Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

IKKINCHI BOB 
JAHON MADANIYaTI 
 
5 – MAVZU 
JAHON MADANIYATI BOSQICHLARI 
 
Madaniyat hamma davrda insoniyat jamiyatining moddiy va ma`naviy taraqqiyoti darajasini, 
insoniyat yaratgan bilimlarni, ishonch–e`tiqodlarni, san`atni, axloqni, qonunlar va odatlarni, 
shuningdek, inson o`zlashtirgan layoqat va ko`nikmalarning yig`indisini ifodalagan. “Madaniy 
jarayon” tushunchasi tarixiy kategoriyaga mansub bo`lib, ma`lum bir xalq yoki hudud bilan 
chegaralanmagan. Shuning uchun mazkur jarayon hamma davrlarga va xalqlarga tegishlidir. 
Madaniy taraqqiyotning ma`lum bir davrda paydo bo`lgan o`ziga xos xususiyati va noyob, 
takrorlanmas jihatlari ham borki, bu xususiyatlar ma`lum hududda madaniy bosqichlarni yuzaga 
keltiradi. Masalan. ibtidoiy madaniyat, antik madaniyat, uyg`onish davri madaniyati, islom 
madaniyati va boshqalar. Madaniy bosqichlar ma`lum darajada regional – mintaqaviy xususiyatni 
o`z ichiga qamrab oladi.
Ammo madaniyat universalligi tushunchasi butun insoniyatga mansub bo`lgan madaniy 
merosni ifodalab, madaniyatning regional xususiyatiga zid kelmaydi, aksincha, uni to`ldiradi. 
Umuman, madaniyatning universalligi, geografik o`rnidan qat`iy nazar, hamma madaniyatga 
mansub qadriyatlar, qoida, an`ana va o`ziga xos xususiyatlar, mezon, jamiyatning tarixiy davri va 
ijtimoiy qurilishidir. 1959 yili Jorj Merdok jamiki madaniyatga mansub 70 dan ortiq universal 
madaniy kategoriyalarni aniqladi
1
. Bular - sport, kalendar`, tozalikka rioya qilish, folbinlik
dekorativ san`at, tushni ta`birlash, mehnat taqsimoti, ta`lim, g`aroyib ravishda shifolashga ishonch, 
oila, bayramlar, dafn rasm – rusumlari, o`yinlar, tabriklar, til, qonun, merosxo`rlik huquqi, hazil–
mutoyiba, tibbiyot, motam, musiqa, mifologiya, raqam, homiladorlarga munosabat, xususiy mulkka 
egalik huquqi, diniy rasm–rusumlar, bolani ko`krakdan ajratish, ob–havoni kuzatish va b. 
kategoriyalardir. Biz ham madaniyatning mazkur tarkibiy qismlarini qo`llab-quvvatlagan holda, 
ko`proq moddiy madaniyat va ma`naviy madaniyatga, jumladan, amaliy va tasviriy san`at 
asarlariga, ilm-fanga, diniy ta`limotlarga, etnografiyaga, mifologiya, yozuv va boshqa ba`zi 
jihatlariga e`tibor qaratamiz.
Madaniyatning universalligi shuning uchun paydo bo`ladiki, hamma odamlar, dunyoning qaysi 
qit`asida yashamasin, jismoniy jihatdan bir xil tuzilgan, hammasida ham bir xil biologik ehtiyoj bor, bir 
xil muammolarga duch keladilar. Odamlar tug`iladilar, yashaydilar, vafot etadilar, shuning uchun 
hamma xalqlarda tug`ilish va vafot etish bilan bog`liq odatlar, udumlar bor va h. Madaniyat 
universalligining paydo bo`lishi to`g`risida so`z ketganda, albatta, gap madaniyatning ibtidoiy 
ko`rinishlariga borib taqaladi.
* * * 
Bugungi O`zbekiston hududida eng qadimgi davrlardan boshlab insoniyat istiqomat qilgan. 
O`lkaning tabiiy sharoiti insoniyat istiqomat qilishi uchun shart – sharoit yaratgan. Arxeologlar bu 
borada bizga yordam beradi. Bugungi O`zbekiston hududi Markaziy Osiyodagi eng qadimiy 
insoniyat maskanlaridan biri ekanini arxeologiya fani isbotlamoqda.
Dunyo arxeologiya fani turli davrlarda insoniyatning yashash tarzi, yashash omillari asosida 
madaniy bosqichlarni ishlab chiqqan. Dunyoning turli joylaridagi madaniy bosqichlar turlicha. 
Jumladan, Afrikadagi Must`er madaniy bosqichi eng qadimgi deb e`tirof etilgan. Markaziy 
Osiyodagi eng qadimiy madaniyat bosqichlaridan biri Selengur madaniyati deb nom olgan. Bu 
madaniy bosqich Markaziy Osiyodagi eng qadimiy insonning hayot tarzini ko`rsatadi. Selengur 
madaniyati deb nom olgan ob`ekt Farg`ona vodiysining So`x tumanida. Mazkur madaniy ob`ekt 
insoniyat hayotiga oid ko`plab ma`lumotlarni yig`ishga va o`zgartirishga yordam berdi. O`lkamizda 
insoniyat hayoti bir million yil narida ekani isbotlandi. Qolaversa, Markaziy Osiyo madaniyatiga 
oid mavjud an`anaviy tasavvurlarni o`zgartirishga ham Selengur madaniyati turtki berdi. 
Tosh davriga oid mazkur obida O`zbekiston hududida tasodif emas edi. Bu topilma 
Markaziy Osiyo madaniyati tarixida keyingi davrlarda ham davom etdi va keng yoyildi. Selengur 
1
Қаранг: А. И. Кравченко. Культурология. Учебник. — М.: “Проспект”, 2005, 21–бет 


37 
madaniyatiga oid ashyolar orasida qushning tumshug`iga o`xshash bolta, uy – ro`zg`or buyumlari 
shulardan namuna bo`lib, keyinchalik Markaziy Osiyoda keng yoyilgan, mustahkam o`rnashgan 
hayvonot uslubining ilk namunasi edi. 
Mazkur madaniy bosqichga oid namunalar O`zbekistonning qadimiy tuprog`idan ko`plab 
topildi. Quyidagi dalilga murojaat etaylik. 
1932 yili akademik A.P.Okladnikov boshchiligidagi Termiz ekspeditsiyasi Boysun tog`idagi 
Teshiktosh g`oridan Must`er madaniyatiga
2
oid ashyolarni topdilar. Topilmalar orasida odamning 
boshi, tana a`zolari, suyaklari diqqatga sazovor edi. Suyaklar joy – joyiga qo`yib tiklandi. Natijada 
9 – 10 yoshli bolaning skeleti hosil bo`ldi. Bu skelet evropa, Osiyo va Afrikadagi Must`er davriga 
oid neandertal odam toifasiga mansubligi ma`lum bo`ldi.
Ilk insonning yurtimizda yashagani to`g`risidagi ma`lumotlar albatta katta yangilik edi. 
Yana bir diqqatga sazovor tomoni shu bo`ldiki, qabr ustiga tog` echkisining shoxlari qo`yilgan 
ekan. Echki shoxlar qabrga bezak uchun qo`yilgan emas, balki o`sha davrga oid odamning 
dunyoqarashi, fikrlashi tarzini ko`rsatardi. Totemistik fikrlash ayni shu davrdan boshlanganini 
mazkur yodgorlik dalillaydi. Chunki insoniyat paydo bo`lgandan boshlab atrof – muhitga, tabiiy 
hodisalarga o`z munosabatini bildirgan. Bu jarayonni ibtidoiy fikrlash tarzi bilan bog`lash lozim: 
inson tabiat bilan o`zi o`rtasiga chegara qo`ymagan davrning mahsuli sifatida yuzaga kelgan.
O`zbekiston tuprog`idan topilgan mazkur ikki qadimiy obida yurtimizda insoniyat hayoti, 
ularning yashash tarzi to`g`risida to`laqonli tasavvur hosil qiladi. Dunyoning hamma qit`asida ham 
bir xildagi madaniy yodgorlik uchrayvermaydi. 
Must`er madaniyatiga oid mazkur bosqich Selengur madaniyatidan bir oz keyinroq - tosh 
davrining 800 - 700 ming yilliklariga oiddir. 
Must`er madaniyati kengroq tarqalgan bo`lib, dunyoning boshqa joylarida ham uchraydi. 
Jumladan, 1952 yili Qrimda Bog`chasaroy yonida 1,5 - 2 yoshli bolaning bosh suyagi topildi. Mana 
shu topilmadan boshlab Must`er madaniyati degan termin madaniy tushuncha sifatida kirib keldi. 
O`rta Osiyo mintaqasi hamma davrda ham madaniy obidalarga boyligi jihatidan dunyo 
madaniyati tarixida alohida ajralib turadi. Madaniy qatlamlardagi uzluksizlik O`rta Osiyo 
madaniyatida yangi, takrorlanmas obidalarni yaratishga sabab bo`ldi. Insoniyatning badiiy tafakkuri 
cheksiz imkoniyatlarga egaligini ham aynan O`rta Osiyodan topilgan madaniy obidalarda ko`ramiz. 
Teshiktoshdagi echki shoxi badiiy tafakkurning ilk namunasidir. Keyinchalik insoniyat tosh va 
qoyalarga suratlar o`yish orqali o`z qobiliyatini namoyon qildi. Bu suratlar orqali ibtidoiy inson 
kundalik voqealarni ifodalab qolmagan, balki olamni keng qamrovli, mifologiya orqali anglashni 
namoyon qilgan. Tosh va qoyalarga o`yilgan suratlarda turli jonzotlar, qushlar, afsonaviy maxluqlar 
asosiy o`rin egallaydi.
O`zbekistonning janubida - Ko`hitang tog`larida hozirda ham inson oyog`i kam etib borgan 
joylar mavjud. Mana shunday joylardan biri tog`dagi Zario`tsoy bo`yidagi g`orlardir. Soyning 
qirg`oqlarida joylashgan g`orlarda insonlarning suratlari ham bor. Bu suratlarning qachon 
yaratilgani ma`lum emas. Ammo insoniyatning ilk madaniy bosqichlarida yaratilgan deb xulosa 
chiqarish mumkin. Afsonaviy maxluqlar, boshqa ba`zi tasvirlar shundan dalolat beradi. (rasm) 
Zario`tsoy - Oltin o`t darasi deganidir. Soyning o`rta qismida katta “ayvon“ bo`lib, bu joy 
Zario`t kamar deb aytiladi. Bu qismda diqqatga sazovor suratlar bor. Ayniqsa, qushlar va 
hayvonlarning tasviriga ko`proq e`tibor qaratilgan. Hamma xalqlarning ilk madaniy bosqichida 
qushlar va hayvonlar tasviri asosiy o`rin egallaydi. Sharqdagi aksariyat ibtidoiy madaniyatda shu 
jarayonni ko`rish mumkin. San`atning bu turi hayvonot uslubi deb nomlanadi. Miloddan oldingi 
birinchi ming yilliklarga oid asarlarga nisbatan esa skif - hayvonot uslubi degan nom ham 
qo`llanadi. San`atning bu turi dunyoning ko`p hududlarida qadimiy san`at turi - amaliy va tasviriy 
san`atga nisbatan qo`llanadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling