M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


-rasm. Roland Morenning smart - kartasi


Download 1.59 Mb.
bet43/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
Bog'liq
raqam

2.1.1-rasm. Roland Morenning smart - kartasi



Ma ’lumotlarning elektron almashinuvi ( EDI ) bu har qanday tijorat hujjatlarini yagona markaz orqali xavfsiz kanallar orqali ti­jorat hujjatlari bilan avtomatik almashish imkonini beradigan texnologiya (2.1. 2-rasm):






  1. yilda Stenford universitetining amerikalik matematiklar Witfild, Diffi va Martin Xelman elektron imzoning haqiqiyligini va muallifligini tasdiqlashning qonuniy vositasi sifatida raqamli imzo g‘oyasini yaratadi. Mualliflar tomonidan yaratgan tamoyillar elektron autentifikatsiya (aniqlash), elektron muomalalar va elect­ron pullar uchun asos yaratdi .

1973-yilda Umumjahon Banklararo Moliyaviy Telecom- munikatsiyalar Jamiyati (eng. Worldwide Interbank Financial Telecomminications (S.W.I.F.T.) ta’sis etildi. Ta’sischilar 19 mamlakatning 248 banklari hisoblanadi. S.W.I.F.T. tizimi moliyaviy operatsiyalar uchun umumiy standartlar tashkil etish va umumiy ma’lumotlar qayta ishlash tizimini shakllantirish uchun mo‘ljallangan edi.
S.W.I.F.T. tizimi butun dunyo moliyaviy muassasalariga moliyaviy operatsiyalar haqida ma’lumotni yuborish, xavfsiz standartlashtirilgan va ishonchli shaklda olish uchun imkon beradi (2.1.3-rasm ) .
H

Manba:
www.finance.ru

2.1.3-rasm. S.W.I.F.T
ozirgi vaqtda S.W.I.F.T.tarkibiga 197 mamlakatning 7000 dan ortiq yirik kredit va jahon muassasalar kiradi, S.W.I.F.T. trafi- gining umumiy hajmi kuniga 1,5 milliard xabarlarni tashkil etadi.

XX asr 80-yillarning boshlarida Amerika Qo‘shma Shtatlarida yopiq elektron tarmoqlarda maxsus dasturiy ta’minot yordamida mijozlarga bank operatsyalarini amalga oshirish dastlabki tizimlari paydo bo‘ldi.
XX asr 80-yillari o‘rtalarida Electronic Data Interchange for Administration, Commerce and Transport (EDIFACT) ma’lumotlar electron almashuvining halqaro standarti paydo bo‘ldi. Standartdan foydalanishi elektron telekommunikatsiya vositalari yordamida tijorat faoliyatni yuritish tartibini sezilarli darajada soddalashtirdi.
Elektron biznesni yanada rivojlantirishni kompyuter tarmoqlaridan foydalanmay tasavvur qilib bo‘lmaydi. 60-yil- larning boshida mutaxassislar dunyoning har qanday joydan ke- lajakda dasturlar va ma’lumotlar bazalarga bir zumda kirishni ta’minlash uchun odamlar o‘rtasida global kompyuter aloqani o‘rnatish iloji borligi haqida fikr yurita boshladi.
1962-yil avgust oyida Massachusets texnologiya instituti (AQSH) J.Liklider tarmoq orqali o‘rnatiladigan ijtimoiy o‘zaro aloqaning hujjatli tavsifini o‘z ichiga olgan bir qator g‘oyalarni yaratdi. U o‘zaro bog‘langan kompyuterlarning global tarmog‘ini yaratishni oldindan aytib berdi, uning yordamida har bir kishi istalgan kompyuterda joylashgan ma’lumotlar va dasturlarga te- zkor kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi . Bu konsepsiya Internetning bugungi holatiga juda o‘xshash bir tushuncha.
1967-yilda axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari sohasida amerikalik muhandis va olim L.Robert ARPAnet kompyuter tarmog‘ini tuzish rejasini taqdim etdi (2.1.4-rasm.).

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling