M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI


Download 0.96 Mb.
bet85/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI

Ma’lumki o‘qitishning asosiy shakllari - ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi auditoriyada o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzuni murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko‘ra avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlariga ajratiladi.


Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  1. Keys (muammoli vaziyatlar tahlili)

  2. Adabiyotlar (manbaalar) ustida ishlash

  3. O’quv loyihasi

  4. O’quv portfoliosi

  5. Esse

  6. Glossariy (atamalar izohi)

  7. Tayanch konspekt tuzish (chizma tasviriy modellar, intellekt kart, freym, mantiqiy graf va boshqalar yaratish)

  8. Psixologik-pedagogik tavsifnoma yozish

  9. Mini tadqiqotlar o’tkazish

  10. Ijodiy topshiriqlar

  11. Infografika tuzish

  12. Darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash

  13. Vedeorolik yaratish

  14. Tezis va maqolalar tayyorlash

Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.





  1. TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI BAHOLASHNING UMUMIY MEZONLARI

Har bir fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash mezonlari talabalarga semestrning boshida taqdim qilinadi.


Talabalarning fan (modul) bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan muddatga muvofiq amalga oshiriladi.
Mustaqil ishga qo‘yiladigan ball umumiy ballning 20 (yigirma) foizidan kam bo’lmasiligi lozim.
Talaba(lar)ning fan(modul) bo‘yicha mustaqil ta’lim natijalari elektron platforma va guruh jurnaliga butun sonlar bilan qayd qilinadi.
Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlarida hamda har o‘quv yilida kamida ikki marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi.
Talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari maksimal 1 ball bilan baholanadi.
Baholash mezoni:
0.9-1 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiqlarni aniq tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni aniq ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, tahlil qila olishi, muammoni yechish usulini taklif eta olishi, muammoni yechish usulini asoslagani, ijodiy fikrlay olishi, mavzu yuzasidan mustaqil mushohada yurita olishi, alternativ variant taklif eta olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0.7-0.8 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni aniq tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, qisman tahlil qila olishi, muammoni yechish usulini qisman asoslay olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0.6 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni qisman tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, qisman tahlil qila olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0-0.5 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni qisman tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, qisman tahlil qila olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling