Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Geraklning ana shu o`g`li Skifdan paydo bo`lgan ekan. O`sha oltin kosani eslab, iskiflar
hozirgacha kamarlarida kosa osib yuradilar. Aslida san`atdagi skif - hayvonot uslubining ildizlari ana shu afsonalarda. Gerodot keltirgan mazkur afsonada ko`rinishicha, Gerakl uchrashgan jonzotning belidan yuqori qismi - ayolga, pastki qismi ilonga o`xshar ekan. Bu tasvir skif - hayvonot uslubi aks etgan afsonalarning bizga ma`lum bo`lgan ilk namunasidir. Ilk afsonalarda inson va hayvonni yaxlit tasavvur qilish natijasida yana yarmi ho`kiz, yarmi odam shaklida ilk inson yuzaga kelgan. Jumladan, mashhur arxeolog S.P.Tolstovning aytishicha, ilk inson Qayumarsning tanasi yarmi inson, yarmi ho`kizdan iborat bo`lgan ekan. Antik davr madaniyatiga oid tasvirlarda uchraydigan jonzotlar - ot, tuya, tog` echkisi, hatto ilon, baliq ham qanotli shaklda tavvirlangan. Qadimgi Sharqda, Kichik Osiyoda bunday san`at namunalari ko`p uchraydi. Qadimgi Sharq xalqlarining badiiy va ilmiy tafakkurini birlashtiradigan omillardan biri ana shu hayvonot uslubidir. Xet, Bobil, Ossuriya, Tadmur kabi Sharqdagi eng qadimiy davlatlarda majusiylik mahsuli sifatida hayvon va qushlar tasvirini yasash udum bo`lgan edi. Bu davlatlarda yashagan aholi turmush tarzini ana shu jonzotlar tasviriga bog`lab izga solganlari qat`iy qoida tusiga kirgan edi. Ossuriya, Bobil, Urartu davlatlarida shakllangan san`at asarlari bilan Markaziy Osiyodagi san`at asarlari o`rtasida uyg`unlik bor. Bu uyg`unlik tarixiy - madaniy munosabatlar mahsulidir. Miloddan oldingi VII asrda skiflar O`rta Osiyodan Sharqqa yurish qildilar va Urartuni tor - mor qildilar. Midiya va Bobil bilan ittifoq tuzib, Ossuriyani mag`lub qildilar. Skiflar Sharqda 100 yil 39 davomida hukmronlik qildilar. Sharq hayotining hamma tomonlariga skiflar katta ta`sir ko`rsatdilar. Ba`zi olimlarning tadqiq qilishlaricha, skiflar saltanati yunon davlatiga va fors davlatiga o`xshamaydi. Aniqrog`i, ularning davlat tuzilishi alohida, o`ziga xos bo`lib, bir necha marta Qoradengiz atrofida va Janubiy Rus o`rmonlarida barpo bo`lgan. Xazarlar va Oltin O`rdaning madaniy obidalari ham Janubiy Rus o`rmonlaridagi skiflarniki bilan bir xil bo`lgan edi 3 . Gerodotning xabar berishicha, skif vafot etganda, azadorlar quloqlarini, qo`llarini tiladilar, sochlarini qiradilar, peshonalarini, burunlarini shiladilar, chap qo`liga nayza tiqadilar. Skiflar marhumlarni dafn qiladigan joy Gera eri bo`lib, o`sha joyga olib borgunlaricha, yo`l ustidagi boshqa skif qabilasiga marhumning jasadini beradilar. Mazkur qabila ham xuddi oldingi skif qabilasi singari aza marosimini o`tkazadi va bu marosim o`sha Gera eriga borguncha davom etaveradi. Turkiy qavmlar ota-bobolarining dafn odatlari to`g`risida Xitoy yilnomalarida yozib qoldirganlar. Xunlar ham, skiflar singari, marhum uchun aza tutayotganlarida, qon ko`z yoshlari bilan aralashib oqishi uchun yuzlarini tilganlar. Turk xoqonligida lashkarboshi Kultegin vafot etganda (VIII asr), aza marosimida ishtirok etish uchun Xitoy elchisi Lu Sin boshchiligida 500 odam keladi. Ular dafn marosimiga oltin, kumush, xushbo`y tutatqilar olib keladilar. Marhum uchun yig`lab, sochlarini yulganlar, quloqlarini kesganlar, eng yaxshi otlarini qurbonlik qilganlar 4 . Madaniy bosqichlarning keyingi davrlariga aniqliklar kiritishda ham sharq xalqlarining tarixiy – madaniy munosabatlari muhim ahamiyatga egadir. Sharqda hayvonlarning yakka holdagi tasviri odatda ma`budlar qiyofasini yoki ma`budlarning ramzini ifodalagan. Chamasi, skiflar o`zlari bilan birga O`rta Osiyodagi skif – hayvonot uslubini ham G`arbga olib borganlar, u erlarda azaldan mavjud bo`lgan hayvonot uslubidagi tasviriy va amaliy san`at namunalari takomillashuviga ta`sir ko`rsatgan. San`atdagi ilk skif – hayvonot uslubining o`ziga xos xususiyati shuki, bu uslubda yaratilgan asarlarda zoomorfik ko`rinish asosiy o`rin egallaydi. Zoomorfik ko`rinishning asosiy belgisi shundan iboratki, san`atda hayvonning u yoki bu a`zosi mustaqil biron hayvon timsolini gavdalantiradi. Buning namunalarini O`zbekiston va Qozog`iston tuprog`idan topilgan osori atiqalarda kuzatish mumkin. So`xdan topilgan bir yodgorlikda buning eng jonli namunasini kuzatish mumkin. (ikki boshli ilon rasmi) Mazkur yodgorlik miloddan oldingi ikkinchi ming yillikka oid bo`lib, ilon shaklidagi tumorni eslatadi. Tumor qora toshdan yasalgan. Tumorning dum qismi ham ilonning kallasi shaklida tasvirlangan. Xuddi shu uslubni Qozog`istondagi Issiq qo`rg`onidan topilgan amaliy san`at namunalarida kuzatish mumkin (rasm). Mazkur obidalar miloddan oldingi V-1V asrlarga oiddir. Topilgan ashyolar orasida otning dumidan yasalgan qanotli ot diqqatga sazovordir. Otning tog` echkisi shoxi singari shoxi ham bor. Skif – hayvonot uslubiga oid san`at asarlari Shimoliy Qora dengiz bo`ylaridan ham topilgan. Ayniqsa, “Amudaryo xazinasi“ deb nom olgan miloddan oldingi V-1V asrlarga oid skif–hayvonot uslubida bajarilgan buyumlar O`rta Osiyo xalqlari madaniyati tarixida katta voqea bo`lgan edi. Uy–ro`zg`or buyumlari ham skif – hayvonot uslubida bajarilgan. Mazkur buyumlar o`sha erda istiqomat qilgan xalqlarning kundalik turmush tarziga, qanday tirikchilik qilganlariga ishora qiladi. Masalan, bu qo`rg`ondan hayvonot uslubida yasalgan cho`mich, nontaxta, juva, chekich kabi buyumlar o`troqlashgan aholi turmush tarzini ko`rsatish bilan birga, dehqonchilik madaniyatidan ham darak beradi. Umuman olganda, skif-hayvonot uslubi Markaziy Osiyo va Sharq xalqlarining madaniy taraqqiyotini ko`rsatadigan omillardan biridir. Bir madaniy bosqichdan ikkinchisiga o`tishda bu oqim muhim omil bo`ldi. Ilk tosh davriga taalluqli Selengur madaniyatidagi hayvonot uslubi uzluksiz ravishda davom etib, hatto temir davrigacha keldi. Bu uslub bezak maqsadida emas, balki dunyo xalqlarining diniy - badiiy tafakkurining ramzi sifatida yuzaga keldi. Arxaik davrdagi ramziy timsollar - urug`chilik jamiyatidagi insoniyat hayot tarzining natijasi, olamga diniy va badiiy qarashlarning ifodasi edi. Qolaversa, bu uslub hodisalarning umumiy aloqalari va bir–biriga bog`liqligi to`g`risidagi fikrlarning mantiqiy ifodasi ham bo`ldi. 3 Бу ҳақда қаранг: Заур Гасанов. Царские скифь. – Нью Йорк, 2002, 256-бет. 4 Қаранг: Заур Гасанов. Юқоридаги асар, 258-бет. 40 Ibtidoiy fikrlash bosqichida tasviriy san`atda ramziy timsollar ko`p. Zario`tsoyning o`rta qismida turtib chiqqan “ayvon“dagi suratlar bu jihatdan diqqatga sazovor. Bu erda ov manzarasi tasvirlangan. Bir lavhada ovchilar hayvon terisini yopinib olib, yovvoyi to`ng`izlarni poylab turibdilar. Odamlarning qo`llarida o`q–yoy, bolta, o`roqsimon qurol, palaxmon bor. “Ayvon“dagi suratlarda magik marosimlar hamda ilk tosh davridan yangi tosh davriga o`tish jarayoni o`z ifodasini topgan. Odamlar ustiga hayvon terisini yopinib olgan tasvir shundan dalolat beradi. Go`yo hayvon terisini yopinib olganda, hayvonni ovlash oson bo`ladi. Ibtidoiy davrdagi bunday fikrlash relikt – urf-odat qoldig`i sifatida davom etavergan. Jumladan, Amerikadagi ba`zi xalqlarda X1X asrda ham ibtidoiy davrdagi hayvon terisini yopinib ov qilish odati saqlanib qolgan va tasviriy san`atga ko`chgan edi. Bunday tasvirlarda o`q - yoy yo`q. Bu tasvirda o`q - yoy yo`qligi ham tosh davriga oid moddiy mif namunasi ekanini ko`rsatadi. Bunga o`xshash qoyatosh suratlari qadimgi O`zbekistonning boshqa hududlarida ham uchraydi. Samarqand yaqinidagi Ilonsoy, Oqsoy, Toshkent yaqinidagi Xo`jakent, Farg`ona viloyatidagi Takatosh degan joyda topilgan suratlar shular jumlasidandir. Bu suratlarning sanasini aniqlash murakkab, chunki keyingi davrlarda ham o`sha suratlar uslubi davom etgan. Markaziy Osiyoning boshqa hududlarida, xususan, turkiy qavmlar yashaydigan hududlarda - Mo`g`uliston, Oltoy, Tuva, Xakasiya kabi qator hududlarda ham tarixiy-madaniy jarayonning umumiyligi va uzluksizligini kuzatish mumkin. Bu joylardagi madaniy jarayon Sharq madaniy jarayonidan ajralmagan, barcha ko`hna Sharq madaniyatining xususiyatlarini o`zida mujassamlantiradi. Bu jarayon shuni ko`rsatadiki, Sharq xalqlari madaniyati yaxlit madaniyatdir. Osiyoning, xususan, Markaziy Osiyoning qadimiy madaniyati ma`lum bir joyga nisbat berilib, shu joyning nomi bilan ataladi. Masalan, Janubiy Sibirdan topilgan madaniy yodgorliklar guruhlanib, o`sha joyning nomi bilan ataladi: Oldi bel madaniyati, Saglin madaniyati, Kazilg`on yoki Uyuq madaniyati, Shurmak madaniyati va boshqalar. Mazkur madaniyat bosqichlarida insoniyatning yashash tarzidagi oldinga siljishlar, yashash tarzining o`ziga xosliklari osori atiqalar, topilmalar yordamida aniqlanadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling