Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
mulkidan biron narsani meniki demas edi, hamma narsani umumiy deb bilishar edi”
(Havoriylarning faoliyati, 4:32). Ilk masihiylik, barcha diniy ta`limotlar singari, ijtimoiy-siyosiy g`oyalar mahsuliga, iudaizmga va Rim hokimiyatining sobiq Yahudiya hududidagi hukmronligiga qarshi o`laroq yuzaga keldi. Ochiqroq aytganda, ezilgan, xo`rlangan, azob chekayotgan xalqning ta`limoti sifatida vujudga keldi. Masihiylik ta`limoti ommani kurashga da`vat qilmadi, shu ma`noda bu oqimni aslo inqilobiy deb bo`lmaydi. Aksincha, turli ko`rinishdagi qo`zg`olon va urushlarning, nizolarning oldini olgan oqim sifatida paydo bo`ldi. Quyidagi parcha diqqatga sazovordir: ortodoksal yahudiylar bilan Rim imperiyasi askarlari Isoni o`ldirish rejasini tuzib, uni qo`lga olganlarida, Iso qon to`kilishning oldini oladi: “Iso bilan birga bo`lganlardan biri qilichini qinidan sug`urib, qulochkashlab oliy ruhoniyning qaroliga dast soldi-da, qulog`ini uzib tashladi. Lekin Iso unga: – Qilichingni joyiga qaytarib qo`y! Qilich ko`targan bari qilichdan halok bo`lur.Yoki o`ylaysanki, Men Otamga iltijo qilolmaymanmi? U Menga hoziroq o`n ikki tumandan ko`proq farishtalarni yuborishi mumkin” (Matto 26:51). Masihiylik ta`limoti Sharqning mahsuli bo`lsa-da, evropa madaniyatining yuzaga kelishi va taraqqiyotida katta xizmat qiladi. Shubhasiz, evropaning boy madaniyati ildizlari antik davr falsafasidan, haykaltaroshligidan, arxitekturasi va teatridan oziqlangan bo`lsa ham, Leonardo da- Vinchi, Dona Telo, Jotto, Mikelanjelo, Rafael asarlari masihiylik tafakkuri durdonalaridir. Ammo Masih ta`limoti o`rta asrlarda evropa adabiyoti, Kopernik va Galileyning ilmiy kashfiyotlariga qarshi kurashdi. Bu kurashni Masih ta`limotining bo`linishi mahsuli va o`ziga xos diniy ta`limotning “zo`ravonlik” siyosati deb baholash lozim. Bu fikrimizni dalillash uchun masihiylikning ilk o`rta asrlardagi faoliyatidan boshlab o`rta asrlargacha bo`lgan tarixiga e`tibor qarataylik. IV asr oxirida Rim imperiyasi G`arbiy va Sharqiy qismlarga bo`linib ketgach, masihiy jamoatlarida ham bo`linish yuz berdi. evropa xalqlarining an`analariga, madaniyati va turmushiga jamoatlarning ta`siri ikki yo`nalishdagi jamoatlarni paydo qildi: g`arbiy (katolik–protestant) va sharqiy (pravoslav) jamoatlari. Bular o`rtasidagi ziddiyat Rim jamoati (cherkovi) hukmronligiga qarshi e`tiroz (protest) sifatida shakllandi. Bu jamoatlar o`rtasidagi sezilarli farqlar evropa mamlakatlari va xalqlari ijtimoiy taraqqiyoti yo`llariga, surati va natijalariga turlicha yordam berdi. G`arbiy imperiyada imperatorning hukmronligi zaiflashdi. Jamoatlarning (cherkov)larning mavqei asta–sekin kuchaya boshladi. Beshinchi asrda Rim episkopi Papa deb e`lon qilindi. Papaning qo`li ostida katta hukmronlik bor edi. Rim Papasi: “Mening hukmronligim Xudo tomonidan berilgan, men gunohsizman”, deb e`lon qildi. Shu tariqa Rim Papasining obro`–e`tibori, siyosiy mavqei o`rta asrdagi evropa hukmdorlaridan yuqori bo`ldi. Endi katolik oqimi o`rta asr evropa tarixida o`z hukmronligini zo`rlik bilan o`tkazadigan bo`ldi. Hukmdorlar ham Rim papasining obro`yiga tayandilar, jamoatlarning obro`yidan foydalandilar. “Rabbiyning qabrini imonsizlardan xalos qilish” uchun Quddusga qilingan salib yurishlari bu to`g`rida guvohlik beradi. XIV–XV asrlarga kelib Rim katolik jamoatlarining hukmronligiga qarshi da`vat paydo bo`ldi. Bu da`vat aynan madaniyat sohasida yuz berdi. Chunki katolik jamoatlari xuddi madaniyatga o`z hukmronligini o`tkazgan edi. Uyg`onish davri ana shu da`vat mahsuli sifatida yuzaga keldi. Uyg`onish davri fikr erkinligiga, ilmiy bilishga qarshilik qilib kelgan jamoatlarning hukmronligiga zid o`laroq Dante, Rable, Rafael`, Bokkachcho, Kopernik, Galiley va boshqa ko`plab olim va ijodkorlarni etishtirdi. Ular madaniyatning tashqi qatlamidagina islohot o`tkazdilar. Katolik oqimining zaminiga kuchli zarbani Uyg`onish ortidan kelayotgan Islohotchilik (reformatsiya) harakati berdi. Islohotchilik harakati katolik jamoalarini Uyg`onishga xos hurfikrlilik zarbalaridan saqlab qolish maqsadida va Uyg`onish davri madaniyati elementlarini Islohotchilik 68 oqimiga olib kirishlarga, ya`ni assimilyatsiyalashuvga qarshi chiqdi. Lyuter, Kalvin, Myuntser va b. Papaning begunohligi to`g`risidagi aqidaga, katoliklar jamoatida Xudoga xizmat qilishga oid dabdabalarga, katoliklar jamoati inson va Xudo o`rtasidagi vositachidir, degan jamoaning rolini haddan tashqari oshirishga qarshi chiqdilar. Katolik jamoati lotin madaniyatidan oziqlangan bo`lib, antik madaniyatga oid qo`lyozma merosning bir qismi saqlanib qolishiga yordam berdi. Pravoslav jamoalarining katolik jamoalardan farq qiladigan tomonlari quyidagilar. Pravoslavlar Uchlikni boshqacha talqin qiladilar. Ularning qarashicha, Muqaddas Ruh faqat Ota - Xudodan kelib chiqadi, jannat va do`zax oralig`idagi Arosatni tan olmaydi. Arosat - katoliklarga mansub aqida. Indul`gentsiya (bandalarning gunohi kechirilganligi to`g`risida Rim Papasi tomonidan beriladigan yorliq) protestant jamoalariga tatbiq qilinmaydi, xamirturushli non va sharob tanovul qilish marosimini o`tkazadilar. Pravoslavlar bu farqlarga, ayniqsa, 1054 yilda katoliklar bilan tamomila ayrilganlaridan keyin qat`iy rioya qiladilar. Masihiylik, xususan, katolik oqimi, o`rta asrdagi o`z taraqqiyotidan xulosa chiqarib, keyingi rivojida jamiyatga va odamlarga tazyiq o`tkazishning har qanday ko`rinishlariga barham berdi. Masihiylikning evropaliklar fe`l–atvori, madaniyati shakllari, tafakkur tarzi va qadriyatlariga ijobiy ta`sirini alohida ta`kidlash kerak. Bibliya, Bibliyadagi obraz va syujetlar asrlar davomida tasviriy san`atda va haykaltaroshlikda asosiy mavqeni egalladi. evropa me`morligi yaratgan jamoat (cherkov) arxitekturasi Xudoning va jamoatlarning ulug`vorligini sharaflashga qaratildi. Ma`baddagi musiqa, xuddi jamoat xori singari, evropa xalqlarining musiqa madaniyatiga ta`sir ko`rsatmay qolmadi. Jamoat musiqasi va qo`shiq xalqona madaniyat bilan zich aloqadorlikda rivojlandi. Masihiy jamoatlari ta`siri ostida yaratilgan madaniyat evropada Xudoni sharaflash, e`tiqodning mustahkamligi uchun xizmat qildi. Bir so`z bilan aytganda, asrlar davomida, hatto ming yillar davomida turmush va axloq mezonlari, madaniy an`analar, adabiyot yaratish - bularning hammasi masihiy jamoatlarining kuchli ta`siri ostida shakllandi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling