Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
naturfilosofiya rivojlandi. Materializm va ob`ektiv qonuniyatlarni izlash bu falsafiy oqim uchun
xarakterli edi. Fales (mil.ol. 624 – 546) hamma narsalarning ibtidosi va asosi suv degan bo`lsa, Anaksimen (taxminan mil.ol. 585– 525) - havo, Anaksimandr (taxminan mil.ol. 611–546) - cheksizlik, deb qaragan edilar. Pifagor va uning izdoshlari, butun borliqning asosi miqdor va miqdor munosabatlaridir, deb hisoblab, matematika, astronomiya va musiqa nazariyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo`shdilar. Mashhur yunon faylasuflaridan Geraklit (taxminan mil.ol. 554 - 483) materiyaning asosi olov, degan xulosaga keldi. Uningcha, tabiatda ham, jamiyatga ham abadiy harakat va kurash ketadi. Deyarli hamma qadimgi yunon faylasuflari matematik bo`lgan edilar. Bular – Pifagor, Aflotun, Arastu bo`lib, ular olamning miqdoriy tavsifi to`g`risidagi falsafiy ta`limotni rivojlantirdi. Birinchi yunon faylasufi Fales jiddiy astronomik tadqiqotlar yaratdi, quyosh tutilishi to`g`risida bashorat qildi, ayni paytda u savdogar, dengizchi, ko`priksoz, ajoyib injener, davlat arbobi bo`lgan edi. Arxaik davrdagi adabiyotda epik janrlar etakchi rol` o`ynadi. Gomerning “Iliada”si, “Odisseya”si (mil.ol. VIII asrning oxiri) buning namunasidir. Bu davrda yana Gesiod “Teogoniya” (ya`ni Xudolar shajarasi) va “Mehnat va kunlar” dostonlarini yozdi. Ezopning (mil.ol.VI asr) masallari ham yunon madaniyati taraqqiyotida muhim rol` o`ynadi. Arxitektura ham rivojlandi. Geometrik jihatdan to`g`ri shakldagi kolonnalar, haykaltaroshlik, kulolchilik rivojlandi. Ayniqsa, Korinflik kulollar idishlarga naqsh solishni o`ylab topdilar. Bu davrda arxitektura va haykaltaroshlikning birlashtirilgani diqqatga sazovordir. Ibodatxonalar tashqi tomondan bo`rtma naqshlar bilan bezatilgan, ichkarisiga esa xudolarning haykalchalari qo`yilgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling