M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Shilliq pardaning xususiy plastinkasida biriktiruvchi to’qima orasida ko’p
miqdorda yakka-yakka yetgan limfoid tugunchalarni uchratish mumkin. Muskul pardasining asosiy vazifasi ichak ichidagi ximusni aralashtirish va yo’g’on ichak tomon surishdan iborat. Muskulaturani qisqarishi natijasida ikki xil harakat vujudga keladi: mayatniksimon va peristaltik qisqarish. Mayatniksimon qisqarish bo’ylama va tsirkulyar (aylanma) qavatlarni ritmik ravishda qisqarishi natijasida vujudga keladi. Peristaltik qisqarish muskul pardaning ikkala qavatining harakati natijasida sodir bo’ladi. Peristaltik qisqarish ketma-ket ichakning boshidan oxirigacha tarqaladi. 3. Yonbosh ichak och ichakning davomi bo’lib, qorin bo’shlig’ining kindik sohasida joylashadi va un yonbosh chuqurchasida yo’g’on ichakka davom etadi. Tuzilishi ingichka ichakning yuqorida ko’rsatilgan bo’limlariga o’xshash. Yo’g’on ichak ingichka ichakning davomi bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat: 1. Kur ichak - (chuvalchangsimon o’simta bilan) 2 Yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak 3. Ko’ndalang chambar ichak 4. Pastga to’shuvchi chambar ichak 5. Sigmasimon ichak. 6. To’g’ri ichak. Yo’g’on ichak ingichka ichakdan bir qancha belgilari jixatdan farqlanadi: a) yo’g’on ichakning diametri ingichka ichak diametriga nisbatan ancha katta bo’ladi. b) bo’ylama joylashgan muskul tolalari uchta lentasimon tasmalarni hosil qilib, bu tasmalarning uzunligi yo’g’on ichak uzunligiga nisbatan kaltaroq bo’ladi. SHu sababli, yo’g’on ichak devorida burmalar , gaustralar hosil bo’ladi. v) yo’g’on ichakda qorin pardadan hosil bo’lgan yog’ o’simtalari ko’p miqdorda uchraydi. g) yo’g’on ichakning shilliq pardasida svorsinkalar bo’lmaydi, faqat kriptalar va burmalar hosil bo’ladi. Burmalar yarim oysimon shaklda bo’lib, gaustralar orasida joylashgan. Kriptalarni soni va xajmi ingichka ichakka nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Rasm№ Shilliq parda bir qavatli tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Uni tarkibida jiyakli enterotsitlar, jiyaksiz enterotsitlar va kadaxsimon hujayralar 92 uchraydi. Shilliq osti qatlamida limfatik follikular joylashgan. Limfoid follikulalar immun tizimining periferik a’zolariga kiradi, uni tarkibini asosan V- limfotsitlar tashkil qiladi. Bu strukturalar organizmda himoya vazifasini bajaradi. Muskul parda ikkita qatlam bo’lib joylashgan silliq muskul to’qimasidan iborat. Yo’g’on ichakning devorini tashqaridan urovchi seroz qavat hamma qismini bir xilda uramaydi.Kur ichak, chuvalchangsimon o’simta, ko’ndalang chambar ichak, sigmasimon ichak intraperitoneal joylashgan bo’lib, qorin pardasi bilan har tomonidan o’ralgan. Ko’tariluvchi chambar ichak, to’shuvchi chambar ichak qorin pardasi bilan old va yenlardan qoplangan va qorin pardasiga nisbatan o’rta holatni egalaydilar. SHu sababli mezoperitoneal a’zolarga kiradi. To’g’ri ichakni yuqori qismi intraperitoneal, o’rta qismi - mezoperitoneal, pastki qismi qorin pardasi bilan umuman qoplanmagan, qorin pardasidan tashqarida joylashgan., demak ekstraperitoneal a’zo hisoblanadi. Yo’g’on ichak bir qancha funktsiyalarni bajaradi. Yo’g’on ichakda asosan suv suriladi va axlat massasi shakllanadi. Yo’g’on ichakda kadaxsimon hujayralar tomonidan ko’p miqdorda shilliq ishlanadi. Shilliq modda hazm bo’lmagan moddalarni bir-biriga yopishtiradi va hazm massasini surishga yordam beradi. Yo’g’on ichak devorida ma’lum xildagi bakteriyalar yashab, ularning faoliyati natijasida vitamin K va vitamin V kompleksi sintezlanadi, hazm bo’lmagan kletchatkani hazm bo’lish jarayoni davom etadi. Nazorat savollari 1. Splanxnologiya qanday fan? 2. Seroz va shiilliq pardalar haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? 3. Ko’krak qafasida joylashgan organlarni sanang. 4. Qorin bo’shlig’i devorini hosil qilishda qaysi muskullar ishtirok etadi? 5. Qorin bo’shlig’ida qaysi organlar joylashgan? 6. Ichaklarning funksiyasi va tuzilishini tushuntiring. 7. Jigarning organizmdagi funksiyalarini sanab bering. 8. O’t pufagi tuzilish, joylashishi va funksiyalarini tushuntiring. 9. Ingichka ichak uzunligi va tuzilishini ayting. 10. Ichaklarning seroz va shilliq qavatlarini tushuntiring. 11. Ichaklar sathida ovqatning hazm bo’lishi jarayonlari mexanizmlarini ayting. 12. Ovqat hazm qilish kanalini qaysi organlar tashkil qiladi? 13. Og’iz bo’shlig’iga nechta so’lak bezining yo’li ochiladi? 14. Qizilo’ngach va me’daning tuzilishini tushuntiring. 15. Me’daning sekretorlik faoliyatini tushuntiring. 16. Yo’g’on ichakning tuzilishi va funksiyasini tushuntiring. 93 TEST SAVOLARI: Ovqat hazm qilish tizimi. 1. Lak-luk nima hisobiga hosil bo`ladi? a) yumshoq tanglayni chodirsimon o`sig`idan. b) yumshoq tanglayni barcha muskullaridan. v) qattiq tanglaydan. g) qattiq tanglayning Yuqorigi uchidan. 2. Halqumda qaysi qavat rivojlanmagan? a) shilliq osti. b) shilliq. v) muskul. g) seroz. 3. Yarim halqa shaklidagi organ ? a) qizilo`ngach. b) yo`g`on ichak. v) o`nikki barmoq ichak. g) ingichka ichak. 4. Ovqat bilan o`rtacha to`lgan oshqozonning pastki qismi? a) diafragmaning chap gumbaziga tegib turadi. b) buyrak usti beziga tegib turadi. v) qorin devoriga tegib turadi. g) chap buyrakka tegib turadi. 5. Katta kichik so`rgichga ega bo`lgan organ? a) o`nikki barmoqli ichak. b) yo`g`on ichak. v) ingichka ichak. g) oshqozon. 6.Ko`richakning uzunligi qancha? a) 5-6 sm b) 4-5sm v) 4-6 sm g) 3-4sm MAVZU: 6. NAFAS OLISH SISTEMASI. NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI, VAZIFASI VA TANADA JOYLASHISHI. Maruza rejasi: 1. Burun bo’shlig’i va uning tog’aylari. 2. Hiqildoq va uning tog’aylari, bo’g’imlari, muskullari. Hiqildoqning tovush hosil qilishi 3. Kekirdak joylashishi va tuzilishi. 4. Bronxlar tuzilishi va joylashishi. 5. O’pka tuzilishi va joylashishi. 6. O’pkaning qon bilan ta’minlanishi va gaz almashinuvi. Tayanch iboralar: nafas olish, burun bo’shlig’i, burun-halqum, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, bronxiolalar, atsenus, alveolalar, o’pkalar, o’pka darvozasi, gaz almashinuv jarayoni. Har bir organizmning hayot faoliyati uchun nafas olish protsessi muhim ahamiyatga ega. Nafas olinganda o’pkaga kislorod havodan qonga o’tib, barcha hujayralarga yetkaziladi. Nafas chiqarilganda karbonat angidrid va boshqa kerak bo’lmagan gazsimon birikmalar nafas olish organlari orqali tashqariga chiqadi. Nafas olish organlari havo o’tkazuvchi yo’llar va gazlar almashidigan a’zo - o’pkalarga bo’linadi. Havo o’tkazuvchi yo’llarga burun bo’shlig’i, Hiqildoq, kekirdak, traxeya va bronxlar va bronxiolalar kiradi. O’pkalarda esa qon bilan kislorod orasida gazlar almashinishi ro’y beradi. Yuqori so’t emizuvchilarda 94 nafas olish a’zosidan Hiqildoq ikkita funktsiyani bajaradi: havo o’tkazuvchi va tovush chiqaruvchi. To’g’ri nafas olish burun bo’shlig’i orqali ro’y beradi. Burun bo’shlig’ining hosil bo’lish da bir juft burun suyagi, g’alvirsimon suyakning tik plastinkasi, burun to’sig’ining tog’ayi, yon devorlarining va qanotlarining tog’aylari ishtirok etadi. Tog’aylar tufayli burun teshiklari ochiq va bir-biridan ajralib turadi. Burunning bitta toq tog’ayi bo’lib, g’alvirsimon suyakning tik plastinkasi bilan orqa va yuqoridan, dimog suyagi, oldingi burun o’sig’i bilan tutashib, burun to’sig’ini hosil qiladi. Juft tog’aylar burun qanotlarining yon tomonlarini va asoslarini hosil qiladi. Burun bo’shlig’ining atrofida joylashgan peshona suyagi, yuqori jag’ va ponasimon suyak ichida bo’shliqlar bo’lib, ular burun bo’shlig’i bilan tutashgan. Bular yordamchi suyak kavaklari deb nomlanadi va burun ichiga kirgan havoning shilliq qavatiga tuknashish yuzasini oshiradi. Yordam chi suyak kavaklari o’rnashgan joyiga qarab 3 guruxga bo’linadi: a) yuqori jag’ ichida joylashgan kavak gaymor bo’shlig’i deyiladi va o’rta burun yo’liga ochiladi. b) peshona suyak bo’shlig’i - bu ham o’rta burun teshigiga ochiladi. v) ponasimon suyak bo’shlig’i yuqori burun bo’shlig’iga ochiladi. Tashqi burun teshiklari va ichki teshiklar - xoanalar farqlanadi. Xoanalar halqum bo’shlig’ini o’rta quloq bo’shlig’i bilan tutashib turuvchi joyiga kelib ochiladi. Havo burun halqumdan halqumning ogiz qismiga kiradi, so’ng esa kekirdakka o’tadi. Burunning yuqorigi, o’rta va pastki chig’anoqlari farqlanadi. Uchta burun chig’anog’i burun bo’shlig’ining umumiy yuzasini oshiradi. Chig’anoqlarning medial yuzalari bilan burun to’sig’i orasida umumiy burun yo’li o’tadi. Chig’anoqlar ostida esa pastki, o’rta va yuqorigi burun yo’llari joylashgan. Yuqorigi chig’anoqlarda xidlash sohasi joylashgan. Bu yerda xidlash analizatorinining periferik qismi joylashgan bo’lib, maxsus xid sezuvchi neyrosensor hujayralaridan tashkil topgan. Rasm № Burun bo’shlig’ining butun ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan. Bu parda xilpilovchi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Shilliq bezlar kadaxsimon hujayralardan tarkib topib, shilliq moddalar ishlab chiqaradi. Epiteliy kipriklari havo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Shilliq osti qavatida joylashgan qon kapillyarlari orqali havo iliydi va iligan holda havo o’pkaga o’tadi. Nihoyat shilliq bezlarning sekreti yordamida havo namlanadi. Hiqildoq havo o’tkazuvchi yo’llarning bir qismi bo’lishi bilan tovush chiqarishda ham ishtirok etadi. Hiqildoq bo’yinning oldingi qismida IY-YI bo’yin umurtqalari sohasida joylashgan. Til osti - qalqonsimon membrana orqali Hiqildoq til osti suyagiga osilib turadi. Hiqildoq old tomonidan teri, bo’yin muskullari va fastsiyalar joylashgan. Orqa tomondan esa bo’yindan o’tuvchi qon tomirlar va nervlar o’tadi. Hiqildoq pastki qismi bilan traxeyaga tutashgan. Hiqildoq skeleti juft va toq tog’aylardan iborat. Toq tog’aylarga qalqonsimon tog’ay va Hiqildoq usti tog’ay va o’zuksimon tog’ay kiradi. Juft 95 tog’aylarga cho’michsimon tog’aylar, shoxsimon tog’aylar va ponasimon tog’aylar kiradi. Rasm № Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling