M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Download 1.59 Mb.
bet44/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138
Bog'liq
raqam

Eslatma. 2.1.4-rasmda bo‘sh doira - chegaralgan foyda- lanishga ega kompyuter, chizig‘i bor doira - bitta foydalanuvchi uchun terminal .
ARPAnet (ingliz tilida Advanced Research Projects Agency Network) -1969- yilda AQSH Mudofaa Vazirligining Istiqbolli tadqiqotlar agentligi (DARPA) tomonidan yaratilgan kompyuter tarmog‘i bo‘lib, Internet tarmog‘i bo‘yicha prototipi (bosh- lang‘ich namunasi) bo‘lgan.


ARP A COMPUTER NETWORK*
Q I (PRESENTS A TIME-SHAIED COMPUTE! ф IEPIESENTS A SINGLE USER (ONSOIE COMPUTE! *NOT HNAl, ESTIMATE AS OF JUNE 1967





  1. rasm. 1967-yil iyun oyidagi ARPA kompyuter tarmog‘ining

tuzilishi [23].
ARPAnet loyihasining yaratilishi tarmoqlararo o‘zaro aloqalar protokollar ishlab chiqilishiga olib keldi, unda bir nechta alohida tarmoqlarni yagona "tarmoqlarning tarmog‘iga" aylanish- iga mumkin edi.
Kelajakda ARPANET tarmog‘i faol ravishda o‘sib, rivojlana boshladi - ko‘plab fanlar olimlari undan foydalanishni bosh- ladilar .
1973-yilda tarmoqqa Buyuk Britaniya va Norvegiyaning bi­rinchi xorijiy tashkilotlar ulandi va tarmoq xalqaro aylandi.

  1. yilda, ARPANET 111 xost kompyuterlardan va 1983- yilda - 4000dan iborat edi va Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab joylashgan edi. Gavayi va Yevropa bilan yo‘ldoshli aloqa tashkil qilingan edi.

1983-yil 1-yanvarda ARPANET tarkibidagi barcha komp- yuterlar bir vaqtning o‘zida TCP/IP protokoliga ulandi. Shunday qilib, Internet hozirgacha rivojlanib borishi mumkin bo‘lgan standart yaratildi .
1989-yilda, Yevropa fizika markazining (CERN) xodimi Tim Berners - Li global gipermatnli tizimini - World Wide Web standarti (WWW) yaratgan .
1994-yilda Mark Endrissen va Jim Clark e-tijorat imkoni- yatlarni kengaytiradigan yangi Netscape web-brauzerni namoyish etdi.
1994 -ilda Jeff Bezos AQSHda Amazon kompaniyasiga asos solgan 1995-yil iyul oyida Amazon internet do‘koni o‘zining web- saytini ochdi. Hozirgi kunga kelib Amazon - dunyoning eng yirik internet - do‘kon hisoblanadi.
1996-yildaVisa International va MasterCard International yirik to‘lov tizimlari plastik kartalari texnologiyasi asosida texnologik kompaniyalari bilan birgalikda SET - plastik kartalari asosida himoyalangan internet - hisoblarning yagona ochiq standarti yaratilishini e’lon qildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, elektron tijorat kontseptsiyasi tushunchasi Internet tarqalishib ketishidan oldin paydo bo‘ldi. Ammo faqat 2000 - yillardan boshlab elektron biznes bank sektori va elektron ma’lumotlar almashuvidan tashqariga chiqdi va biznesni yuritishning samarali vositasi sifatida keng rivojlandi.
2004-yildan to hozirgi kungacha elektron biznes jadal rivojlanmoqda va hozirgi kunda biznesni yuritish va amalga oshi­rish uchun barcha Internet texnologiyalarini o‘z ichiga olgan yirik portallar va gigaportallarning birlashishi bilan ajralib turad. Bunga sheriklar va etkazib beruvchilarni tanlash, tadqiqotlar o‘tkazish, savdo bozorini nazorat qilish va hisobga olish, mavjud xizmatlar va onlayn maslahatlar, elektron e’lonlar taxtalarini va boshqalarni tanlash imkonini beradigan tizimlarni o‘z ichiga oladi. Tar- moqdagi hujjatlarni avtomatlashtirish tizimlari keng joriy etilishi tashkilot ichida ham, pudratchilar bilan ham ma’lumot almashish tezligini oshirishga imkon beradi va natijada ushbu omillar bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.
O‘z xizmatlarini keng qamrovli xizmat - korporativ mi­jozlarga ham, oxirgi iste’molchiga ham xizmat ko‘rsatadigan Internet-vositachilar paydo bo‘lmoqda . Ular avtomatlashtirilgan
axborot kanallari orqali mijozlariga xizmat ko‘rsatish boyicha ishlarni olib boradi:

  • sotishdan oldin ishlar (bitim oldidan amalga oshiriladigan funktsiyalar) potensial xaridorlar va buyurtmachilar bilan ishlash, onlayn marketing;

  • onlayn buyurtmalar (bevosita bitim bilan bog‘liq vazi- falari) - xizmat xaridorlar va iste’molchilar, maxfiy axborotni muhofaza qilish;

  • moliyaviy xizmatlar - buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq onlayn-tranzaktsiyalarning tarkibiy qismlari;

  • xizmat ko‘rsatish shartnomasi funksiyalari - xaridorga to- varlarni ko‘rish va ularga buyurtma berish imkoniyatini beradigan funksiyalar;

  • logistika (ijro) - xaridni xaridorga yetkazib berish;

  • sotishdan keyingi ishlar - buyurtma, hisob-kitob, al- mashtirish, nizolarni hal qilish holatini kuzatish.


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling