Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Ziyolilik bilim va tarbiya orqali kamol topadi. Ziyolilik tushunchasiga, umumiy
madaniyatdan tashqari, nozikdidlilik, umuman, hayotga yuksak ong va ijtimoiy faollik bilan munosabatda bo`lish ham kiradi. Demak, «ziyolilik» faqat aqliy mehnat kishisiga taalluqli emas, balki iste`dodi keng qamrovli, oliyjanob fazilatlarga ega, ma`naviyati yuksak har bir odamga nisbatan qo`llash mumkin. Ziyoli - intellektual fikrlash qobiliyati yuksak shaxs, uning madaniyatli odamdan farqi shuki, u jamiyat va millat taqdiriga ma`naviy jihatdan javobgardir. Shaxsning individual xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan yuqoridagiday ma`naviy, aqliy jarayonlar faqat ma`lum bir xalqqa xos milliy xususiyat emas, balki universal xususiyatdir. Ammo madaniy xususiyatlarning har bir xalqda alohida, o`ziga xos xususiyati ham borki, bu xususiyatlar boshqa xalq uchun g`ayritabiiy tuyulishi mumkin. Masalan, tirbiyalilik umumiy xususiyat sifatida muomala va nutq jarayonida hosil bo`lsa, tarbiyalilikning turli xalqlarda ayrim ko`rinishlari borki, bunday holda milliy xususiyatlarni e`tiborga olish kerak. Masalan, evropaliklar xuddi o`zbeklar singari salomlashganlarida, qo`l uzatadilar. Xitoyliklar, yaponlar, hindlarning muomala madaniyatida bu alomatlar yo`q. Venada yashaydigan erkaklar ayol kishi bilan tanishganlarida, “qo`lingizni o`pay” deb murojaat qiladilar, polyak esa tanishuvda ayolning qo`lini o`padi, o`zbek erkak va ayollari uchun bu singari salomlashuv tarbiyasizlikning bir ko`rinishidir. Yoki ingliz xalqiga mansub odam o`z uncha hurmat qilmaydigan birontasiga xat yozganda, “hurmatli janob” degan murojaat bilan boshlaydi. Ruslar mehmondorchilikka borganlarida, kosada ovqatini qoldirmasligi kerak, qoida shu. Xitoyliklarda esa mehmonga tushlik oxirida guruch berganlarida, hech kim qo`lini tegizmasligi lozim (bu bilan ular o`zlarining to`q ekanliklarini ko`rsatishlari kerak). Ko`rinadiki, tarbiyalilik kabi madaniy jarayon yoki tushunchalar to`g`risida so`z yuritilganda, albatta, universal tushunchalar bilan birga, milliy regional xususiyatlarni ham nazarda tutgan holda xulosa chiqarish kerak. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling