M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Fan: Tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.96 Mb.
bet88/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Fan: Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Mavzu: Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. “Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasi

Adabiyotlar tahlili talaba tomonidan namunaviy yoritilishi:


Ishmuhamedov R., Abduqodirov Pardaev A. “Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasini umumiy tarzda tahlil qiling
- talaba dastlab o‘quv qo‘llanmaning mundarijasi bilan tanishib chiqadi;
- so‘ng mustaqil ta’limni bajarish uchun reja tuzib oladi;
- talaba o‘quv qo‘llanmadan rejaga mos keladigan ma’lumotlarni ajratib, saralab chiqadi;
- saralangan ma’lumotlarga tayangan holda asosiy mazmun mohiyatni yozma bayon etadi;
- mustaqil ta’limni xulosalash uchun tavsiya etilgan adabiyot bilan tanishib chiqish davomida o‘zi o‘zlashtirgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni yoritadi.
Reja
Kirish
Asosiy qism:
1.“Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasining nazariy ahamiyati.
2.“Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasining amaliy ahamiyati.
Xulosa (“Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasini o‘qish jarayonida egallagan BKMlar yoritiladi)


Yuqoridagi holatda bajarilgan mustaqil ta’lim quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Kirish. Milliy mafkura vazifalari tarbiyaviy jarayonda maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar orqali amalga oshiriladi. Tarbiyaviy jarayon ta’lim muassasalarida o‘ziga xos ma’no kasb etadi. Ilg‘or milliy, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga qo‘yilishi kerak.
Asosiy qism:
Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasining nazariy ahamiyati
Ta’lim muassasalari tarbiyachi-o‘kituvchilari milliy istiqlol g‘oyasi bilan qurollangan bo‘lib, uni har bir fuqaro ongiga yetkazish malakalariga ega bo‘lishlari lozim. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi ta’lim muassasalarining oldiga yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo‘ydi. Tabiiyki, hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasining amaliy ahamiyati
Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida shaxsning ma’naviy-ma’rifiy shakllanishi bilan bog‘liq savollarga javob berish, uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsataëtgan xodimlarni shu yo‘nalishdagi ko‘nikma va malakalarini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berish, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish uslublarini taklif etish, ularda treninglar va ochiq munozaralar o‘tkazish, shuningdek, mashg‘ulotlarni yakka, juftlik, kichik guruhlar va jamoa tartibida tashkil qilish va o‘tkazish hamda o‘quvchilarni tarbiyaviy jarayonga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan kerakli uslubiy tavsiyalar va maslahatlarni pedagog kadrlarga yetkazish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridir.
(Shu taxlit davom ettiriladi) Mazkur o‘quv qo‘llanma mana shu kabi malakarni nazariy jihatdan yoritib berishga xizmat qiladi.
Xulosa
“Tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasini o‘qish jarayonida men:

  • tarbiya ga tegishli qonuniyatlar;

  • tarbiya haqida olimlarning ta’riflari va fikrlari;

  • tarbiya vazifalari va tomonlari;

  • tarbiya turlari va darajalari;

  • tarbiyaning yoshga oid o‘ziga xosliklari;

  • tarbiyada innovatsion texnologiyalar haqida BKMlaga ega bo‘ldim.


3.ESSE

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling