Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Ikkinchidan, madaniyat mazmun–mohiyati va shakliga ko`ra, moddiy va ma`naviy 
madaniyatga bo`linadi. Madaniyatning har ikki ko`rinishi bir – biri bilan uzviy bog`liq, biri 
ikkinchisini to`ldiradi. Ma`naviy madaniyat – moddiy madaniyat ko`rinishida ifodalanganidek, 
moddiy madaniyat ham ma`naviy jarayon, ijodiy izlanish, badiiy tafakkur mahsuli sifatida yashaydi 


18 
va amal qiladi. 
Uchunchidan, madaniyat inson tomonidan yaratilibgina qolmay, yaratilish jarayonida 
insonning “shakllanishi”ga, o`zgarishiga ta`sir ko`rsatadi. Madaniyat boyliklaridan muttasil 
bahramand bo`lish (kitob mutolaasi, san`at asarlarini o`rganish, ahloqiy fazilatlardan ibrat olish
o`tmish madaniyati yodgorliklarini o`rganish v.b.) insonni komillikka etaklaydi. 
To`rtinchidan, madaniyatlilik – tarbiyalilik, ziyolilik, inson komilligining muhim belgisi va 
sharti bo`lib, u har bir odamni madaniyat boyliklaridan bahramand bo`lishga, ijtimoiy mas`uliyatga, 
hayotda o`z o`rnini topishga undaydi.
 
Mavzu bo`yicha takrorlash uchun savollar 
1. Madaniyatshunoslik fani nimani o`rganadi? 
2. Madaniyatshunoslik fanining asosiy yo`nalishlarini sanang. 
3. «Madaniyat» atamasi fanda qachon paydo bo`lgan? 
4. «Madaniyat» deganda qanday ma`no va hodisani tushunasiz? 
5. «Madaniyat» tushunchasining qanday asosiy talqinlari, tasniflarini bilasiz? 
6. Tabiat bilan madaniyat (ikkinchi tabiat)ning qanday farqli tomonlari mavjud? 
7. Inson va jamiyat hayotida madaniyatning tutgan o`rnini tushuntiring. 
8.Madaniyatning ahamiyati hususida buyuk mutafakkirlarning fikrlarini eslang. 
9. Hozirgi zamon madaniyatshunoslik fani bilan bog`liq bilimlarning ahamiyati nimada? 
Mavzuga oid asosiy tushunchalar izohi: 
Madaniyat – inson faoliyati asosida yaratilgan moddiy-ma`naviy boyliklar. U ijtimoiy 
hodisa sifatida har bir jamiyatda o`ziga xos bo`ladi. Uning rivojlanishi avlodlarni bir – biri bilan 
bog`laydi, taraqqiyotning vorisligi, uzluksizligini ta`minlaydi; 
Mentalitet – muayyan, jamiyat, millat, shaxsning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi, 
tahlil muhofazasi, aqliy salohiyati. U milliy an`anada, rasm - rusumlarda, urf – odatlarda, e`tiqodda 
gavdalanadi; 
Aksiologiya – qadriyatlar haqidagi ilm. U aksiologik ong, tuyg`u, aksiologik bilish va 
yondoshuvlarda ifodalanadi. Madaniyatga aksiologik yondoshuv uni qadriyatlar me`yori sifatida 
baholashga asos bo`ladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling