M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Download 1.59 Mb.
|
raqam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporatsiya
- Elektron biznes
Yakka tartibdagi tadbirkorlik - bu bitta shaxsga tegishli bo‘lgan biznes. Shaxsiy biznesning egasi bir vaqtning o‘zida menejer vazifasini bajaradi. Bu biznesning eng keng tarqalgan shakli, kichik do‘konlar, xizmat ko‘rsatish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, advokatlar, shifokorlar va boshqalarning kasbiy faoliyati uchun xarakterlidir.
Sheriklik - bu ikki yoki undan ortiq odamlarga tegishli bo‘lgan biznes. Hamkorlikning afzalliklari shundaki, uni tashkil etish oson, sheriklar ittifoqi qo‘shimcha mablag va yangi g‘oya- larni jalb qilish imkoniyatini beradi. Kamchiliklarga quyidagilar kiradi: cheklangan moliyaviy resurslar; sheriklik maqsadlarini uning ishtirokchilari tomonidan noaniq tushunish; birgalikda sotib olingan mol-mulkni taqsimlashda har bir ishtirokchining sheriklikning daromadlari va zararlaridagi ulushini aniqlashning qiyinligi. Korporatsiya - bu yagona yuridik shaxs sifatida qo‘shma tadbirkorlik faoliyatni olib borish uchun birlashtirilgan shaxslar yig‘indisi. Korporatsiyaning mulkiga egalik qilish aktsiyalar bo‘yicha qismlarga bo‘linadi. Shuning uchun korporatsiyalarning egalari aktsiyadorlar, korporatsiyaning o‘zi esa aksionerlik deb ataladi. Korporatsiyalar egalari aktsiyalarga qo‘shgan hissalari bilan belgilanadigan korporatsiyaning qarzlari bo‘yicha cheklangan javobgarlikka ega. Korporatsiyalarning afzalliklari qatoriga quyidagilar kiradi: aktsiyalar va obligatsiyalarni sotish orqali pul mablag‘larini jalb qilishning cheksiz imkoniyatlari; aktsiyadorlarning huquqlari mulkiy va shaxsiy huquqlariga bo‘linishi. Biznesni tashkil etishning korporativ shaklining kamchiliklari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aktsiyadorlarga dividend ko‘rinishida to‘lanadigan korpo- ratsiya daromadlari qismiga ikki marotaba soliqqa tortilishi: bi- rinchi marta korporatsiya foydasidan, ikkinchi marta aksiyadorn- ing shaxsiy daromadidan; iqtisodiy jinoyatlar uchun qulay imkoniyatlar. Hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan aksiyalarni chiqarish va sotish mumkin; mulk va nazorat qilish vazifalarni ajratish. Aksiyalari ko‘plab egalari o‘rtasida taqsimlangan korporatsiyalarda boshqarish funksiyasi egalik funktsiyasidan ajralib qoladi. Aksiyadorlar maksimal dividendlardan manfaatdor bo‘lsa menejerlar esa pulni muomalaga kiritish uchun ularni kamaytirishga harakat qilmoqdalar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan ichki rejalashtirish va boshqarish, marketing, savdo, moliyaviy tahlil, to‘lovlar, xodimlarni ahtarish,mijozlar va hamkorlarni qo‘llab-qo‘vvatlash Internetda muhitiga amalga oshira boshlandi. Shuni ta’kidlash kerakki, elektron biznes elementlari uzoq vaqtdan beri mavjud - ko‘plab kompaniyalar yillar davomida elektron ma’lumotlarni almashish (Electronic Data Interchange, EDI ) kabi avtomatlashtirilgan biznes tizimlaridan foydalanib kelishmoqda. XX asrning 90-yillar boshidan Internet ommaviy ishlatilishi bilan biznesda “e - biznes" atamasi keng tarqalib ketdi. “Elektron biznes” atamasi IBM bosh direktori L. Gerstner tomonidan muomalaga kiritilgan. Elektron biznes tushunchaning ko‘plab mavjud turli xil ma’noni anglatadigan ta’riflar mualliflar kasbiy tayorgarligi va tajribaga mos keladi. Quyida ushbu elektron biznes ta’riflarining ba’zilari kel- tirilgan. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling