Ma`deniyat taniw uzb
– MAVZU IBTIDOIY DAVR MADANIYATI
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rta er dengizi madaniyati
6 – MAVZU
IBTIDOIY DAVR MADANIYATI Madaniyat tasodifan paydo bo`lgan emas, balki u turli bilimlar majmuidan, ishonch- e`tiqodlardan, san`atning barcha ko`rinishlaridan, jamiyatdagi axloqiy tamoyillar, qonun - qoidalardan, urf - odatlardan tashkil topadi. Shuningdek, inson jamiyat a`zosi sifatida o`zlashtirib olgan adolat, burch, mas`uliyat, tenglik, ozodlik, Vatan tuyg`ulari ham madaniyatning paydo bo`lib shakllanishiga ta`sir qilgan. Bir so`z bilan aytganda, madaniyat - insoniyatning butun faoliyatidagi to`g`ri yo`l va natijadir. Madaniy turmush ancha ilg`or sharoitiga etishgan bosqich ko`pincha “tsivilizatsiya“ degan nom bilan ham yuritiladi. Ammo madaniyat va tsivilizatsiya aynan bir–biriga teng tushuncha emas. Madaniyat sinfiy jamiyatgacha bo`lgan davrda ham mavjud edi. Tsivilizatsiya - insonlarning yovvoyi, ibtidoiy hayotdan qabila, millat, xalq bo`lib birlashuvi asosida yuzaga keldi. Keyinchalik har ikkalasi bir-birini to`ldirib bordi. Tsivilizatsiya ko`proq moddiy madaniyatga, mehnat qurollari va ishlab chiqarish unumdorligi, jamiyat va davlatni boshqaruvchi qonunlar rivojiga nisbatan qo`llanadi: evropa tsivilizatsiyasi, antik tsivilizatsiya, xristian tsivilizatsiyasi, musulmon tsivilizatsiyasi, Sharq tsivilizatsiyasi va h. Madaniyat va tsivilizatsiya - o`tmish mahsuli, ayni paytda kelajak uchun, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Madaniyat to`satdan paydo bo`lib qolmagan. U insoniyatning moddiy, aqliy, siyosiy, badiiy faoliyati sifatida yuzaga keldi. Inson yovvoyi hayotdan tsivilizatsiyalashgan hayotga o`tganda, madaniyat taraqqiy eta bordi. Ibtidoiy madaniyat davrini ba`zi olimlar jamiyat davri deb ham ataydilar. Insoniyat madaniyatni shakllantirib, rivojlantira borar ekan, yakka shaxsning va butun jamiyatning axloqiy tamoyillarini, baxt - saodatga erishish yo`l - yo`riqlarini topishga intiladi. Madaniyat turli mamlakatlarda turlicha shaklda namoyon bo`ladi. Ammo qay shaklda bo`lmasin, inson tsivilizatsiyani tadrijiy ravishda o`rganib, o`zlashtirib borishga moyildir. Masalan, qadimgi Misr, Xindiston, Eron, Yunoniston va Rimda tsivilizatsiya ilk bor madaniyatning shakllanishiga va dunyo madaniyati rivojiga zamin bo`ldi. Nima uchun qadimiyroq Sharq mamlakatlari emas, aynan Yunoniston va Rim davlatlari madaniyat beshigi bo`ldi, aynan boshqa mamlakatlarda emas, degan savol tug`iladi. Chunki aqliy va badiiy tafakkur ilk bor Yunoniston va Rimda shakllandi. Lekin Aflotun, Pifagor, Epikur, Eenon, Empedakl va boshqa yunon donishmandlari Misr va Hindistondagi ustozlardan ta`lim olganlar. G`arb ulamolari fikricha, faqat Yunon va Rim madaniyati antik madaniyat deb yuritiladi. Antik madaniyat bilan qadimiy (arxaik) madaniyat aynan bir xil emas. Ular orasida ma`lum farqlar bor. Garchi Sharq madaniyati yunon - rim madaniyatidan qadimiy bo`lsa ham, evropaliklar yunon - rim madaniyatini meros qilib oldilar va bu madaniyat evropa madaniyati izchilligini ta`minlagani, evropaliklar uchun yunon - rim jamiyati yagona qadimiy jamiyat bo`lgani uchun “antik” terminini qo`llaganlar. Antik madaniyatning qadimiy madaniyatdan yana bir farqi - yangi madaniyatni, ya`ni evropa madaniyatini yuzaga keltirganidir. Antik madaniyatda san`at, mifologiya, din va boshqa ijtimoiy hodisalar ilk davrda qorishiq holatdagi ko`rinishga ega bo`lib, birinchi marta yaratildi, dunyoning boshqa joylarida bunday madaniyat hali yo`q edi. Antik madaniyat degan termin ana shu birinchi marta yaratilgan osori atiqalarga, yozma va og`zaki adabiyotga nisbatan qo`llanadi. Soddaroq qilib aytsak, antik davr madaniyatning “tug`ilish“ davri, ya`ni evropa madaniyatini paydo qilgan davrdir. Dunyoning boshqa hududlarida antik davrga oid madaniy yodgorliklar Aleksandr Makedonskiy yurishlaridan keyin paydo bo`ldi. Jumladan, O`rta Osiyodagi, xususan, O`zbekiston hududidagi “antik san`at” yoki ellinizm madaniyati degan termin aynan mil. avval. IV–III asrlardagi yodgorliklarga nisbatan qo`llanmoqda. Masalan, Yunonistondagi haykaltaroshlikning qadimgi O`zbekiston hududida paydo bo`lgani ana shu tarixiy jarayon bilan bog`lanadi. Haykaltaroshlik tasviriy va amaliy san`atni, mifologiyani, fol`klorni, mafkurani ifoda etadi. Bu davrda tafakkurda ham o`zgarish yuz berdi. Fikrlashda moddiy mavjud narsalarga nisbatan aqlda mavjud narsalar va tushunchalar asosiy o`rin egallay boshlaydi. Antik davr odami ham jamiki insoniyatning hayot yo`lini bosib o`tgan. Dunyoqarash, tafakkur turli tarixiy davrlarda turli xil kechadi. Lekin Yunoniston va Rim madaniyatini birlashtirib 44 turadigan ko`p jihatlar bor. Har ikkala mamlakatning ko`p sonli aholisi O`rta er dengizi havzasi atrofiga yoyilib ketgan edi. Ana shu tarqoq aholi O`rta er dengizi madaniyati deb atalgan madaniyatdan oziqlandilar. Har ikkala mamlakat ham tosh qurollarni, keyinroq temir buyumlarni o`zlashtirib olishda bir xil surat bilan bordilar. Ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va ijtimoiy tuzilishi, aqliy taraqqiyoti ham juda yaqin edi. Ammo Yunoniston va Rim madaniyati bora - bora keskin ajralib, har biri o`z yo`lidan ketdi, mustaqil, bir - birini takrorlamaydigan oqimni shakllantirdilar. Yunoniston asosan, Eron, Kichik Osiyo, Afrika va Old Osiyo xalqlari madaniyati bilan uzviy aloqaga kirishdi. O`rta Osiyo misolida ham bu jarayonni kuzatish mumkin. Aleksandr Makedonskiy (Iskandar) Eron saltanatini, buyuk Axmoniylar sulolasini bosib olgandan keyin (mil. aval. 330 - 327 y.) Yunon va Rim badiiy madaniyati O`rta Osiyoning azaliy madaniyatiga kuchli ta`sir etdi. O`zbekiston zaminida antik badiiy madaniyatning eng gullagan davri - mil. aval. 3 mil. - 3 asrlardir 1 . Rim madaniyati esa qadimiy evropa bilan munosabatni mustahkamladi. Vizantiya madaniyatida milodning IV - XV asrlarida antik Rim madaniyati izlarini ko`rish mumkin. IV - VI asrlarda Vizantiya yuksak iqtisodiyoti, ko`rkam, hashamatli saroylari va ibodatxonalari bilan shuhrat qozondi. Bu davrda Vizantiya ustalari yasagan buyumlar ko`p mamlakatlarda shuhrat qozondi. Har bir shaharning o`z teatri, tsirki, ko`p qavatli uylari, rejali doirasimon maydonlari, keng ko`chalari bor edi. Arxaik, ya`ni qadimiy madaniyat tushunchasi neytral ma`noda ishlatiladi. Shuningdek, bir hududdagi qadimiy madaniyatga oid ashyolar boshqa hududda takrorlanishi mumkin yoki shunga o`xshash hodisa yuz berishi mumkin. Umuman olganda, arxaik madaniyat insoniyatning ilk davrdagi maishiy va ma`naviy hayoti tarzini bizgacha etkazib kelgan aqliy tafakkur mahsulidir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling