Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkul`turatsiya.
Ma`naviy madaniyat — aql-zakovatning shunchaki mahsuloti bo`lmay, balki insonlar
o`rtasidagi ijodiy faoliyatga turtki beradigan munosabatni ham bildiradi. Shuningdek, ma`naviy madaniyat ta`lim va fan sohasiga oid ilmiy faoliyatni, axloqiy va estetik madaniyatni o`z ichiga oladi. Natijada ma`naviy madaniyat insonning layoqati va faoliyatining buyumlarda moddiylashgan shaklida, insoniyat tomonidan yaratilgan ma`naviy qadriyatlar (ilm, san`at, huquq, axloq qoidalari) shaklida mavjud bo`ladi. Madaniyatning quyidagi vazifalari bevosita shaxs faoliyati bilan bog`liq: Inkul`turatsiya. Inson, avvalo, o`z millatining, keyin esa umuminsoniy madaniy merosni o`zlashtiradi, ya`ni inson madaniy qoida va mezonlarga moslashadi. — Individualizatsiya. Madaniyat ma`lum shaxslar qobiliyatini, iqtidorini, xususiyatini 23 jiddiy mukammallashtirishga mo`ljallangan. Shaxs madaniyati qolgan barcha madaniy doirada - (jamiyatda, insoniyat orasida) eng asosiy omil bo`lib, aniq shaxsning barkamollik darajasi, jamiyat bilan yoki butun insoniyat madaniyati bilan bog`liq bo`lishini bildiradi. Har qanday ma`naviy madaniyat jamiyatning tarkibiy qismi bo`lib, u insonning yashashi, faoliyatini, umuman, jamiyatdagi o`rnini belgilashga yordam beradi. Ma`naviy madaniyat mahsuli bo`lgan madaniy qadriyatlar inson uchun shaxsiy moxiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqalar bilan, butun jamiyat bilan munosabat o`rnatadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo`ladigan axloq mezonlari yaratilishida insonga yordam beradi. Shaxs bilan jamiyatning o`zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo`lgan, shunga qaramay, shaxs madaniyati jamiyat madaniyatini belgilaydi, ayni paytda shaxs madaniyati muayyan bir jamiyatning madaniy muhitida shakllanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatini kamol toptirishda qadriyatlarini me`yorlashtiradi va shaxsning ma`naviy extiyojlarini ta`minlaydi. Inson ayni paytda ham tarixiy taraqqiyotning maxsuli, ham uning sub`ektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy mavjudotga aylantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Inson ishlab chiqaruvchi kuch sifatida faqat buyumlar yaratib qolmay, balki o`zini, o`z shaxsiyatini ham shakllantiradi. Bu jarayonda inson o`zini takror ijod qiladi, shu jihatdan u ijtimoiy mavjudotdir. Shaxsni jamiyatdan, ijtimoiy munosabatlardan ajratib bo`lmaganidek, jamiyat taraqqiyoti ham insonning amaliy faoliyati bilan uzviy bog`liqdir. Jamiyat bilan shaxs o`rtasidagi munosabat bir-biriga bog`liq, bir-birini taqozo qiladigan munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlar ta`sirida shaxs turmushining turli jihatlari paydo bo`ladi. Har bir shaxsda u mansub bo`lgan jamoaga, millatga, elatga, jamiyatga xos umumiy xususiyatlar va belgilar shakllanadi. Inson o`zi yashab turgan jamiyatning qonun-qoidalari, tartiblari, axloqiy, huquqiy mezonlariga amal qilmasligi yoxud jamiyatning muammolariga, qiyinchiliklariga befarq qarashi aslo mumkin emas. Har bir mamlakatning Konstitutsiyasida belgilab qo`yilgan qonunlarga amal qilish, boshqa fuqarolarning qadr-qimmatini hurmat qilish, jamiyat manfaatlariga zid va nojo`ya harakatlarga murosasiz bo`lish, Vatanni himoya qilish kabi qator majburiyatlar shaxsning burchi va ma`suliyatidir. Shaxsning komillikka erishuvini ta`minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatini rivojlantirish, odamlarning siyosiy ongini oshirish, ahloqiy va nafosat tuyg`usini shakllantirish madaniyatning tarkibiy qismlaridir. Shaxs madaniyatining shakllanishida jamiyat madaniyatining quyidagi tizimlari axamiyatlidir: Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling