Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Qizil mamlakat degan nom hosilsiz jazirama issiq sahroga nisbatan ishlatilardi. Sahro 
mamlakatning sharqidan g`arbiga tomon hosildor o`lkalarda oppok tasmaga o`xshab ko`rinardi.
Qadimgi Misr madaniyati besh ming yil oldin yaratila boshlagan edi. Faqat keyingi 
yillardagina Misr madaniyatining asosiy nuqtalari ma`lum bo`la boshladi. Masalan, Misrning 
murakkab, mavhum dini insoniyatga XX asrning II yarmi choragida ma`lum bo`ldi. Ma`lum 
bo`lishicha, qadimgi Misrda 4000 xudo bo`lgan ekan. Bu xudolardan yarmi bugungi Misr bo`ylab 
keng tarqalgan va hamma sajda qilavergan. Qolganlari ma`lum hududdagi odamlar sajda qiladigan 
xudolar edi. Hamma xudolar bosh xudoning mahsuli yoki uning bir qismi edi. Bosh xudoni ba`zi 
manbalarda quyosh xudosi Ra deb, ba`zilarida Net`er deb aytadilar.
Garchi Misr madaniyatida xudolar va ularning tasviri birinchi o`rinda turgan bo`lsa ham, 
dunyoviy san`atga alohida e`tibor berilgan. Me`morlar, haykaltaroshlar, rassomlar yuqori 
lavozimdagi odamlar hisoblangan. San`at – abadiy hayotni bir avloddan ikkinchisiga o`tkazuvchi 
vosita deb qaralgan. Fir`avnlarning, xudolarning haykallariga san`atda ko`proq e`tibor berilgan, mil. 
ol. XIX asrgacha Misr haykaltaroshligi eng yuqori cho`qqiga ko`tarildi. Bu san`at asarlari orasida 


54 
fir`avn Exnaton va uning xotini Nefertitining haykalchasi diqqatga sazovor. Nefertiti ham toj 
kiygan holda tasvirlangan bo`lib, bir necha asrlar davomida Misrning ramziy tasviri bo`lgan edi. 
Hammaga ma`lumki, dunyoning etti mo``jizasidan biri Misr piramidalaridir. Bizga fir`avnlar 
Xeops, Xefron va Mikeronos davridagi piramidalar etib kelgan. Xeops davridagi piramida eng 
kattasi bo`lib, balandligi 150 m.ni tashkil qiladi. Piramidalarning atrofida qabrlar bor. Bu qabrlar 
shohning qarindosh - urug`lariniki va katta amaldorlarniki edi. Mazkur piramida Xeops (mil. 
ol.2551-2528 yillarda hukmronlik qilgan) piramidasi deb ataladi. Olam mo``jizalarining o`uyxati 
boshida, Xitoy devoridan keyin, ana shu piramida turadi. Dunyoda insoniyat qo`li bilan qurilgan 
eng ulkan inshootlardan biri ana shu piramidalardir. Xeops piramidasining qurilishiga 2,3 millionta 
tosh bo`laklari ishlatilgan. Har bir tosh bo`laklarining og`irligi 2,5 tonna chiqadi. Xeops davrida 
piramidalarning sirti maydalangan qumdan qilingan toshlar bilan qoplangan. Bu toshlarga 
ishlatilishidan oldin jilo berilgan. Xuddi shu toshlardan Qohirada mamluk sultonlarining saroyini 
qurish uchun ham foylalanilgan. Piramidalar qurilishiga ketgan materiallar hajmi to`g`risida 
quyidagi dalillar bo`yicha xulosa chiqarish mumkin: ingliz olimlarining hisoblashlariga ko`ra, bitta 
Xeops piramidasiga ketgan material Angliyadagi jamiki masihiy jamoatxonalarining qurilishiga 
ishlatilgan materialdan ko`p ekan. Yana shu hisob - kitoblar aniqlangan: Xeops piramidasiga 
ishlatilgan toshlardan XX asrda Germaniyadagi hamma jamoatxonalarni qurish mumkin bo`lardi. 
2002 yili evropa va Misr olimlari robot yordamida Xeops piramidasi ustida tadqiqot 
o`tkazdilar. Robot Xeops piramidasi ichiga qanday kirib borayotganini butun dunyo televizor orqali 
tomosha qilib turdi. Arxeologlar texnikaning eng so`nggi yutuqlari yordamida Xeops 
piramidasining eng muqaddas xonasiga - sirli xonasiga kirib bordilar. To`rt ming yil davomida bu 
xonaga inson oyog`i tegmagan edi. Ikki soat davomida o`n ikki santimetrli «piramidateshar» 65 
metr tunnelni bosib o`tib, maxsus drel` bilan ohaktoshdan qilingan eshikni teshdi. Teshik orqali 
kichkina telekamerani ham olib o`tdi. Robot u erda yana bir sirli xonaga duch keldi. Xonaning 
eshigi mahkamlangan ekan. Shunday qilib, xazina topilmadi. Robot yana ilgari yurishi uchun yana 
bir yil tayyorgarlik kerak bo`ldi. 
XXI asrda arxeologlar qazuv ishlarida eng yangi usullarni tatbiq qilib, shuni tushundilarki, 
qadimgi Misr arxitektorlari ayyorlik bilan ish tutgan ekanlar: Fir`avnning qabrini har xil nopok 
odamlar bulg`amasin, deb odamlarni chalg`itish uchun yolg`ondakam koridorlar qurgan ekanlar. 
Ikki frantsuz arxeologi Jak Bordo va Fransin Darmen dastlabki olti sulolaning fir`avnlari qabrlari 
loyihasiga oid barcha ma`lumotlarni yig`dilar va har bir qabrning batafsil xaritalarini chizdilar. 
Tayyorlangan xaritalar asosida piramidalarning ichki er osti yo`llarining bir necha yuz metrini 
suratga tushirdilar. Xarita va suratlarni solishtirib, shuni aniqladilarki, er osti yo`llaridagi ko`plab 
tutashgan joylar mahorat bilan qilingan soxta yo`llarga olib borar ekan. Tutashgan joylar toshni 
o`yib ishlangan bo`lib, suvalgan yoki maydalangan toshga ohak kushib berkitilgan ekan. Shu tariqa 
gorizontal tutashgan joylar soxta bo`lib chiqdi. Ammo bu qazilma natijasida arxeologlar haqiqiy 
yo`lakni va haqiqiy tosh devorni topishga muvaffaq bo`ldilar. Bu yo`lak va tosh devor piramidaning 
yashirin kovaklariga kiradigan joylarini sir saqlardi. O`sha kovaklarni tashqaridan bilish mumkin 
emas edi, chunki kovak joylar qum bilan berkitilgan edi. 
Qadimgi Misrda falsafa maktablari ham shakllangan edi. Maktabning asosiy bahsi «Nima 
birlamchi – raxmmi yoki moddiy olammi?» degan mavzu edi. Xudo Memfisning ruhoniylari, 
jamiki buyumlar bosh xudo Ptaxaning tafakkuri va kalomidan yaratilgan, deb hisoblardilar. Xudo 
Geliopolning ruhoniylari esa moddiy olamning birlamchi ekaniga ishonardilar. Ularning qarashicha, 
ilk suvlardan xudolar ham, atrof olamdagi jamiki hodisalar va buyumlar ham kelib chiqqan. Yunon 
filosoflari Misr ruhoniylaridan o`rganganlari to`g`risida rad qilib bo`lmaydigan dalillar bor. 
Xususan, Bibliyadagi olamning yaratilishi to`g`risidagi ta`limotni yahudiylar Misrda yashagan 
paytlarda yaratganlari ehtimoldan xoli emas.
Qadimgi Misr butun qadimgi dunyo, jumladan, yunon va Rim tsivilizatsiyasining 
shakllanishiga va taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatgan. Bironta tsivilizatsiya – na qadimni Rim, na 
qadimgi yunon, na qadimgi Xitoy tsivilizatsiyasi Misr tsivilizatsiyasi kabi qadimiy va uzoq muddat 
davom etgan emas. Misr jamiyati va madaniyati hech qanday o`zgarishsiz uch ming yil davom 
etgan. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling