Ma`deniyat taniw uzb


Madaniy merosning mexanizmi quyidagi xususiyatlarga ega


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Madaniy merosning mexanizmi quyidagi xususiyatlarga ega: 
1. Ma`naviy merosning uzviyligi. Ajdodlar yaratgan jami boylikka yangi avlod merosxo`r 
bo`ladi, tarixiy ahamiyatini yo`qotgan madaniyat o`rnida yana madaniyat vujudga keladi
avvalgilardan ko`p narsalar o`zlashtiriladi. O`tmish tajribasi bugun va kelajak uchun har doim 
asqotishi mumkin, shuningdek, bugun unutilgan narsalar butunlay yo`qolib ketmaydi. Masalan, 
V.Shekspir yuz yilcha unutilib, keyingi avlodlar uchun jahon adabiyoti va dramaturgiyasining 
klassigi sifatida tanildi. 
2. O`tmishdan kelajakka o`tish jarayonida merosning mazmunan o`zgarishi. 
Madaniy merosning o`tish davrida xususiyati o`zgarishi mumkin, ya`ni meros mavjud nuqtai nazar 
va bilimlar talabiga mos keluvchi yangi talqinda mazmun kasb etadi. Mana shunday ko`rinishda u 
kelajakka meros bo`lib o`tadi. Bizning kunimizgacha Suqrot va Demokrit asarlarining asl nusxasi 
saqlanib qolmagan, biroq har bir avlod ularning g`oyasini o`zi uchun yangitdan kashf qildi va 
ularning falsafasini talqin qiluvchi minglab kitoblar yaratildi. 


28 
4 – MAVZU 
MILLIY MADANIYATLAR RIVOJLANISHINING NAZARIY MASALALARI 
 
Tsivilizatsiyaning hozirgi bosqichida jahon madaniyatining asosiy shakli-milliy 
madaniyatlardir. Dunyoda uch mingga yaqin millat bo`lib, ular dunyo aholisining 96 % ni tashkil 
etadi. Ularni har biri o`z madaniyatiga ega, o`z madaniyati belgilari bilan boshqasidan ajralib 
turadi. Turli mintaqalarda amal qilayotgan milliy madaniyatlar millat sonining ko`p yoki ozligidan
qat`iy nazar o`ziga xos rivojlanish yo`lidan bormoqda. Bu o`ziga xoslik ularning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasi, xo`jalik tarmoqlarining xilma-xilligi, tabiiy-iqlimiy sharoit, geografik va 
mintaqaviy joylashish, ma`naviy-ahloqiy meros tomirlari kabi omillarga bog`liq. Eng muhimi har 
bir millat va uning madaniyati rivoji emin-erkin, tabiiy-tarixiy qonuniyatlar asosida kechmog`i 
lozim. Bu ob`ektiv jarayonga sub`ektiv tarzda zo`rovonlik manfaati bilan yondashmaslik zarur. 
Tarix guvohki, bunday siyosat hech qachon ijobiy natijalarga olib kelmagan. Buni uzoq bo`lmagan 
isboti - sobiq ittifoq hududidagi millatlarga «har kim o`z taqdirini o`zi belgilashi” siyosati asosida 
milliy madaniyatlarni “yagona sovet madaniyatiga aylantirish g`oyasidir. Chukchalar, evenklar, 
nenetslar, xanti-mansi singari oz sonli millatlar bu andoza oqibatida o`z tili, alifbosi, hatto ismi-
shariflaridan ajraladilar (Bosqin, mustamlakachilik davrida barcha mintaqalarda ahvol shunday 
kechdi.) Millat yashamog`i uchun, uning milliyati, ruhiy olami dahlsiz bo`lmog`i lozim. 
Ma`naviyati poymol bo`lgan, ma`naviyati kishanlangan millatning istiqboli nursizdir. Binobarin, 
barcha zamonlarda Yurt, Vatan, Millat mustaqilligi uning madaniyati ravnaqining asosiy sharti 
bo`lgan.
Oliy Kengashning XVI sessiyasida I.Karimov mustabidlik davrini deputatlarga eslatib, 
“O`ylab ko`ringlar...o`shanda bizlar kim edik? O`sha yillar umuman qanday davr edi? Taqdirimiz, 
erkimiz kimlarning qo`lida edi? Ka`ba deb qaerga sig`inar edik? Har tong “Assalom!”... degan 
madhiya ohanglari ostida kimlarga qulliq qilib uyg`onardik? Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi?... 
Milliy g`ururimiz, insonlik sha`nimiz, urf-odatlarimiz qanday tushunchalarga almashtirilgan 
edi? 
“O`zimiz-o`zligimizni bilarmidik?”, kuni kecha emasmidi boshimizni ko`tarmasdan 
yashaganimiz
1
? degan edilar. Bu ehtirosli, shijoatli so`rovlarda yurtboshining istiqlol haqidagi
ummon tuyg`ulari, ezgulari mujassam. 
Yurtimizda Mustaqillik, Milliy uyg`onish, Milliy islohotlarning bosh me`mori bo`lgan 
I.Karimov milliy madaniyat istiqboli, rivojlanishi kontseptsiyasining bosh muallifi hamdir.
Zero, jamiyatning rivoji – jamiyatning yangilanishi, madaniyatning yangilanishi demak. 
Ijtimoiy islohotlarda jamiyatning yangilanishi madaniy hayotidan ayro kechmaydi. Aslida 
jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy hayotida ro`y bergan o`zgarishlar – moddiy madaniyat tizimidagi 
o`zgarishlarni, boshqarish tizimi siyosiy-huquqiy isloxatlar odamlar tafakkuri, tasavvuridagi 
o`zgarishlar – ma`naviy madaniyat, uning elementlaridagi o`zgarishlarni anglatadi. 
I.Karimovning barcha nutqlari va ma`ruzalari, xususan, “O`zbekistonning o`z istiqbol va 
taraqqiyot yo`li”, “O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat”, “Yangi uy qurmay turib eskisini 
buzmang”, “Istiqlol va ma`naviyat”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard 
maqsadimiz”. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida” 
asarlarida – O`zbekistonni jahon andozasidagi bozor munosabatlariga o`tish sharoitida - iqtisodiy 
rivojlanish bosqichlari, xo`jalik yuritishning yangi sharoitidagi tuzilmasi tamoyillari, 
mustaqillikning siyosiy-huquqiy takomillashishi mehanizmlarini ko`rsatibgina qolmasdan, 
yangilanishning eng murakkab jarayoni - jamiyatning ma`naviy tiklanishi milliy madaniyat
taraqqiyotining negizlari, bosqichlari, vazifalarini ham belgilab berdi. Avvalo ma`naviy merosga
munosabat. 
Ma`naviy meros – ming yillar mobaynida ajdodlar tomonidan ajratilgan iqtisodiyotni yo`lga 
qo`yish, jamiyatni oqilona boshqarish, komil inson tarbiyasini amalaga oshirish, oila haqida 
g`amxo`rlik, mehr-sahovat, imon-insof, hayo-andisha, ota-onalarga ehtirom, halollik va 
mehnatsevarlik xususidagi rivoyat, hikmat, o`git-nasihat, yozishma va qo`lyozmalardir. Har qanday 
yangilanish, yaratish – merosga murojaatdir. Uni o`rganish uni tiklashdan boshlanadi. Yurtboshimiz 
1
И.Каримов, Истиқлол ва маънавият, Т., 1994, 17-18-бетлар 


29 
Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan shunday degan edi: «Biz boshqalarni 
kamsitish niyatidan yiroqmiz. Ammo, bugun ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bo`lib yashagan 
zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu-fan barq urib yashnagani, tabiiy ilmlar, xususan, 
tibbiyot, matematika, astranomiya kabi fanlar madrasalarda o`qitilgani, ilmiy akademiyalar tashkil 
etilib mag`ribu-mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan har qancha g`ururlansak arziydi”
2

Darhaqiqat, jahon ilmu-fanining benazir siymolari ulug` bobokalonlarimiz bo`lgan, al Jabr va al 
Farobiy ilmiga birinchi bo`lib asos solgan Muso al-Xorazmiy, tibbiyot ilmining dahosi Abu Ali ibn 
Sino, er shar shaklida ekanligini aniqlagan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, buyuk matematik 
va astronom al - Farg`oniy, buyuk turk qavmining piri hisoblangan Xoja Ahmad Yassaviy, samo 
tilsimini ochgan Mirzo Ulug`bek, Sharq Rafaeli deb nom olgan buyuk musavvir Kamoliddin 
Behzod, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy, muqaddas ilmining tengi yo`q namoyondalari 
imom Ismoil Buxoriy, At-Termiziy, fikh ilmining sardori al-Marg`iloniy va boshqa ko`plab ulug` 
zotlar shu qutlug` zaminda tavallud topib, kamolotga erishdilar, umumbashariy madaniyat rivojiga 
o`zlarining betakror, bebaho ulushlarini qo`shganlar. 
Gap bu merosni tiklash, o`rganish-mustaqillik yo`lida undan foydalanish, amaliyotga tadbiq 
etishdan iboratdir.
“Bozor iqtisodiyotiga o`tar ekanmiz, degan edi I.Karimov, milliy-tarixiy turmush 
tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an`analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz”
3

Bu degan so`z, mavjud voqelik, qaror topayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy muhitni sinchkovlik 
bilan kuzatish, o`rganish asosida milliy madaniyatning tomirlari, merosni tiklashga e`tiborni 
qaratish demak. Bu degan so`z, o`tmishda xarobaga aylantirilgan, xaqoratlangan me`moriy 
obidalarning har bir muqaddas g`ishtidan tortib, bobolarimizning mislsiz ilmiy, badiiy merosini 
o`rganish, xayotga qaytarish, demak. Shunday qilindi ham. Ulug` ajdodlarimizning hoki yotgan 
manzillar obod qilindi. Ularning ruhi-poki uchun yodgorlik majmualari barpo etildi, Islomiy 
qadriyatlar tiklandi - Ro`za, Qurbon hayiti, Navro`z elga qaytarildi, Qur`oni karim, Xadisi sharif va 
allomalarimizning merosi nashr etila boshladi. Bu ma`naviy tiklanish, milliy uyg`onishning 
boshlanishi edi. Mustaqillik tufayli madaniy merosni va tarixiy haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar 
va an`analarni rivojlantirish, islom dinini yuksak madaniyat, tarbiya vositasiga aylantirish muhim 
vazifaga aylandi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling