Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy madaniyatning ikkinchi ko`rinishi
- Moddiy madaniyatining uchinchi ko`rinishi
Birinchi ko`rinishi – mehnat qurollari, barcha ishlab chiqarish vositalari, turar joylar, aloqa,
texnika qurilmalaridir. Xullas, notabiiy yo`l bilan insoniyat qo`li vositasida yaratilgan buyumlarning barchasi, shuningdek, moddiy madaniyatning ko`rinishi va turlari jamiyat hayotining moddiy texnik asosi deb ataladi. Ishlab chiqarish texnologiyalari, mehnat mahsulotida ishtirok etuvchilarning ijodiy faoliyati, ularning bilim darajasi, ishlab chiqarish madaniyatiga qo`shgan hissasi, ularning jismoniy va ma`naviy imkoniyatlari ishlab chiqarish texnika madaniyatining alohida qismini tashkil etadi. Moddiy madaniyatning ikkinchi ko`rinishi - ijtimoiy hayot va uning barcha sohalarining me`yoriy harakatini ta`minlovchi ijtimoiy institutlar, tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bog`liq. Bu singari hokimiyat tuzilmalari va unga munosib boshqaruv shakllari, ijtimoiy tashkilotlar ta`lim, yosh avlodni tarbiyalash va ta`lim berish, sog`liqni saqlash va dam olish, bo`sh vaqt va ko`ngil ochish muassasalari tizimi kabi, amalda jamiyatning madaniyatiy taraqqiyotini saqlaydi, o`zgartiradi va qayta shakllantiradi. Moddiy madaniyatining uchinchi ko`rinishi (ishlab chikaruvchi va qayta ishlab chiqaruvchi) shaxs hisoblanadi. Moddiy madaniyatning bu ko`rinishi insonning tabiiy, ya`ni biologik hamda ijtimoiy mavjudlik masalalarini o`z ichiga oladi. Shu bilan birga, avlodlar o`rtasidagi o`zaro madaniy munosabatlar, bundagi muammolar ham shu sohaga taalluqlidir. Madaniyatning yuqoridagi uch ko`rinishi nisbiydir, madaniyatning barcha ko`rinishlari tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning yashash tarzi va faoliyatiga bog`liq ravishda o`zgarib boradi, bir davrdagi madaniy hodisa keyingisi uchun zamin bo`ladi. Madaniyat ko`rinishlari 1 Yozuv paydo bo`lgunga qadar zamonaviy tarixiy sodda murakkab ovchilik polizchilik sanoat tirikchilik o`tkazish chorvachilik dehqonchilik Inson ulg`ayib, voyaga etar ekan, turli xil ijtimoiy-demografik guruhlarga mansub bo`ladi. Odamning ma`lum yoshida va muayyan ijtimoiy mavqeida biron madaniyatga mansublik ustuvorlik, qiladi. Ayni paytda u jamiyatdagi, hatto undan tashqaridagi madaniyatning ham sezilarli ta`sirida bo`ladi. Buning natijasida inson ikki, ba`zan undan ham ko`proq madaniyat ta`siri ostida qoladi. Masalan, kechagi talaba bugun mutaxassis bo`lib, katta bir korxonaga injener bo`lib xizmatga o`tadi. Endi u sanoat yoki industrial jamiyat madaniyatiga moslashadi, ishlab chiqarishda yoki xizmat ko`rsatish sohasida faol ishtirok etadi, jamiyatdagi madaniy taraqqiyotda muhim rol` o`ynaydi. Boshqa bir odam xorijga o`qish yo ishga ketadi. Endi u boshqa xalqning muomala madaniyatiga, o`sha jamiiyatning qonun–qoidalariga rioya qiladi. Natijada madaniyat regional xususiyatga ega bo`la boradi. Endi ular yangi madaniy muhitda, boshqa qadriyat va me`yorlar qurshovida yashaydi. Inson turli madaniy olamga kirib borar ekan, uning ichki olami va tashqi hatti- harakatlarining mazmuni boyiydi. Ammo ko`p tomonlama, turli madaniy olamga mansublikning ma`lum noijobiy jixatlari ham bor, ya`ni, endigina ulg`ayib kelayotgan yosh avlod boshqa 1 Bu jadval A. I. Kravchenkoning “Kul`turologiya” kitobidan (61–bet) olindi. 21 jamiyatga aralashuvi jarayonida tasodifan nosog`lom muhitga tushib qolishi yoxud chetdan kelayotgan begona madaniyatning salbiy oqibatlari ta`siriga tushib qolishi ham mumkin. Yuqorida biz aytgan giyohvandlik, ichkilikbozlik, fohishabozlik ana shunday illatlardan bo`lib, ko`proq yot madaniyatning ta`sirida paydo bo`lishi mumkin. Bu albatta xalqning shakllanayotgan o`zligiga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Shuning uchun o`zga madaniyatning an`anaviy jihatlarining yoki undagi nosog`lom aqidalarining kirib kelishiga hushyor turish lozim bo`ladi. Madaniyaning doimo yangilanish jarayonini ta`minlab borish g`oyat muhimdir. Moddiy madaniyatning uchinchi ko`rinishi doirasiga inson hayot faoliyatining irsiy, jismoniy, tibbiy-biologik hususiyatlari haqidagi, jamiyatda yuzaga kelgan va tarixiy taraqqiyotning o`ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi madaniy an`analarga, sog`lom odatlarga mos muammolar kiradi. Jumladan, insonning turmush tarzi, ovqatlanishi haqidagi oddiy bilimlari majmui bo`lgan ekologiya masalalari bevosita shu ko`rinishga kiradi. Moddiy madaniyat tarixiy jarayondir. Har bir davrning moddiy madaniyati to`g`risidagi tushuncha boshqa bir davr uchun ahamiyatsiz bo`lib qolishi mumkin. Chunki sinfiy jamiyatga o`tganda, axloq va mafkura o`zgardi, yangicha diniy–falsafiy qarashlar paydo bo`ldi. Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida jiddiy olg`a bosish paydo bo`ldi. Bunga sharqda 1X asrda paydo bo`lgan muruvvat va futuvvatni misol qilib keltirish mumkin. Hashamatli hayotga nisbatan ixtiyoriy faqirlikni afzal bilish, boylikka ruju qo`ymamlikka da`vat va hokazo aqidalar moddiy boyliklarga qarashlarni o`zgartirdi, jamiyatdagi ma`lum qatlam ma`naviy jihatdan ustun bo`lib, hamma qatlamlarga ta`sirini o`tkaza bordi. Bu oqimlar zaminida yuzaga kelgan tasavvufning diniy–falsafiy oqim sifatida uzoq asrlar davomida ma`naviy sog`lomlikni qaror toptirishdagi xizmatini shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozim. Ammo tasavvufdagi ixtiyoriy faqirlik aqidasidan, moddiy madaniyat ishlab chiqarishga befarq degan xulosaga olib kelmaydi. Moddiy madaniyat ishlab chiqarish jarayonida ijodiy salohiyat, malaka va g`oya yangidan moddiylashadi, shaxs, jamiyat, xalq, davlat umuminsoniy mazmun kasb etadi. Moddiy madaniyat muayyan tarixiy davrda jamiyatda mavjud bo`lgan buyumlarni, moddiy ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalarini va natijalarini o`z ichiga oladi. Ma`naviy madaniyat rivoji insoniyat tarixining ilk davrida boshlangan. Odamlar ma`naviy madaniyatni belgilashga, uning shakllanish sabablarini aniqlashga, ma`naviy boylik ijodkori va yaratuvchilari qanday sifatlarga ega bo`lishlari kerakligiga va ma`naviy ijodkorlik jarayonini izohlashga uringanlar. Ilgari mavjud bo`lmagan madaniyat hodisasini vujudga keltirishga hizmat qiluvchi ijodiy kuchlar faoliyatida hayolot, fantaziyaga berilish muhim o`rin tutadi. Miflar ana shu ma`naviy madaniyatning ilk ko`rinishi bo`lib, insoniyat dunyoni qanday idrok etganini ana shu miflar ko`rsatadi. Insondagi qobiliyat qirralari tabiatan mavjud bo`lib, uning shakllanishi insonning paydo bo`lish davridan boshlanadi. Insonning jismoniy va ruhiy jihatlari takomillashib, intelektual va hissiy imkoniyatlari kuchayib borgan. Inson jismoniy, ongli va his qiluvchi mavjudot sifatida ilk davrdanoq o`ziga xos dunyosini yarata boshlagan. Ma`naviy madaniyatning turli shakllari mavjud bo`lib, ular bir qarashda mustaqil ko`rinadi. Biroq o`sha shakllarning barchasi bir butun ma`naviy jarayonning tarkibiy qismlaridir. Fan, din, falsafa, san`at, axlok, huquq, siyosat, mafkura, milliy o`zlik ma`naviy madaniyatning muayyan shakllari hisoblanadi. Ma`naviyatiing har bir shakli, tarkibiy qismi o`ziga xos tuzilishga va ma`lum bir vazifalarga ega. Ma`naviy madaniyatning ayrim shakllari ma`lum doirada, boshqalari esa barcha sohalarda amal qiladi. Masalan, axloqning shakllanishi va paydo bo`lishida butun jamiyat xizmat qilgan bo`lsa, san`atni noyob qobiliyat egalari yaratadi; kundalik bilim hammaga ozmi - ko`pmi xos bo`lsa, faqat buyuk mutafakkirlargina ilm tufayli daholar darajasiga ko`tarila oladilar. Madaniyatning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, unda hech bir ortiqcha, shunchaki narsa yo`q, barcha madaniy hodisalar kim va nima uchundir zarur. U paydo bo`lib, saqlanib qolib, avloddan–avlodga o`tib kelar ekan, bunda insoniyatning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyatning asosiy vazifalari quyidagilardir: Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling