M u n d a r I j a


Mavzu: “d” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishtirish


Download 241 Kb.
bet5/11
Sana15.09.2023
Hajmi241 Kb.
#1679128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS JUMISI 22 MAVZU

Mavzu: “d” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishtirish.
Maqsad:
“d” tovushi va “Dd” harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g‘in, so‘z tuzish va o‘qish.
Vazifalar:

  • “D” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • “D” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.

  • “D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish

  • Bo‘g‘inlardan so‘z tuza olish

Kutilayotgan natijalar:

  • “D” tovushi va “Dd” harflari bilib oladilar.

  • “D” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • “D” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • “D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar

Kerakli jihozlar:

  • “Dd” harflari

  • “D” tovushi bor suratlar

  • “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing” ta’limiy o‘yin uchun materiallar

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni ,,Harf jildi "dan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta shakli bor?
Bugun bolalar “D” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishamiz
Di-van so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-van men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D-D-Di-van, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Di-v-v-van, 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di-v-v-van 3- to‘rtburchak chiziladi: — Di-van so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“D” tovushi) Bugun siz “D” tovushi bilan tanishasiz. “D” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
Tarbiyachi: “D” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi. “D” tovushi ya, yo, e, yu unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlari
Tarbiyachi: endi men “D” tovushini talaffuz qilaman, “D” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi “D” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. “D” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “D” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:

Download 241 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling