M. T. Hamdamova “ ” 2023yil
Download 280.37 Kb.
|
munoj kurs ishiiii
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB Didaktik o’yinlar asosida bolalaraning aqliy qobiliyatlarni rivojlantrishning mohiyati.
I bob bo’yicha xulosa
O'yin bolada atrof-muhitdagi muhim, xarakterli narsalarni ajratib ko'rsatish qobiliyatini rivojlantiradi, unga voqelik hodisalarini chuqurroq va to'liqroq tushunishga yordam beradi. O'yin bolaning keyingi ta'lim va mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan ijodiy tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi. O'yin bolalarda irodaviy fazilatlarni shakllantiradi: o'z harakatlarini ma'lum qoidalarga bo'ysundirish, o'z xatti-harakatlarini butun jamoaning vazifalari bilan muvofiqlashtirish qobiliyati. Nihoyat, o'yinda bola o'z shaxsiyatini shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydigan axloqiy me'yorlar va xatti-harakatlar qoidalarini o'zlashtiradi. O'yin aqliy tarbiyaning muhim vositasidir. Turli xil hayotiy voqealarni, ertak epizodlarini takrorlash, bola ko'rganlari, o'qiganlari va aytilganlari haqida fikr yuritadi. Shunday qilib, o'yin orqali bolalarning turli kasblarga bo'lgan qiziqishlari mustahkamlanadi va chuqurlashadi, mehnatga hurmat tuyg'usi tarbiyalanadi. O'yinlarni to'g'ri boshqarish bola psixikasini rivojlantirishda, uning shaxsiyatini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. II BOB Didaktik o’yinlar asosida bolalaraning aqliy qobiliyatlarni rivojlantrishning mohiyati.Didaktik o’yinlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy qobiliyatlarni shakillantrishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash.Bola hayotidagi rivojlanishning juda muhim bosqichi erta va maktabgacha bo'lgan davrdir19. Bolalar, ayniqsa maktabgacha yoshda bo'lgan davrda tez rivojlanadilar. Chunki bola hayotining dastlabki 6-7 yilida juda ko'p yutuqlarga erishadi! U qarashni va tinglashni, narsalarni olishni va ular bilan harakat qilishni, turishni, yurishni va boshqalarni o'rganadi. Bu vaqt ichida u o'nlab mahorat sirlarini egallaydi: sanchqi va qoshiqni tutish, qaychi, cho'tka, qalam bilan ishlash, ruchka va boshqa o'quv qurollari bilan harflar yozib, uni o'qishni, atrof muhitni kuzatish va fikr bildirish, o'zi uchun boshqa ko'plab narsalarni kashf qiladi. Tabiiy hodisalar, tovushlar, ranglar, kechagi va bugungi hayoti haqidagi xotiralari orqali juda ko'p ma'lumotni to'plab, ularni hikoya qilishni o'rganadi. U o'zini tutish qoidalari bilan tanishadi. Makon va vaqtni, raqam va harakatlarni taniydi. Har bir bola yoshligidan aqliy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi uchun unga sog‘lom turmush tarzi kundalik foydali narsalarni o'rgatadigan va ijobiy tasvirlarni ularning xotirasida qoldiradigan tarbiya shartlari kerak. O'yin bolalar uchun juda muhim va aynan ular uchun juda qadrli hamdir. Agar bolaning kundalik turmush tarzida yuqorida keltirganimizdek foydali va aqlni charxlaydigan qiziqarli o‘yinlar bilan shug‘ullanmasa, u tez va yaxshi rivojlana olmaydi. Uch yoshdan katta bolalar o‘z o‘yinlarida ularni o'rab turgan odamlarning hayotini aks ettiradi. Agar biz bolalar o'yinlariga nazar tashlasak, ularning o'yinlarida ular hayotda kuzatadigan kattalarning munosabatlari, g'amxo'rliklari va tajribalarini ko'rishimiz mumkin. Bola 5-7 yoshga to‘lgach ularning o'yinlari yanada boyib, rang-barang bo'lib boradi. O'yinni birgalikda o'ynash jarayonida ular bir-biridan ko'p narsalarni o'rganadilar. O'yin esa hayolotni, fikrlashni, yuqori insoniy tuyg'ularni, oqilona irodani, milliylikni, insonparvarlik va vatanparvarlikni, tafakkurni rivojlantiradi. O‘yin orqali o‘z tasavvurlarini namoyish etib, ular o‘zlari uchun ajoyib hayotni yaratadilar. Bolalar uchun bunday faoliyat ijodkorlik va kashfiyotlar maydoni, sevimli faoliyat turi. Ular uchun bu ajralmas va eng qiziqarli, zavqlantiruvchi mashg‘ulotdir. Faqatgina bu o‘yinlar milliylik va o‘zbekona mezonlariga mos ravishda, bolani toliqtirmaydigan, jismoniy hamda ruhiy holatiga xos bo‘lgan foydalilik, bunyodkorlik g‘oyalaridan holi bo‘lgan tarzda bo‘lishi talab etiladi. O‘yin-bolani shaxs sifatida to‘g‘ri shakllanishi va ongini, zehnini o‘stirish bilan birga nutqini ravon qiluvchi eng asosiy vositadir! Bola rivojlanishida nutq hal qiluvchi rol o'ynaydi. Uni o'zlashtirish bolalar o'rtasidagi muloqotni va atrofdagi dunyoni tushunishning eng muhim omili. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi turli xil o'yin va mashg'ulotlarda, amaliy va ijodiy faoliyatga o‘zaro bog‘liq. Bunday vaqtda birinchi navbatda ota-onalarning e‘tibori va ko‘magi asosiy ro‘l o‘ynaydi. Negaki, har bir bola ko‘p narsalari oilasida, undagi muhit va o‘zaro muomalardan o‘rnak oladi20. Download 280.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling