M. T. Hamdamova “ ” 2023yil


Download 280.37 Kb.
bet12/24
Sana08.04.2023
Hajmi280.37 Kb.
#1341683
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
munoj kurs ishiiii

Aqliy rivojlanish  - ota-onalar va pedagog tomonidan bolaning aqliy qobiliyatlari va tafakkurini rivojlantirishda, uning aqliy harakatlari va bilim qobiliyatlarini to‘g‘ri shakllantirishdir!
Bolaning aqliy jihatdan tarbiyalash va rivojlantirishni mavjud turmush tarzidan, uning hissiyotlaridan va uni ruhiy qiyofasini yaratadigan barcha boshqa xususiyatlardan holi tarzda tasavvur qilish mushkul. Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy o‘sishni soddalashtirilgan holda, zo‘riqishlarsiz borliq haqida iloji boricha ko'proq va eng muhimi to‘g‘ri bilim berish, kognitiv faoliyatning umumiy usullarini (tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish qobiliyatini) rivojlantirish, nutqni rivojlantirish hamda me‘yorida kundalik yangi bilimlarni berib borish bilan amalga oshirish zarur.
Aqliy tarbiya – bu bolaning har tomonlama taraqqiy topishida sog‘lom turmush tarzi va foydali mehnat faoliyati, qiziqarli o‘yinlar va o‘z vaqtida to‘g‘ri bilim berish orqali kelajak hayotga tayyorlashning, chin ma‘noda shaxs bo‘lib yetishishining muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya ta’lim, o‘yin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan bo‘lgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va o‘zlashtirishda ro‘y beradi.
Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biridir
Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam ravishda to‘g‘ri pedagogik ijobiy ta‘sir o‘tkazish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati juda yuqori va unga hech vaqt bee‘tiborlik bilan nazar tashlab bo‘lmaydi. Chunki aql - his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo‘lgan jarayonlar yig‘indisi.
Aqliy rivojlanish – fikrning kengligida voqealarning turli bog‘lanishida, munosabatlarda teran ko‘ra olish va ularni umumlashtirish qobilyatlarida namoyon bo‘ladi.
Bolaning aqliy rivojlanishida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri berilgan tarbiya va ta‘lim samarali ta‘sir ko‘rsatadi.
Bularning hammasi maktabgacha yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalar mazmunini chuqurlashtirish va asta-sekinlik bilan hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir.
Yosh bolalar har doim buyumlar va hodisalar orasida yashaydi. Tevarak atrofdagi buyumlar, atrof-muhit bolaning sezgi organlari – analizatorlariga ta‘sir etadi va dastlabki sezgilarni hosil eta boshlaydi. Bola har kuni biror yangi narsa bilan tanishadi, nimanidir bikib oladi, ushlab ko‘radi, hidlaydi, o‘ziga tortadi, ko‘radi, quloqlari bilan eshitadi. Shu tariqa asta – sekin dunyoni bilib boradi.
Idrok esa juda murakkab jarayon bo‘lib, sezgi asosida paydo bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘pincha beixtiyor tarzda bo‘lishini ham unutmasligimiz zaruru. Shuningdek bu yoshdagi bolalarda hayol muhim ro‘l o‘ynaydi. Sababi bolaning hayoli hamda hayoliy tasavvurlari u syujetli o‘yinlar o‘ynay boshlaganida, kattallar tomonidan qiziqarli ertaklar aytib bergandayoq dastlabki belgilari namoyon bo‘la boshlaydi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta‘lim, tarbiya berish el padagogikasida ilk bor chex pedagogigi Yan Amos Kamonskuy (1592-1670) tomonidan yaratilgan.

Download 280.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling