Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

 
 
 
 
4
Рационализм — билиш назариясидаги бир йўналиш, онг – ҳақиқий билимнинг манбаи ва мезони, деб 
ҳисоблайди, тафаккурни ҳиссий билишдан ажратади 


66 
8 – MAVZU 
DUNYOVIY VA DINIY MADANIYAT 
O`rta asrlarda feodal munosabatlarning shakllanishi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotda 
keskin o`zgarishlarni keltirib chiqardi. Ayniqsa diniy aqidalarning rasman tus olib, ko`p 
xudolilikdan yakka xudolilik - tavhid aqidasiga o`tish jarayoni insoniyatning hayot tarzini 
o`zgartirdi. Bibliya, Talmud, Qur`oni Karimning paydo bo`lishi nafaqat Sharqda, balki g`arbda ham 
tafakkurni va hayot tarzini jiddiy o`zgartirdi. Endi insoniyat ma`lum tartibga solingan hayot kechira 
boshladi. 
Yakka xudolilik ilk bor Bibliyada shakllandi. Iudaizm tarixi, nazariyasi qadimgi 
yahudiylarning hayoti va taqdiri bilan zich bog`langan. Bibliyaning Eski Ahd-Tavrot qismi bu 
to`g`rida to`liq ma`lumot beradi. 
Bibliya tarkibiga kiruvchi Tavrotda (Musoning besh kitobi) iudaizm Sharqdagi ko`p 
xudolilikka qarshi mafkura sifatida yaratildi. Qadimgi Isroil xalqi ilk bor yakka Xudo Yahvega
Ibrohim davrida e`tiqod qila boshlagan. Keyin uning o`g`li Ishoq, (islom tarixida – Ismoil) nabirasi 
Yoqub va uning o`n ikki o`g`li Yahveni tanho Xudo sifatida e`tirof qildilar. Bibliyaning Eski Ahd 
qismi ham Muqaddas Kitob shaklida Yahve ta`limoti sifatida - mil. aval. Ikkinchi ming yillikda 
shakllana boshlandi. 
Iudaizm to`g`risida bizga Bibliya va u haqda yozilgan ko`pgina asarlar ma`lumot bera oladi. 
Isroil xalqi Yoqub payg`ambar (boshqa nomi Isroil) qavmlaridir. Bibliyada hikoya qilinishicha, 
Muso Yahvyo bilan gaplashishga qodir bo`lgan Isroil xalqi rahnamosi va Yoqubdan keyin Xudo 
bergan qonunlarni amalga oshiruvchidir. O`nta amrni Xudo Muso orqali Isroil xalqiga bergan. 
Yahve Muso orqali turli mo``jizalar (Muso a.s.ning fir`avn huzurida hassani ilonga aylantirishi, 
Qizil dengizdan Isroil xalqini olib o`tishi, qoyaga hassani urib, qoyadan suv chiqarishi) ko`rsatib, 
Isroil xalqining diniy rahnamosi, iudaizm dinining otasi bo`lib qoldi. 
Eski Ahd 39 kitobdan iborat. Bu kitob quyidagicha guruhlanadi: Musoning beshta kitobi 
yoki Tavrot. Bular quyidagilardir: Ibtido, Chiqish, Levilar, Sahroda va Amrlar kitoblaridir. 
Iudaizmning asosida ana shu beshala kitobdagi aqidalar yotadi. 
Bibliyaning davomi Hakamlar kitobi, Shohlar kitoblari (to`rtta), Payg`ambarlar kitoblari
Dovudning “Zabur”i, Sulaymonning «Hikmatlari” va boshqa kichik hajmli kitoblardan iboratdir. 
Mazkur kitoblarni iudaizmga e`tiqod qiluvchilargina emas, balki Iso Masih ta`limotiga e`tiqod 
qiluvchi barcha masihiylar - xristianlar muqaddas kitoblar sifatida o`rganadilar. 
Eski Ahdda olamning ibtidosi to`g`risidagi chuqur mushohadalarni, odamlar o`rtasidagi 
munosabatlarni, axloqiy mezonlarni, ijtimoiy qadriyatlarni va boshqa ko`plab falsafiy g`oyalarni, 
axloqiy o`gitlarni ko`ramiz. Bir so`z bilan aytganda, Eski Ahd Sharq xalqlari ming yillar davomida 
amal qilib kelgan axloqiy tizimni va Tanho Xudo to`g`risidagi ta`limotni o`zida mujassamlantiradi. 
Monoteistik ta`limotga asoslangan uchta oqim - iudaizm, masihiylik, islom bir-biriga 
bog`liq. Bularning orasida qadimiysi iudaizmdir. 
Miloddan av. uchinchi ming yillikda ilk diniy tizim shakllana boshladi. Tarixda 
markazlashgan hukmronlik paydo bo`lgan mamlakatlarda, jumladan, Misrda mutlaq hukmronlik va 
ilohiylashtirilgan hukmdor - fir`avnning daxlsizligi monoteizmga olib kelgan edi. Misr fir`avniga 
qaram mamlakatlar xalqi hukmdor qiyofasida oliy ilohiy ramzni ko`rdilar. Hukmdorning ramzi 
qaram davlatlarning etnik madaniyatida va ijtimoiy-siyosiy jihatdan o`sib borishida umumiy 
jarayonni ifoda qilardi. Zaminiy hukmdorlikning bir qo`l ostida to`planishi natijasida shunday 
qarashlar kelib chiqdi: osmonda, ya`ni g`ayritabiiy kuchlar olamida hokimiyat tizimi zamindagi 
singari tizimni o`zida zohir etadi. Ayni ana shunday qarashlar, taxminlar monotezimni - Tanho 
Xudo to`g`risidagi g`oyaning o`sishiga yordam berishi kerak edi. 
Iudaizm - mustaqil diniy tizim. Ayni paytda uning taraqqiyoti ko`p jihatdan qadimdan 
shakllangan mezonlarga - eski an`analarning ta`sir kuchiga ham bog`liq. 
Xristianlik yoki masihiylik - dunyodagi ko`p tarqalgan ijtimoiy, falsafiy, diniy oqimlardan 
biri bo`lib, Bibliyaning Yangi Ahd qismiga asoslanadi. Yangi Ahd (yoki «Xushxabar») Iso Masih 
yaratgan ta`limotdan iboratdir. Bu oqim dunyoning hamma mamlakatlarida uchraydi. Ammo 
evropa, Amerika, Avstraliya qit`alarida asosiy davlat dini rasmiy mafkuradir. Garchi masihiylik 
bugungi kunda G`arb mamlakatlariga xos oqim bo`lsa-da, aslida Sharq va uning madaniyati bilan 


67 
zich bog`langan. U, Sharqning boy mifologik, badiiy va aqidaparastlik imkoniyatlaridan foydalandi. 
Bu imkoniyatlar masihiylikning paydo bo`lishi uchun bitta imkoniyat va asosdir. Ikkinchi 
imkoniyat - Masih ta`limotining yuzaga kelishida iudaizmning muhim asos bo`lganidir. Bitta dalil: 
insoniyatning gunoh qilishi va gunohlardan forig` bo`lib najot topishi g`oyasi asli Eski Ahdning 
barcha kitoblarida o`z aksini topgan. Gunoh va insoniyatni gunohlardan xalos bo`lib, najot topish 
g`oyasi evropa uchun ham, Sharq xalqlari hayot tarzi uchun ham muhim axloqiy mezondir. 
Insoniyatni halollikka va ortiqcha hashamatlarga, boylikka berilmaslikka da`vat qilish ham 
masihiylik ta`limotining muhim jihatlaridandir. Quyidagi parcha bunga dalildir: “Hech biri 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling