M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Fan: Tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.96 Mb.
bet89/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Fan: Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Mavzu: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnika, pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari

Esseni talaba tomonidan bajarilishi



  • esse yozish bo‘yicha berilgan mavzu yoki masalaning tahlilini amalga oshirish;

  • mavzu yuzasidan esse yozishda ijobiy va salbiy tomonlarini yoritish;

  • mavzu yuzasidan ijodiy fikrlarini yoritish.

Tarbiyachilar o‘z ish faoliyatlari davomida asosiy e’tiborni doimiy ravishda o‘quvchilar tarbiyasi, xulq-atvori, tartib-intizomiga tuzatishlar kiritishlari, ulardagi kerakli shaxsiy xislatlar va xarakterlaridagi qirralarni rivojlantirishlari, mavjud kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratishlari lozim. Bunday jaraënni tashkil etishda tarbiyachilar pedagogik ta’sirning turli usullaridan foydalanishlari mumkin.


Pedagogik ta’sir usuli – bu aniq pedagogik holatlarni tashkil qilish usulidan iborat bo‘lib, unda ma’lum qonuniyatlar asosida o‘quvchilarning ijobiy ishlarida o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar uyg‘onadi.
Tarbiya jaraënida zarur pedagogik ta’sir usulni tanlash uchun o‘quvchining hissiy holati, harakatining xarakteri va sababi oldindan aniqlanishi lozim. Bu o‘z navbatida ushbu harakatning psixologik tahlili, uni o‘quvchi shaxsiyati bilan yaqin aloqasini ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Pedagogik holat tarbiyachining ijodiy fikrlariga binoan yaratiladi. Birinchidan, tarbiyachi foydalanishni mo‘ljallagan ta’sir usulini amalga oshirish uchun mos sharoitlarni hayolan tanlashi kerak. Ikkinchidan, tarbiyachi o‘z mo‘ljallagan ishi va xulqini o‘quvchining harakatiga bo‘lgan munosabatiga binoan mos ravishda o‘ylab chiqishi lozim.

4.GLOSSARIY
Fan:Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Mavzu:Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‘rni



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling