Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

To`rtinchidan – Milliy madaniyatning muhim timsoli – tarixiy moddiy madaniyat 
obidalarini asrash, tiklash, ta`mirlash va ular andozasida zamonaviy yodgorlik majmualarini 
yaratishga yo`naltirilgan me`morchilik falsafasidir.
Bu sohadagi xayrli rejalar asosan ikki yo`nalishda amalga oshirildi. Birinchisi, o`tmishdan
qolgan, asrlar silsilasining zug`umli sinovlariga bardosh berib bizgacha etib kelgan obidalarni
tiklash va ta`mirlab asl holiga keltirish, ikkinchisi, ulug` vatandoshlarimiz udumlarini davom ettirib 
– yangi inshootlarni bunyod etish.
Oddiy haqiqat shundaki, Markaziy Osiyo mintaqasida saqlangan tarixiy obida, yodgorliklar 
asosan O`zbekiston xududida joylashgan. Bu ajdodlarimiz qadim-qadimdan nafaqat dehqonchilik 
madaniyati, sug`orish tizimining mukammal namunalarinigina yaratib qolmasdan, qasr, qal`alar, 
ulug`lar yodi uchun Ahmad Yassaviy, Go`ri Amir, Pahlavon Maxmud, Ismoil Samoniy majmualari, 
Ulug`bek, Sherdor, Kaffol Shoshiy madrasalarini, rasadxonalarini bunyod etganlar. I.Karimov 
tavsiyasi, ko`rsatmasi asosida shaharlarimizning zamonaviy talablar asosida qayta qurilishi, - 
bobolar merosi me`morchilik andozasi asosida Navoiy, Amur Temur, Bobur, Manguberdi 
yodgorliklarini o`rnatilishi Imom Buxoriy, Naqshbandiy, Marg`iloniy, Farg`oniy majmualari, 
Milliy bog` va hiyobonlarning tashkil etilishi, Mustaqillik maydoni, Motamsaro ona, Shaxidlar 
xotira yodgorligi, Milliy teatr, Milliy konservatoriya binolari, yuzlab stadion va ma`muriy binolar - 
milliy madaniyat timsollari barpo etildi. Bu prezidentimizning milliy madaniyatni rivojlantirish 
to`g`risidagi xulosasining amaliy ifodasi, milliy ruhiyatni shakllantirish, milliy g`ururni 
takomillashtirishning muhim vositasidir. 
Beshinchidan, milliy o`zlikni anglash, uyg`onishning asl tomiri hisoblangan o`zbek tilining 
maqomati xususida qayg`urish, til mustaqilligi – millatning dil, ruhiyat mustaqilligi to`g`risidagi 
mulohazalari I.Karimov kontseptsiyasining muhim bandini tashkil etadi. Besh asr muqaddam
buyuk Navoiy o`z ijodi, ijtimoiy faoliyati bilan nufuzi jihatdan dunyo miqyosiga ko`targan o`zbek 
tilini Davlat tiliga aylantirish tarixiy haqiqatni qaror toptirish lozim edi. 1989 yilning 21 oktyabrida
Oliy Kengash qarori bilan o`zbek tiliga - davlat tili maqomi berildi. Bu Prezidentimizning 
Mustaqillik yo`lidagi shijoati, iroda butunligi edi. Keyinroq yangi alifboga o`tildi.
O`zbek tiliga – davlat tili maqomi berilgunga qadar korxona, muassasa va tashkilotlarda 
faoliyat yuritish, xujjat ishlari majlis, yig`inlar, ularning qarorlari, arizalarni ko`rib chiqish, ilmiy 
tadqiqot ishlari deyarli rus tilida olib borilganligi bugun g`ayri oddiy ko`rinadi. Ammo haqiqiy 
holat shunday edi. Endilikda, ahvol tubdan o`zgardi. Millat ma`rifati yo`lida yangi nashriyotlar 
tashkil etildi. Darslik, qo`llanma va kitoblar asosan ona tilimizda chop etilmoqda. 50 mingga yaqin 
maqolani o`z ichiga olgan “O`zbekiston Milliy entsiklopediyasi”, “Islom entsiklopediyasi”, 
5
Баркмол авлод орзуси, Т.: 1999 й, 54, 91-б. 


31 
“Qur`on”, “Hidoya”, “Hadis”, (To`rt jildli), “O`zbek ismlari izohli lug`ati” va boshqa lug`at va 
so`zlashgichlar o`zbek tilida nashr etildi. Milliy mentalitetning o`sishida “Tafakkur”, “Muloqat”, 
“Jahon adabiyoti”, “Jannat makon” jurnallarining tashkil etilishi muhim voqea bo`ldi. Barcha 
nashrlar OAVning ko`lami va sifat miqyosi tilimiz o`zligiga qaytganligi, u millat g`ururi, timsoliga 
aylanganligining dalolatidir. Bu degan so`z taraqqiyotning hozirgi bosqichida o`zbek tili – milliy 
madaniyat rivojlanishining haqiqiy vositasi bo`lib qolganligining kafolatidir. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling