Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7) Ruhan mo``tadil muhit yaratish vazifasi
6) Me`yoriy vazifa – insonlarning axloq mezonlarini yo`lga qo`yish, jamiyatda sog`lom
muhit yaratish maqsadida axloqning mohiyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Me`yor qandaydir xatti–harakatni yoki qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish sohasida ishlab chiqilgan va jamiyat tomonidan ma`qullangan aniq qoidadir. Me`yor ma`lum maqsadda joriy qilingan ko`p asrlik an`analarga tayanadi va an`analarni ma`qullab, jamiyatga olib kirishga yo`l beradi yoki majburiy ravishda ko`p asrlik an`analarni taqiqlaydi. Me`yorning mazmuni jamiyatda nosog`lom muhit paydo bo`lmasligi uchun odamlar faoliyatini, xulq–atvorini tartibga solish, aniq chegaralar orqali belgilashdan iborat.. 7) Ruhan mo``tadil muhit yaratish vazifasi – an`anaviy bayramlar, diniy marosimlar, o`yinlar, tomosha jarayonida ruhiy zo`riqishni bartaraf qilishdan iborat. Qoniqmagan istak, ro`yobga chiqmaydigan niyat, amalda taqiqlanuvchi mojarolar ruhiy zo`riqishlar paydo bo`lishiga olib keladi. Bu nafaqat ma`lum bir shaxs salomatligiga zarar etkazadi, balki ommaviy ravishda tarqalib ketib, jamiyatdagi sog`lom muhitni izdan chiqarishi mumkin. Xullas, insonlar yaratgan moddiy, ma`naviy qadriyatlar va boyliklar – ularning kobiliyati, munosabatlari va mohiyatini namoyon qilishdan iborat. Inson bu moddiy va ma`naviy qadriyatlarga o`z munosabatini bildirar ekan, ayni vaqtda insonning o`zi ham mukammallashib, o`zgarib turadigan moxiyat sifatida namoyon bo`ladi. Demak, madaniy hodisa buyumlar shaklida, inson faoliyatining tayyor mahsulotlari shaklida va insonning qobiliyati hamda bilimlari shaklida amal qiladi. Insonlar hayotiy tajriba jarayonida zarur moddiy shart-sharoit va yashash vositalarini yaratish bilangina kifoyalanib qolmay, ayni chog`da ongini ham takomillashtirib boradi. Ular ijtimoiy ong shakllarini (dunyoqarash, axloq, huquq, estetik tafakkur) vujudga keltiradilar yoki ma`naviy yaratish faoliyatni amalga oshiradilar. Bularning majmui ma`naviy madaniyatni tashkil etadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling