M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining maqsadi
- Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining predmeti
- Fanning vazifalari
- Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi.
- Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi fanlarning guruhlari
1. Umuminsoniy qadriyatlar.
2. Islom ta’limoti. 3. O‘zbek milliy urf-odatlari. Tarbiyaviy jarayon ongli ma’suliyatli faoliyat bo‘lib, unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni barkamol inson qilib yetishtirishda unga har tomonlama tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining maqsadi: talaba-yoshlarga tarbiyaviy ishlarni tashkil etilishini amaliy asoslari bilan tanishtirish, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, sifat samaradorligini oshirishda yangicha ishlash metod va shakllardan foydalanish san’atiga ega bo‘lishning mazmun mohiyati, tamoyili, metodlari va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalariga oid bilim, ko‘nikma va malakalar berish. Yuqorida bildirilgan fikrlar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv fanining predmeti nimadan iborat degan savolga javob topish imkonini beradi. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalashning umumiy asoslari (mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, o‘ziga xos jihatlari, ustuvor g‘oyalari, samarali shakl, metod va vositalari)ga oid g‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya va ta’limotlar yig‘indisidan iborat. O‘quv fani sifatida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” aniq maqsadni ifodalash bilan birga muayyan vazifalarni ham hal qilishga yo‘naltirilgan. Fanning vazifalari: - bo‘lajak o‘qituvchilarni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o‘quvchilarni g‘oyaviy tarbiyalash maqsadi, vazifalari va usullari; - bo‘lajak o‘qituvchilarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning shart-sharoitlari; tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, sifat samaradorligini oshirishda yangicha ishlash metod va shakllardan foydalanish san’atiga ega bo‘lishning mazmun mohiyati, tamoyili, metodlari va tarbiyasining shart-sharoitlari; - tarbiyada oila, mahalla va ta’lim muassalarining o‘zaro hamkorligi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berish, tegishli ko‘nikma va malakalarni hosil qilish; o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o‘rganib unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish haqida ilmiy-nazariy bilimlar berish; tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko‘zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarni ko‘ra bilishga o‘rgatish; ilg‘or pedagogik tajribalarni kuzatib, tahlil etib undan ijodiy foydalanish; tarbiyaviy tadbirlarni o‘quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, tahlil etib uni yanada takomillashtirish yo‘llarini o‘rgatish; o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash jarayonida tarbiyaviy korreksion faoliyatning maqsadi, mazmuni, vazifalari, uni tashkil qilish fazalari va bosqichlari, yuksak ma’naviyatli shaxs fazilatlarini diagnostika hamda korreksiya qilishning umumiy va maxsus tamoyillari haqida bilim berish; tarbiyaviy ishlarni samaradorligini oshirishda o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini tadrijiy ravishda rivojlantirib borishga o‘rgatishdan iborat. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv fanining asosiy manbai o‘zbek xalqining yoshlar tarbiyasini samarali tashkil etish borasida asrlar davomida shakllanlangan boy hayotiy tajribasi, yoshlar tarbiyasiga nisbatan yondashuvlari, milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalari (alla, lapar, ertak, afsona, masal, matal, maqol, pand, nasihat, o‘git va qahramonlik eposlari) sanaladi. Demak, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani guruh rahbarining yosh avlod tarbiyasini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatining mazmuni, umumiy qonuniyatlar, tamoyillar, asosiy shakllari, metodlari, vositalari hamda texnologiyasini yoritishga xizmat qiladi. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. O‘z mohiyati, amaliy ahamiyatiga ko‘ra “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Shunga ko‘ra u boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikda rivojlanadi. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi fanlarni ularning yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi fanlarning guruhlari
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling