Ma`deniyat taniw uzb


O`rta Osiyo va jahon madaniyati bosqichlari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

O`rta Osiyo va jahon madaniyati bosqichlari. O`rta Osiyo hududidagi madaniy jarayon 
dunyo madaniyatidan ajralmagan holda shakllandi. Yuqorida Selengur madaniyati va Mus`tir 
madaniyatining O`zbekiston hududida amal qilgani to`g`risida qisqacha aytib o`tdik. O`zbekiston 
hududida keng tarqalgan va uzoq yashagan madaniy bosqichlardan biri Kaltaminor madaniyatidir. 
Kaltaminor madaniyatida madaniy obidalarning o`ziga xosligi aniqroq kuzatiladi. Miloddan 
oldingi IV - II ming yilliklarga oid Xorazmdan topilgan madaniy yodgorliklar Kaltaminor 
madaniyati deb yuritiladi. (Bu nom arxeologik yodgorlik topilgan joydagi kanalning nomidan 
olingan.) Insonlar istiqomat qilgan joy Jonbos qal`a deb nom oldi. Jonbos qal`ada yashagan 
odamlarning hayot tarzi Kaltaminor madaniyati to`g`risida qisman tasavvur beradi. Jonbos 
qal`adagi hayot to`g`risida mashhur arxeolog olimlar S.P.Tolstov, Ya.Gulomov, I.Jabborov va 
boshqalar ko`p dalillar keltirganlar. 
Jonbos qal`aning hajmiga asoslanib, bu qal`ada 100 – 120 kishidan iborat bir qabila 
istiqomat qilgan, deb taxmin qilish mumkin. Qal`aning o`rtasida olov yonib turadigan o`choq 
bo`lgan. Chamasi, o`choqdagi olov hech qachon o`chmagan, bu olov muqaddas hisoblangan. Olov 
yonida qabila boshlig`i o`tirgan. Muqaddas olov o`troq hayot turmush sharoitini belgilovchi omil 
bo`lgan. Har bir oilaning ovqat pishiradigan o`chog`i bo`lgan. Oila qurmagan yigitlar uchun ham 
alohida joy bo`lib, qishda sovuqdan, yozda issiqdan panoh topganlar. Qal`ada suyak va toshdan 
ishlangan qurollar, marjonlar, boshqa taqinchoqlar, idish – tovoqlar ham topilgan. Bu erdagi 
insonlarning yashash tarzi, dehqonchilik va ovchilik madaniyati to`g`risida mazkur yodgorliklar 
ma`lumot beradi. 
Jonbos qal`adagi odamlar turli marosimlarni ijro etganlar. Bu marosimlarni ijro etadigan 
maxsus “o`yin maydonlari“ bo`lgan. Bu joy olovdan uzoqroqda bo`lib, marosim o`yinlar orqali ijro 
etilgan. Jonbos qal`adan topilgan ashyolarning dilillashicha, bu erda istiqomat qilgan odamlarning 
asosiy mashg`ulotlaridan biri baliqchilik ham bo`lgan edi. 
Kaltaminor madaniyati boshqa hududlardagi madaniyatga ta`sir ko`rsatdi. Neolit va eneolit 
davriga oid shimoli - sharqiy evropadagi, Ural bo`yi va Janubiy G`arbiy Sibirdagi madaniy 
yodgorliklar shundan dalolat beradi. Jumladan, Ob daryosining quyi tomonlaridan topilgan 
qarorgohdagi yodgorliklarning ko`rsatishicha, aholining asosiy mashg`uloti ovchilik va baliqchilik 


41 
bo`lgan. Bu turmush tarziga shubhasiz Kaltaminor madaniyati o`z ta`sirini o`tkazgan. 
Kaltaminor madaniyati qadimiy, ayni paytda insoniyatning hayotida katta burilish yasagan, 
anchagina ilg`or madaniyat edi. Shu bois ham uzoq masofadagi madaniyatga o`z ta`sirini o`tkaza 
oldi. Ayniqsa, Sharqiy Turkistonning Yorkent daryosi havzalariga tutashib ketgan qumliklardan 
topilgan ashyolar Kaltaminor madaniyatiga juda yaqin. 
Kaltaminor madaniyatining ta`sirini Buxoro vohasining shimolidagi Quljuqtov tog`i 
etaklaridan topilgan manzilda ham ko`rish mumkin. Xususan, sopol buyumlar bu manzildagi 
madaniyatni Kaltaminor madaniyati bilan birlashtirib turadigan omillardan biridir. Janubiy 
Sibirdagi Afanas`ev madaniyati, Turkmanistondagi Anov madaniyatiga ham Kaltaminor madaniyati 
ta`sir o`tkazgani to`g`risida olimlar bir xulosaga kelganlar. Kaltaminor madaniyatining o`sha 
madaniy bosqichlarga ta`sirini ko`rsatadigan, ularni birlashtirib turadigan omil - turli sopol 
buyumlar, ovchilik asbob – uskunalari, naqsh solingan buyumlar va hokazolardir. Umuman, mazkur 
ashyolar Afanas`ev va Anov madaniyati bilan Kaltaminor madaniyatini birlashtirib turadi. 
Dunyoning, qolaversa, O`rta Osiyoning ham turli davrlarida har xil madaniy bosqichlarni 
kuzatish mumkin. Ammo qaysi madaniy bosqichning qachon mavjudligi emas, balki qaysi madaniy 
bosqichda inson qanday hayot kechirgani, qay yo`sinda turmush tarzi takomillashib borgani muhim. 
Shubhasiz, insoniyatning turmush tarzidagi o`zgarish, oldinga siljish dunyoni anglashiga ta`sir 
ko`rsatadi. Ma`lum bir madaniy bosqichning turli hududlarda umumiyligi (Masalan, skiflar va 
Kaltaminor madaniyatining Markaziy Osiyo va evropaning ko`p joylarida uchrashi) faqat ijtimoiy - 
iqtisodiy taraqqiyot darajasining, hayot tarzining umumiyligini belgilab qolmasdan, qabilalarning 
etnik jihatdan yaqinligini ham belgilaydi. Qozog`istondagi Issiq daryochasi bo`yidan topilgan bir 
qator ashyolar - yog`och va metalldan qilingan uy - ro`zg`or buyumlari, ayollarning taqinchoqlari, 
qurol-aslahalar va h.lar bu davrdagi O`rta Osiyo aholisining iqtisodiy, ma`naviy turmush tarzini - 
qanday hayot kechirganlarini tasavvur qilishga yordam beradi. Bu ashyolar miloddan oldingi V - IV 
asrlarga oid bo`lib, saklarga tegishlidir. Bu davrdagi soklarning turmush tarziga oid ba`zi 
ko`rinishlar qadimgi Isroil xalqida ham ko`rinadi. Biz yuqorida saklar mil. aval. VII asrda Urartuni 
tor - mor qilib, Midiya va Bobil bilan ittifoq tuzib, Ossuriyani mag`lub qilgani to`g`risida aytgan 
edik. Isroil ham ma`lum vaqt skiflar ta`sirida qolgan edi. Ana shu tarixiy voqea madaniy - iqtisodiy 
jarayonga ta`sir etmasligi mumkin emas edi. (rasm) 
Umuman olganda, Issiqdan topilgan ashyolar ham O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan turli 
madaniy bosqichlarning davomi bo`lib, eneolit davrining mahsulidir. Yangi metall buyumlar, 
aniqrog`i, oltindan buyumlar yasash paydo bo`ldi. Sharqda, xususan, Isroilda oltin buyumlar, 
taqinchoqlardan foydalanish Muso payg`ambar davridan oldin boshlangan edi. Sharq xalqlarining 
madaniy turmush sohasidagi bir -birlariga ta`sir etish jarayoni o`sha davrlardan boshlangan edi, deb 
aytish mumkin. Muso payg`ambar o`z qavmini Misrdan olib chiqayotganda tilla buyumlar va 
taqinchoqlarni yashrin olib ketishlari bejiz emas edi.
Madaniy bosqichlar to`g`risida so`z ketganda, shuni nazarda tutish kerakki, tarixiy davr 
bilan madaniy bosqichlar bir-biriga bog`liq va doimo bir – birini to`ldiradi. Quyidagi jadval 
madaniy bosqichlar va tarixiy davrlarning aloqasi to`g`risida to`liq tasavvur hosil qiladi. Mazkur 
madaniy bosqichlar X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab evropalik Gabriel` Martil`e, Anri 
Breal`, Edgar P`et kabi olimlar tomonidan ishlab chiqildi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling