq  oldi  deb 
nomlanadi, Hiqildoqga kirish qismidan boshlanib Hiqildoq oldi burmalari bilan 
chegaralangan.  O’rta  bo’limi  tovush  apparatidan  tashkil  etgan.  Hiqildoqni  eng 
toraygan bo’limini tovush yorig’idir. Tovush yorig’i un va chap tovush burmalar 
orasida  joylashgan.  Tovush  yorig’ini  teshigi  nafas  olishda,  tovush  chiqarishda 
Hiqildoq  muskullarining  qisqarishi  tufayli  o’zgarib  turadi.  Hiqildoq  o’rta 
bo’limining  shilliq  pardasida  sof  va  yolg’on  tovush  burmalari  (Hiqildoq  oldi) 
orasida  chuqurchalar  -  Hiqildoq  qorinchalari  joylashgan.  Qorinchalar 
rezonatorlik vazifasini bajaradi. Sof tovush boylamlari ko’p qavatli yassi epiteliy 
bilan  qoplangan  va  ovoz  boylami  bilan  tovush  muskulidan  iborat.  Tovush 
yorig’ining ostida Hiqildoqni pastki bo’limi - tovush osti bo’shlig’i joylashgan. 
Tovush  osti  bo’shlig’i  traxeya  bo’shlig’i  bilan  tutashib  ketadi.  SHuni  eslatib 
o’tish kerakki, Hiqildoqda faqat tovush hosil bo’ladi. Aniq nutq hosil bo’lishida 
esa lablar, til, yumshoq tanglay, burun oldi kavaklari ishtirok etadi. 
Kekirdak Hiqildoqni davomi bo’lib 9-13 smga teng bo’lgan nayidan iborat. 
Yuqori qismida o’zuksimon tog’ay bilan xiyla harakatchang birikadi va YI-YII 
bo’yin  umurtqalari  ro’parasida  joylashgan.  Pastki  chegarasi  Y  ko’krak 
umurtqasini  yuqori  qirrasiga  to’g’ri  keladi,  shu  sohada  kekirdak  chap  va  o’ng 
bosh  bronxlarga  ajralib  ketadi.  Pastki  ayri  qismi  kimirlamay  turadi.  Kekirdak 


 
97 
tananing o’rta chizig’i bo’ylab joylashgan. CHap va o’ng yonlaridan bo’yinning 
qon tomirlari  va nervlari  o’tadi, ko’krak bo’shlig’ida esa kekirdak  ikki o’pkani 
uragan plevra qopchalari o’rtasidan o’tadi. Rasm № 
Kekirdak  devori  shilliq  parda,shilliq  osti  qatlam,  fibroz-tog’ayli  va 
adventitsial pardadan iborat. 
Shilliq  parda  bir  qavatli  ko’p  qatorli  kiprikli  epiteliy  bilan  qoplangan. 
Shilliq  osti  qatlamida  esa  qon  tomirlari,  nervlar,  limfa  tugunlari,  shilliq  ishlab 
chiqaruvchi  bezlar  ko’p  miqdorda  uchraydi.  Fibroz  -  tog’ayli  pardasi  16-20 
gialinli  tog’ay  yarim  halqalardan  iborat.  Yarim  halqalarni  uchlari  biriktiruvchi 
to’qimali  tutamlar  bilan  va  miotsitlar  yordamida  birikkan.  Kekirdak  orqa 
tomonidan  tog’ayni  yuk  bo’lishi  katta  ahamiyatga  ega,  chunki  uning  orqasidan 
qizilo’ngach o’tadi va ovqat lukmalarini bemalol o’tishi ta’minlanadi. SHu bilan 
birgalikda  kekirdak  devori  pishiq  va  elastik  bo’ladi,  teshigi  doimo  ochiq  va 
tashqaridan  ta’sir  etuvchi  bosimlarga  bardosh  bera  oladigan  bo’ladi.  Kekirdak 
siyrak  tolali  shakllanmagan  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan  adventitsiya 
pardasi bilan qoplangan. 
Kekirdak  4-5  ko’krak  umurtqalari  sohasida  chap,  o’ng  bosh  bronxlarga 
bo’linadi.  O’ng  bronx  chap  bronxga  qaraganda  kaltaroq  va  keng,  chap  bronx 
ingichkaroq va uzun. CHap bronx ustidan aorta yoyi o’tadi, o’ng bronxdan esa - 
toq  vena.  Bronx  devorlari  tuzilishi  jixatdan  kekirdakni  eslatadi.  Lekin 
kekirdakdan farqli bronxlarda tog’ayli yarim halqalar emas to’liq halqalar hosil 
bo’ladi.  SHu  sababli  bronxlar  teshigi  doim  ochiq  turadi  va  havo  bemalol 
o’taveradi. Bosh bronx o’pka darvozasida un o’pkada 3 va chap o’pkada 2 palla 
bronxlarga  ajraladi.  O’z  navbatda  o’pka  to’qimasida  palla  bronxlar  segmentar 
bronxlarga,  so’ng  shoxlanib  o’rta,  kichik  bronxchalarga  va  eng  oxirida  o’pka 
atsinusida uchraydigan eng mayda terminal va respirator bronxiolalarga bo’linib 
ketadi.  Bronxlarni  kalibri  kichraygan  sari  devori  yupqalashib  boradi  va  asta-
sekin  o’zgaradi:  tog’ayli  halqalar  orolchalar  holda  joylashgan  tog’ay 
plastinkalarga  aylanib  ketadi.  Kichik  kalibrli  bronxlarda  tog’ay  plastinkalari 
yo’qolib  ketadi,  shilliq  pardadagi  muskul  qavat  esa  qalinlasha  boradi.  Ana  shu 
muskullar  patologik  holatlarda,  masalan  bronxial  astmada  uzoq  vaqt  qisqarishi 
natijasida mayda bronx teshigi torayib qoladi va nafas olish qiyinlashadi. O’pka 
atsinusini oxirgi tarmoqlaridan terminal bronxiolalar hisoblanadi. Ikkala o’pkada 
20000 
terminal 
bronxiolalar 
bo’ladi. 
Oxirgi 
bronxiolalar 
alveolyar 
bronxiolalarga  tarmoqlanadi.  Alveolyar  bronxiola  devorida  uning  teshigiga 
ochiladigan  ayrim  alveolalar  joylashadi.  Terminal  va  alveolyar  bronxiolarni 
devorlari  bazal  membrana  ustida  joylashgan  bir  qavatli  xilpilovchi  epiteliydan 
tuzilgan.  Bronxiolalarni  yumshoq  devor  tarkibida  silliq  muskul  tolalarni  soni 
ortadi. 
Nafas  olish  tizimining  bosh  a’zosi  o’pkalar.  O’pkalar  juft  a’zolar  bo’lib, 
butun ko’krak bo’shlig’ini egallab, shakli va xajmini doim nafas fazasiga qarab 
o’zgarib  turadi.  CHap  va  o’ng  o’pkalar  ko’krak  qafasining  oldingi  qismida 
joylashgan  bo’lib,  konussimon  shaklga  ega.  Konusning  asosi  past  tomondan 
diafragmaga  tegib  tursa,  uchi  esa  birinchi  qovurg’adan  3-4  sm  yuqoriroqda 
turadi. Rasm № 


 
98 
O’ng  o’pka  3  bo’lakdan,  chap  o’pka  2  bo’lakdan  iborat.  O’pkada  uchta 
yuza  farqlanadi.  O’pkalarning  diafragmaga  tegib  turgan  yuzasi  medial  yuza  va 
qovurg’alarga tegib turgan yuzasi qovurg’a tomon yuzasi deyiladi. O’pkalarning 
medial  yuzasi  kuks  oraliga  qaragan  yuza  bo’lib,  yuzasida  yurak  va  yirik  qon 
tomirlarining  o’ymalari  ko’rinadi.  Medial  yuzasining  markaziy  qismida  o’pka 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling