M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Download 1.59 Mb.
|
raqam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyumlar Internetidagi biznes
- Birinchi turi
1.6.2-rasm. Buyumlar Interneti
Buyumlar Internet nafaqat pulni, balki vaqtni ham tejaydi: mashinalar odamni odatiy ishlardagi o‘rnini bosadi va xavf- li yoki odatiy vazifalardan ozod qiladi. Bizlarniturli hil "ulangan" qurilmalar o‘rab olgan: ko‘cha- larda ish xavfsizligi va ekologik monitoring ishga tushurilgan. Buyumlar Internetdan kundalik hayotda, uy-joy-kommunal xiz- matlarida, sanoat sohasida, transportda, qishloq xo‘jaligida va tibbiyotda foydalanila boshlandi. Buyumlar Internetidagi biznes - masalalar Buyumlar Interneti bizning hayotimizga kirib kelgan va tobora rivojlanib boradigan va korporativ muhitga ta’sir ko‘r- satadigan bo‘ladi. Bunday muhitlar uchun mas’ul bo‘lgan tijorat va texnik rahbarlar Buyumlar Internet bilan ekotizimida qanday vazifalar va yondashuvlar hal qilinishi kerakligini tushunish- lari kerak. Asosiy e’tiborni kengayish qobiliyati, foydalanish imkoniyati, boshqarishqobiliyati, ma ’lumotlarniboshqarish, xavfsizlik va foydalanish kabi muhim operatsion omillarga qaratishi kerak . Kengayish qobiliyati Buyumlar Interneti foydalanish bilan muhitda mavjud bo‘- ladigan muammolar ikki xil bo‘lishi mumkin va har biri foydalanuvchilar va korporatsiyalar uchun noyob muammolar yaratadi. Birinchi turi ulangan qurilmalar soni bilan bog‘liq. Ikkinchi turi hosil ma’lumotlar hajmi bilan bog‘liq. Ulangan qurilmalar uchun kengayish maqsadlari tizim qo‘llab -quvvatlaydigan parallel ulanishlar (o‘tkazish qobiliyati) va kafolatlanadigan xizmat ko‘rsatish darajasiga bog‘liq . Bu erda Internet - kengligi muhim omil hisoblanadi. Ma’lumotlar hajmiga bogliq bo‘lgan kengayish masalalari ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, so‘- rash va namoyish qilish bilan bog‘liq samaradorlik muammolarini aniqlaydi. IoT tizimlari birdaniga ikkala qurilma va ma’lumot- larning miqyosliligini yengishi kerak . Foydalanish imkoniyatlari Buyumlar Internetning foydalanish imkoniyati tiklanish va ishonchlilik bilan bog‘liq. Tizimlarning to‘liq foydalanish imkoniyati ma’lumbir sohaningamaliyehtiyojlariga qarab turli xil kom- ponentlar va tarkibiy bloklarga turli xil texnik tamoyil- larni qo‘llashni talab qilishi mumkin . Arxitekturaning foydalanish qulayligiga ta’siri, xususan, bulutli hisoblash va “x-servis sifatida” kabi modellariga talabning ortib borishi bilan bog‘liq, misol uchun dasturiy ta’minot xizmat sifatida. Korporatsiyalar IoT muhitining zarur xizmatlari va imkoniyatlaridan foydalanish oqibatlarini sinchkovlik bilan o‘rganishlari kerak. Foydalanishning kerakli darajasini ta’minlab bera olishi mumkinligini aniqlash uchun ular bulutli echim- lar uchun xizmat ko‘rsatish darajasidagi kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqishda zarurat paydo bo‘ladi. Innovatsion yechim to‘xtab qolishlarni va nosozliklar- ning oldini oladi, gibrid muhitdagi kompaniyalarga (mahalliy va bulutli) mijozlarning talablarini qondirishga va korxonaning ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi . Boshqaruv Hozirgi vaqtda boshqaruv modeli faqat serverlar, komp- yuterlar va ma’lumotlarni saqlash qurilmalari kabi AT bilan bog‘liq tizimlarga nisbatan qo‘llaniladi. Aytaylik, uyali telefonlar va planshetlarni ehtiyotkorlik bilan boshqarishga qaramasdan, boshqa ko‘plab IoT qurilmalari ken- gaytirilgan ekotizimga kirmaydi va ularni tizimli ravishda bosh- qarib bo‘lmaydi. Buyumlar Internetdagi qurilmalarning aksariyati masofadan turib va to4g‘ridan-to4g‘ri odamlarning aralashuvisiz ishlaydi - ularni masofadan turib va inson aralashuvisiz boshqarish kerak. Tarmoq va tizimlarni boshqarish uchun zamonaviy usul va texnologiyalarni qo‘llash etarli emas. Buyumlar Internetining tuzilmasini rivojlantirish va uning hayot aylanishini boshqarish uchun yangi yondashuvlar kerak. Xavfsizlik Axborot texnologiyalarnin an’anaviy tartibda xavfsizligini ta’minlashda ichki AT tizimlari atrofidagi xavfsizlik chegaralari va brandmauerlarini ta’minlanadi. Ammo Buyumlar Interneti bilan boshqariladigan foydalanish kontsepsiyasi boshqariladigan ishonch kontsepsiyasi bilan almashtiriladi, bunda turli xil yechim- lar vujudga keladi. Xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun buyumlar Inter- netini shunday joriy etish kerakki, avtorizatsiya, ishonchliyligini tekshirish, foydalanishni boshqarish, mahfiylik va ishonchdan foydalanishda qulaylik saqlanib qoladigan tarzda samarali qo‘llash kerak. Foydalanish qulayligi Foydalanish qulayligi kelajakda AT - yechimlarni qaror qabul qilishda katta rol o‘ynaydi . AT - yechimlar odatda muay- yan masalani hal qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular asosida o‘qitish olib boriladi. AT - yechimlariga kelsak ushbu turdagi o‘qitish murakkab va samarasiz bo‘lishi mumkin, chunki qurilmalarni yanada qulay- roq qilish kerak, ular madaniy farqlar va foydalanuvchilarning turli darajalari va ko‘nikmalari o‘rtasidagi bo‘shliqni bartaraf qila olishi kerak. IoTning murakkab tizimlarni batafsil taqdim etish mumkin, buning uchun ular estetik jihatdan yoqimli va foydalanuvchilarga qulay dizaynga ega ega bo‘lib, ko‘p tillarda va matn ostidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan batafsil ko‘rinishini talab qiladi. Buyumlar Internetining tarmoqlararo kontsepsiyalari Buyumlar Internet kontsepsiyalari deyarli barcha sohalarga va yechimlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlarga - 1.6.3- rasmda ko‘rsatilgandek, logistika va tijorat aqlli energiya, aqlli uylar va xizmatlar tizimlaridagi talab va javoblarni aniqlash- ga ta’sir qiladi . Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Buyumlar Interneti chiqindilarni boshqarish, shahar kesimida rejalash- tirish, ekologik toza shahar atrof-muhitini saqlash, uzoq muddatli davolanish, favqulodda xizmatlar, aqlli xarid qilish, mahsulotlarni aqlli boshqarish, aqlli hisoblagichlar, uyni avtomat- lashtirish va aqlli tadbirlar kabi sohalarda muhim rol o‘ynaydi. . Aqlli energotizimlarda talab va mijozlar munosabati Energiya, kommunal va qayta tiklanadigan energiya sa- noatida aqlli tarmoqlarda talab va mijozlar munosabatini aniqlash, talab va javob o‘rtasidagi muvozanatni, ayniqsa qayta tiklanadigan energiya sanoatida muhim rol o‘ynaydi. Bunday muvozanat shamol turbinalari va quyosh panel- lari kabi taqsimlanadigan va qayta tiklanadigan manbalarni doi- miy ravishda taqsimlashda hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling