M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Shilliq osti qavat siyrak tolali biriktiruvchi to’qimalan iborat. Bu yerda qon
tomirlari, nerv oxirlari, limfa tugunlari va Brunner bezlari joylashgan. Muskul pardasi silliq muskul hujayralaridan iborat bo’lib, tashqi va ichki qavatga bo’linadi. Tashqi qavatda silliq muskul hujayralari uzunasiga qarab, ichki qavatda esa aylanasiga qarab joylashgan. Seroz parda ichak devorining tashqi tomondan o’rab oladi va qorin pardaning vistseral varag’idan hosil bo’ladi. Och ichak - o’n ikki barmoqli - och ichak burmasidan boshlanib, uning qovo’zloklari qorin bo’shlig’ining yuqorigi chap qismida yetadi. Och va yonbosh ichaklar qorin parda bilan hamma tomondan o’ralgan. SHuning uchun ikkala ichak joylashuvi jixatdan intraperitoneal a’zolarga kiradi. Och ichakning hazm yuzasi yonbosh ichakka nisbatan ancha katta. Bu xususiyat bir qancha sabablarga bog’liq: a) och ichak diametrini katta bo’lishi. b) aylanma burmalari yirik va bir-biriga zich joylashganligi. v) och ichakda vorsinkalar va kriptalar soni va uzunligi ancha yuqori bo’lishi. Masalan, och ichakning 1 mm 2 sathida 22-40 gacha vorsinkalar uchraydi. Yonbosh ichakda esa 1mm 2 sathida 18- 31 vorsinkalar uchraydi. Och ichakning devori ovqat hazm nayi uchun hos tuzilishga ega. Uning devorida shilliq parda, shilliq osti qavati, muskul parda va seroz parda farq qilinadi. Shilliq parda epiteliy, xususiy plastinka va muskul plastinkadan iborat. Shilliq pardada juda ko’p miqdorda vorsinkalar va kriptalar bo’ladi. Vorsinkalar shilliq pardaning xususiy plastinkasidan hosil bo’lgan burtmalaridir. Ularning shakli va uzunligi ingichka ichakning qaysi bo’limida uchrashishiga bog’liq. O’n ikki barmoq ichakda vorsinkalar kalta va keng, och ichakda uzun, ingichka va juda zich joylashgan, yonbosh ichakda ularni soni va uzunligi kamayadi. Har bitta vorsinka yuzasi bir qavatli tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy tarkibida 3 xil hujayralar: jiyakli, kadaxsimon va enteroendokrin hujayralar farq qilinadi. Jiyakli hujayralar miqdori ko’p bo’lib, ularning apikal yuzasida 1500-300 mikrovorsinkalar hosil bo’ladi. Bunday tuzilishga ega bo’lgan hujayralar ichakda juda katta surish yuzasini hosil qiladi. Mikrovorsinkalar nafaqat surish jarayonida ishtirok etadi, bular sathida ko’p miqdorda parchalanishda ishtirok etuvchi aktiv fermentlar, ayniqsa fosfataza va lipaza aniqlanadi. Vorsinka markazidan keng limfatik kapillyar o’tadi. Uning uchi berk bo’lib, vorsinka uchidan boshlanadi. Parchalangan yog’ maxsulotlari limfatik kapillyarga o’tadi va limfa tarkibida shilliq pardada joylashgan limfatik turga qarab oqadi. Har bir vorsinkaga shilliq osti pardadan 1-2 arteriola kiradi va vorsinka stromasida limfa kapillyari atrofida qon kapillyarlarga tarmoqlanib ketadi. Qonga oddiy kandlar va parchalangan oqsillar o’tadi. Kapillyarlardan 91 qon vorsinka uki bo’ylab joylashgan venulalarga yig’iladi. Vorsinkalar oralig’iga ichak kriptalarining Og’izchalari ochiladi. Ichak kriptalari shilliq pardaning xususiy qavatida joylashgan epiteliyning naysimon chuqurchalaridir. Ichakning 1mm 2 sathida 80-100 gacha kriptalar uchraydi. Kriptalar devori 5 xil epitelial hujayralardan tashkil topgan. Undan birinchi 3 xili xuddi vorsinkalarda uchraydigan hujayralardir. Qolgan ikki xili esa kriptalarni tubida uchraydi. Bu Panet hujayralari va jiyaksiz enterotsitlardir. Panet hujayralari lizotsim moddasini va dipeptidlarni parchalaydigan erepsin fermentini ishlab chiqadi. Enterotsitlar - mayda, tsilindrsimon shaklga ega, Panet hujayralari orasida joylashgan, aktiv ravishda mitotik bo’linadi, vorsinka va kriptalar epiteliysini tiklanishini ta’minlaydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling