M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
susayadi, ularning qondagi miqdori kamayib ketadi (leykopeniya).
Bu holat kongilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin bemor yuqumli kasalliklarga chidamsiz bolib qoladi, boshqa xastaliklarga chalinadigan boladi. Dorilarning kopchiligi allergik holatni keltirib chiqaradi, endokrin tizimiga, meda-ichak faoliyatiga salbiy tasir etishi mumkin. Shuning uchun ham antiblastom preparatlar faqat onkolog shifokor tomonidan tavsiya etilishi va bemor doimiy nazoratda bolishi talab qilinadi. Hozirda asosan quyidagi kimyoterapevtik preparatlar guruhi tibbiyot amaliyotida qollaniladi: I. A l k i l l a y d i g a n v o s i t a l a r : A. Bis ( β− xloretil)-amin unumlari, sarkolizin, xlorbutin, siklofosfan, prospidin, dopan, lofenal. 272 B. Etilenamin va etilendiamin guruhlari saqlovchi birikmalar tiofosfamid, benzotef, diðin, imifos, geksafosfamid. V. Disulfon kislota efirlari miyelosan. G. Nitrozomochevina va triazenlar nitrozometilmochevina, lomustin, karmustin, dakarbazin. II. A n t i m e t a b o l i t l a r : A. Folat kislota analoglari metotreksat. B. Purinlar analoglari merkaptopurin, fopurin. V. Pirimidin analoglari ftoruratsil, ftorafur, sitarabin. III. H a r x i l k i m y o v i y g u r u h l a r g a m a n s u b s i n t e t i k v o s i t a l a r : A. Platina preparatlari sisplatin, platin, karboplatin. B. Boshqa kimyoviy guruhlarning preparatlari prokarbazin, gidroksimochevina. IV. Osimlik preparatlari vinblastin, vinkristin, vinorelbin, kolxamin, kolxisin, podofillin. V. A n t i b i o t i k l a r daktinomitsin, rubomitsin gidroxlo- rid, doksorubitsin gidroxlorid, karminomitsin, olivomitsin, bru- neomitsin. VI. F e r m e n t l a r L-asparginaza. VII. I n t e r f e r o n l a r aldeleykin. VIII. Gormonat va antigormonal preparatlar. Gormonal va antigormonal vositalar. Ayrim gormonlar (asosan, jinsiy endokrin bezlar) blastomaning osishini tezlash- tiradi. Masalan, kokrak bezining rak kasalligi estrogen gormonlari tasirida tezlashsa, prostata bezi rakini androgen gormonlar zoraytiradi. Ushbu blastomalar gormonlarga bogliq osmalar deyiladi. Ularning osishini qarama-qarshi jinsiy gormonlar bilan toxtatish mumkinligi aniqlangan. Bunda blastomalar tabiiy sti- mulatorlardan mahrum boladi. Bemorlarni bu usulda davolashning kamchiligi estrogen preparatlarni olayotgan erkaklarda ayollarga xos jinsiy belgilar (feminizatsiya), androgen gormonlar qabul qilayotgan ayollarda esa ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilari (virilizatsiya) paydo bolishidir. Shu sababli asoratlari uncha sezilarli bolmaydigan preparatlar yaratilgan. Ular jumlasiga fosfoestrol, xlortrianizen, estrodurin, medrosteron va boshqa preparatlar kiradi. Umuman olganda, gormonal preparatlarning blastomalarga tasiri vaqtinchalik bolib, bu asosan shishning osishini vaqtincha toxtatishi, tana intoksikatsiyasining kamayishi bilan namoyon boladi. Metastazlar paydo bolganda esa ular kor qilmaydi. Antiblastom preparatlari sifatida kortikosteroidlar va AKÒG 273 (adrenokortikotrop gormon) ishlatiladi, chunki ular oqsil sin- tezini sekinlashtiradi, intoksikatsiyani kamaytiradi. Boshqa antiblastom preparatlar tasirini kuchaytiradi, asoratlarni (qayt qilish, intoksikatsiya) kamaytiradi. Kortikosteroidlar, ayniqsa, qon ishlab chiqarish toqimasining osma kasalligida (otkir leykoz) kor qiladi. Ular tasirida otkir leykozning klinik belgilari 5 oydan 1 yilgacha bolgan vaqt ichida yoqoladi. Shu maqsadda kopincha kortizon, prednizolon va AKÒGdan foydalaniladi. Antiblastom preparatlarni katta dozada ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki ularning tasiri osmaning negiziga emas, koproq metastazlarga qaratilgan boladi. Shuning uchun ham ushbu preparatlar blastomalarga davo qilishda ishlatiladigan boshqa usullarga (jarrohlik va nurlantirish) qoshimcha sifatida buyuriladi. Barcha davo usullarini bir yola qollash kasallikning III bosqichlarida ijobiy natijalar beradi. Òurli xildagi antiblastom preparatlar. Bularga blastomalarni radioaktiv izotoplar, fermantlar bilan davolash usullari kiradi. Radioaktiv izotoplar tasirida blastomalarni nurlantirish usuli yetarli. Ular chiqaradigan β va γ nurlari osma toqimasiga tasir korsatib, uning hujayralarini nobud qiladi. Normal toqimaning ushbu nurlarga nisbatan sezuvchanligi past. Shu maqsadda radioaktiv oltin ( β va γ nurlar ajratadi), fosfor ( β nur ajratadi), yod ( β va γ nurlar ajratadi) blastomalarining ayrim turlarida qollaniladi. Davolashning ushbu usuli ham asosiy bola olmaydi. Blastomaning ayrim turlarida fermantli preparat L aspar- ginaza beriladi. U DNK va RNK tarkibiga kiruvchi pirimidin asoslari sintezi uchun zarur bolgan asparagin aminokislotasini gidroliz qiladi va bemor holatiga ijobiy tasir korsatadi. Keyingi vaqtlarda shunday dori vositalari ishlab chiqarilganki, ular kimyoterapevtik davolash natijasida bemorda kuzatiladigan asoratlarni bartaraf etib, davoning samarali davom ettirilishini taminlaydi. Shuningdek, tarkibida platina saqlovchi bir qator preparatlar (sisplatin, platin, karboplatin) ham keng qollanilmoqda. Preparatlar. D o p a n (Dopanum). Òabletka holida 0,002 g dan ishlab chiqariladi. 0,0060,012 g dan 357 kun davomida 1 marta ichiladi. Davo kursi: 57 marta qabul qilinadi. S a r k o l i z i n (Sarcolysinum). Òabletka holida 0,01 g, kukun shaklida 0,02 g dan ishlab chiqariladi. Haftada 1 marta ovqatdan keyin ichiladi. Vazni 50 kg dan ortiq bemorlarga bir martalik dozasi 0,03-0,05 g. S i k l o f o s f a n (Cyclophosphanum). Kukun shaklida flakonda 274 0,2 g dan inyeksiya uchun ishlab chiqariladi. Venaga, mushaklar orasiga, plevra boshligiga, qorin boshligiga 0,2 g dan har kuni yuboriladi. B e n z o t e f (Benzotephum). Sterillangan kukun, 20 ml flakonda 0,024 g dan ishlab chiqariladi. Izotonik eritmaning 20 ml da 24 mg eritib, venaga haftada 3 marta yuboriladi. Ò i o f o s f a m i d (Thiophosphamidum). Liofillangan kukun holida flakonda 0,01 g dan ishlab chiqariladi. Mushaklar orasiga, venaga, arteriyaga, plevra va qorin boshligiga yuboriladi. M e r k a p t o p u r i n (Mercaptopurinum). Òabletkada 0,05 g dan ishlab chiqariladi. 0,0020,0025 g/kg vazniga 13 marta ichishga beriladi. M e t o t r e k s a t (Methotrexatum). Òabletka holida 2,5 mg dan, ampulada kukun holida 5 mg dan va 0,9% li natriy eritmasi ampulada 2 ml dan birga ishlab chiqariladi. F t o r u r a t s i l (Phthoruracilum). 5%li eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Har kuni venaga asta-sekin 1015 mg/kg vazn olchovida yuboriladi. F t o r a f u r (Phthorafurum). Ampulada 4% li eritmasi 10 ml dan ishlab chiqariladi. Har 12 soatda 1,22 g (30 mg/kg) dan venaga yuboriladi. V i n k r i s t i n (Vincristinum). Ampulada quruq kukun holida; 0,5 mg dan erituvchi bilan birga ishlab chiqariladi. Venaga haftada 1 marta (0,050,15 mg/kg) yuboriladi. V i n b l a s t i n (Vinblastinum). Liofillangan kukun holida 0,005 g dan flakonda ishlab chiqariladi. Venaga haftada 1 marta yuboriladi (0,025 dan 0,3 mg/kg gacha). K o l x a m i n (Colchaminum). 0,5%li surtma sifatida 25 g dan ishlab chiqariladi; tabletka holida 0,002 g dan chiqariladi. Òeri osmalarida suriladi. Qizilongach osmasida kunora 0,0060,01 g ichiladi. A d r i a b l a s t i n (Adriablastinum). Antratsiklinlar guruhiga kiruvchi antibiotik. Flakonda 0,01 g dan kukun holida, flakonda 5 ml inyeksiya uchun, suyultiradigan suv bilan ishlab chiqariladi. 0,01 g ni distillangan suvda yoki natriy xloridning 0,9% li eritmasida (5 ml) venaga yuboriladi. D a k t i n o m i t s i n (Dactinomycinum). Ampulada 0,05% li eritmasi 1 ml dan ishlab chiqariladi. Venaga 0,0005 g dan 5 kun davomida yuboriladi. O l i v o m i t s i n (Olyvomycinum). Nurli zamburuglar ishlab chiqaradigan antibiotik. Flakonda 0,02 g dan kukun holida ishlab chiqariladi. Har kuni yoki kunora venaga sekin-asta yuboriladi. 275 R u b o m i t s i n g i d r o x l o r i d (Rubomycini hydrochloridum). Flakonda 0,02 g dan ishlab chiqariladi. Venaga yuboriladi. L - a s p a r g i n a z a . Flakonda 10000 ÒB dan ishlab chiqariladi. Venaga sekin-asta yuboriladi (natriy xlorning 0,9% li eritmasida suyultiriladi). F o s f e s t r o l (Phosphestrolum). Òabletka holida 0,1 g, ampulada 6%li yogli eritmasi 5 ml dan ishlab chiqariladi. Venaga ekin-asta (tomchilab) 1 ampuladan yuboriladi. Ichish uchun 0,1 g dan kuniga 23 marta beriladi. F i l g r a s t i m (Filgrastim). Aminokislotalar qoldigini saq- lovchi poliðeptid. 1 ml da 0,3, 0,48 mg saqlaydi. 5 ml glukozada eritib, venaga yuboriladi. IMMUNOLOGIK JARAYONLARGA ÒASIR EÒUVCHI DORI VOSIÒALARI Allergiyaga qarshi ishlatiladigan dori vositalari. Allergiya sozi grekcha alle sozidan olingan bolib, boshqacha, ozgacha degan manoni bildiradi. Bu xastalikning kelib chiqishida tananing immunobiologik tizimi muhim rol oynaydi. Malumki, ushbu tizim tanaga tushgan va kasallik paydo qiladigan kopchilik mikroorganizmlarga qarshi kurashib, ularning zaharli tasirini yoqotadi yoki kamaytiradi. Immunobiologik tizimning faoliyati va tuzilishi ancha murakkab bolib, tanani himoya qilish vazifasini asosan limfa tizimi bajaradi. Uning tarkibiga timus (ayrisimon bez), limfatik follikulalar va tugunchalar, taloq, qon va boshqalar kiradi. Immunitetning hosil bolishida limfotsitlar (Ò- va B- limfositlar) faol qatnashadi. Bundan tashqari, immunobiologik tizim kopchilik kasalliklarning (rak, revmatizm va boshqalarning) paydo bolishi va rivojlanishiga qarshilik korsatishi aniqlangan. Allergiyani keltirib chiqaradigan moddalar allergenlar deyiladi. Ular ekzo- va endoallergenlarga bolinadi. Ekzoallergenlar deb tashqi muhitdan tanaga tasir etuvchi moddalarga (kimyoviy moddalar, dori preparatlari, uy buyumlari, osimliklar va hokazo), endoallergenlar deb, tananing ozida hosil boladigan (masalan, kuyganda) toqima oqsilining ozgarishi natijasida hosil boladigan moddalarga aytiladi. Malumki, kopchilik dori moddalarini qabul qilgandan song ular qonga otib asosan jigarda metabolizmga uchrashi (oksidlanish, gidrolizlanish, konyugatsiya va boshqalar) natijasida hosil bolgan bazi moddalar (metabolitlar) bolib, allergiyaga sabab bolishi mumkin. 276 Allergenlar immunobiologik tizimga tasir etadi va ularga qarshi antitana hosil qilinadi. Bu antitanalar oqsildan (gamma- globulin) iborat boladi. Ayrim hollarda mana shu antigen hujayra antitana kompleksi Erlix (bazofillar) hujayralaridan biologik faol bolgan moddalar (gistamin, serotonin, atsetilxo- lin, prostoglandin va boshqalar) ajralib chiqishiga sabab boladi. Natijada ajrab chiqqan endogen gistamin qon bilan tarqalib, tanada kopgina ozgarishlar keltirib chiqaradi. Masalan, gistamin tasirida qon tomirlari (ayniqsa kapillarlar) kengayadi, uning devori otkazuvchanligi oshadi, natijada qon tarkibidagi suyuqlik qon tomir devori orqali toqimalarga otadi, qon tomirlarda quyuqlashib, aylanishi sekinlashadi, qon bosimi tushishi mumkin. Qon tarkibidagi suyuqlik ekssudatning toqimalarga otishi natijasida toqimada shish hosil boladi. Agar shunday shish burun shilliq qavatida vujudga kelsa, bemor rinitga(tumov) chalinib qoladi, aksiradi, burundan suyuqlik kop oqadi, burun qizaradi. Shish teri toqimasida bolsa eshak yemi toshib, shu joy qizarib ketadi. Ayrim hollarda butun badanga toshmalar toshib, qichib turadi. Endogen gistamin tasirida tanadagi kopchilik silliq mushak- lar qisqaradi, masalan, nafas yollari bronxlarning silliq mushaklari qisqarishi natijasida ular torayadi va nafas olish va chiqarish qiyinlashadi. Nafas qisishi, yani bronxial astma avj oladi. Bachadon mushaklarining qisqarishi natijasida homila vaqtidan ilgari tugilishi mumkin. Shunday qilib, allergiya holatining kelib chiqishida toqima gistamini muhim rol oynaydi. Bundan tashqari, gistamin tasirida meda shilliq pardasida joylashgan xlorid kislota ishlab chiqaradigan pariyetal hujayra- larning faoliyati ham kuchayadi. Meda shirasining miqdori xlorid kislota hisobiga oshadi. Gistaminning bunday farmakologik tasiri gistaminoretsep- torlar tufayli yuz beradi. Gistaminoretseptor gistamin tasir etadigan va unga nisbatan sezuvchi toqimalarda joylashgan biokimyoviy tuzilma. H 1 va H 2 gistaminoretseptorlar tafovut qilinadi. N 1 gistaminaretseptorlar silliq mushaklarda joylashgan. Ular qozgatilsa, ushbu mushaklar qisqaradi. N 2 -gistamino- retseptorlar esa meda pariyetal sekretor hujayralarida bolib, ularning qozgalishi natijasida xlorid kislota ajralishi ortadi. Gistamin tasirida qon tomirlarining kengayishi va qon bosimining tushishi koproq N 1 - gistaminoretseptorlarning tasirlanishidan kelib chiqadi. 277 Shunday qilib, endogen gistamin N 1 - gistaminoretseptorlarni tasirlab, allergiyaga xos alomatlarni («eshak yemi», angionevrotik shish, Kvinke shishi, konyunktivit, rinit, bronxial astma va boshqalar) keltirib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, allergiya- ning rivoj topishida endogen gistamin asosiy rol oynaydi. Allergiyaga qarshi ishlatiladigan dori preparatlari tasir etish mexanizmiga qarab ikki guruhga bolinadi: antigistamin va allergiyaga qarshi turli preparatlar. Antigistamin vositalar. Antigistamin preparatlar deb, gistaminga qarshi tasir etib, allergiyaning belgilarini bartaraf etadigan dori vositalariga aytiladi. Ular tasir etish mexanizmiga kora 3 guruhdan iborat: gistaminoblokatorlar, qondagi gistaminni kamaytiradigan dorilar, erlix hujayralaridan gistaminning ajralishini tosadigan preparatlar. Gistaminoblokatorlar asosan toqimada joylashgan, gistaminga nisbatan sezgir bolgan retseptorlarni tosuvchi dori vositalari hisoblanadi. Bular oz navbatida qaysi gistaminoretsep- torlarga tasir etishiga qarab H 1 va H 2 - gistaminoblokatorlar tafovut etiladi. H 1 - gistaminoblokatorlarga dimedrol, tavegil, suprastin, diðrazin, fenkarol, diazolin va boshqalar kiradi. H 1 - gistaminoblokatorlar H 1 - retseptorlarni tosib, gistamin keltirib chiqargan barcha ozgarishlarni va allergiya belgilarini bartaraf qiladi yoki ularning rivoj topishiga yol qoymaydi. Masalan, gistamin keltirib chiqaradigan qon tomirlarining kengayishini yoqotib, ularni toraytiradi, qon tomir devorining otkazuvchanligini kamaytiradi, qon bosimini normallashtiradi, qisqargan silliq mushaklarni boshashtiradi va hokazo. Boshqacha aytganda, allergiyaga xos bolgan belgilarni (shish, qizarish, qichitma, ogriq va hokazo) kamaytiradi va bartaraf etadi. H 1 - gistaminoblokatorlar H 2 - gistaminoretseptorlarga tasir etmagani uchun gistamin tasirida xlorid kislotaning ajralishi ozgarmaydi. Demak, N 1 - gistaminoblokatorlar allergiyaga qarshi bolgan farmakologik xossaga ega bolgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi preparatlar allergiya xastaligining deyarli hamma shakllarida keng qollaniladi. Ushbu preparatlar ayrim xususiyatlariga kora shartli ravishda ikki guruhga bolinadi. Dimedrol, suprastin, piðolfen va qisman tavegil preparatlari antigistamin tasiridan tashqari markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi va uyqu keltirib chiqaruvchi xususiyatga ega, qolgan preparatlar esa (diazolin, fenkarol) bunday xossaga ega, emas. Shuning uchun ham b i r i n c h i g u r u h preparatlarni 278 tavsiya etishda bemorning qaysi sohada ishlashi, kasbi hisobga olinishi kerak. Diqqat-etiborni talab qiladigan ishda band bolgan kishilarga ushbu dorilar tavsiya etilmaydi. Bularga ikkinchi guruh preparatlar (diazolin, fenkarol) beriladi. Dimedrol, suprastin va piðolfen preparatlariga yuqorida keltirilgan tasirlardan tashqari, ular qisman mahalliy ogriq qoldiruvchi spazmolitik, adrenobiokatarlik (piðolfen), xolinobio- katarlik tasir korsatadi. Piðolfen (diðrazin) neyroleptiklarga yaqin bolgani uchun narkoz, uxlatuvchi va analgetiklar tasirini kuchaytiradi, qisman gepotenziv va geporermik tasir ham etadi. N 1 - gistaminoblokatorlar meda-ichakdan yaxshi soriladi. Ayrimlari parenteral yol bilan ham yuboriladi. Keltirilgan pre- paratlardan tavegilning tasir etish muddati uzoqroq (812 s). Antigistamin preparatlari, asosan, allergiyaning teri va shilliq pardani zararlantiruvchi turida yaxshi samara beradi, bronxial astma xastaligida kor qilmaydi. Bunda koproq adrenominetiklar (adrenalin, efedrin, izadrin), xolinoblokatorlar (atropin) va boshqa preparatlar (teofilin, teobromin, kortikosteroidlar) ish- latiladi (11- jadval). 11-jadval. Otkir allergiya holatida dori vositalarining samarasi i r u t a y i g r e ll A r a l k it e m o n e r d A - u l G - it r o k r a l d i o k a t s i g it n A - l a r e n i m r a l - o n il o x - M - r o t a k o l b r a l - if u E n il a if - a n e r d a n il - d e f e n i r - d à z i n i r k o h s k it k a li f a n A + + + + + + + + + + i g il l a s a k b a d r a Z + + + + + + + + k it o r v e n o i g n A h s i h s + + + + + + a m t s a l a i x n o r B i h s r a q a g j u r u X + + + + + + + + + + + + + + o v a d k it a m e t s i S + + + + + + + + + + + + ti t a m r e d k i g r e ll A + + + + + + + + - k a h c i - a d e M k i g r e ll a g n i n i h s i n a l r a r a z + + + + + + + i m e y k a h s E + + + + + 279 Allergiyaning tez rivoj topadigan ogir shakli hisoblanadigan anafilaktik shokda H 1 gistaminoblokatorlar uncha kor qilmaydi. Shuning uchun ham bunday holatlarda qon tomirlarini toraytiradigan va qon bosimini kotaradigan boshqa preparatlar (adrenalin, noradrenalin va boshqalar tavsiya etiladi). Ayrim hollarda sedativ tasirga ega bolgan antigistamin vositalar uyqusizlikda, parkinsonizm va boshqa kasalliklarda ham beriladi. Preparatlarning noxush tasirlaridan qorinning dam bolishi, ogiz qurishi, uyquchanlik va umumiy boshashish qayd etiladi. Jigar va buyrak xastaligida antigistamin dorilar ehtiyotlik bilan beriladi. H 1 - gistaminoblokatorlar tasiri va farmokologik samarasiga kora N 1 - gistaminoblokatorlardan tubdan farq qiladi. Ular meda shilliq qavatida joylashgan pariyetal hujayralar N 1 - gistamino- retseptorlarini tosib, xlorid kislota ishlab chiqarilishini susaytiradi. H 2 - gistamin dorilar meda shirasidagi pepsin fermenti miqdoriga deyarli tasir etmaydi, shira ajralishini kamaytiradi. Ular allergiyaga qarshi tasir etmaydi. H 2 - gistaminoblokatorlarning xlorid kislota ishlab chiqarilishiga tasiri tibbiyotda ushbu kislota kopayishi bilan kechadigan meda xastaliklarida (gastrit, meda va on ikki barmoq ichak yarasi va hokazolarda) keng qollaniladi. Bu dorilar qatoriga simetidin, famotidin, nizotidin va ranitidin kiradi. Ular H 2 gistamin- retseptorlarga tanlab tasir korsatadi, ayniqsa famotianning tasiri samarali va nojoya tasiri kamroq (meda-ichak faoliyatiga tasir etuvchi vositalar mavzusiga qarang). I k k i n c h i g u r u h g a qarashli antigistomin preparat gistoglobulin hisoblanadi. U oz tarkibida juda kichik miqdorda (0.1 mkg) globulin bilan boglangan gistamin saqlaydi. Shu sababdan qondagi gistaminga qarshi antitana ishlab chiqarilishini taminlaydi va allergik ozgarishlarni kamaytiradi. Gistoglobulin ampulalarda (3 ml) ishlab chiqariladi va inyeksiyaga moljallangan. U c h i n c h i g u r u h g a kiruvchi dori vositalari bazofil erlix hujayralarida granulatsiyani buzib, ulardan gistamin va yalliglanishga sabab bolgan moddalarni (bradikinin, seratonin va boshqalar) ajralib chiqishiga yol qoymaydi. Bunday xususiyatli preparatlarga kromolin natriy, ketotifenlar misol bola oladi. Kromolin natriy ingalatsiya havo yollari bilan yuborishga moljallangan bolib, asosan bronxial astma xurujining oldini olish maqsadida qollaniladi. Astma xuruji davrida deyarli samara bermaydi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling