Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Xitoy madaniyati 
Xitoy — tsivilizatsiya ilk bor paydo bo`lgan to`rt mamlakatning biri bo`lib, qadimgi Misr
Bobil va Hindiston qatorida turadi. Rasmiy ma`lumotlarga qaraganda, mamlakatda besh mingta 
tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjud. Miloddan oldingi uchinchi ming yillikda xitoyliklar qizil, 
oq, safsar rangli sopollar ishlab chiqarganlar. Sopollarga to`rburchak, to`lqinsimon shakllar 
solganlar. Xitoy madaniyatidan qolgan eng noyob yodgorlik — alifbodir. Xitoy yozuvi “ieroglif” 
deb ataladigan belgilardan iborat bo`lib, 50 ming belgidan, ya`ni ierogliflardan iborat. “Ieroglif” 
termini yunoncha bo`lib, “toshga o`yib yozilgan muqaddas belgi” degan ma`noni bildiradi. Bundan 
tashqari, 1958 yili xitoy tilining lotinlashgan alifbosi ham qabul qilingan. 
Kundalik hayotda 4–6 ming belgi ishlatiladi. Hozirda yaxshi ma`lumoti bor xitoylik 6–8 
ming belgini biladi. Gazetani o`qiy olish uchun 3–5 ming belgini bilish kerak bo`ladi. 
Alifbo Xitoy madaniyatidan eng noyob merosdir. “Madaniyat” so`zi xitoychada “ven–xua” 
deb aytilib, “savodli bo`lmoq” ma`nosini bildiradi. Xitoy ierogliflarining xizmati shundaki, millat 
o`z merosini saqlashga va yoyishga, davlatni markazlashtirib, mustahkamlashga imkon berdi. Xitoy 
rahbariyati ieroglif yozuvni xitoy millati va madaniyati birligi uchun kafolat sifatida qaraydi. Xitoy 
ierogliflari yana husnixat estetikasi uchun ham asosdir. 
VII–XIII asrlarda xitoyliklar rassomchilikni san`atning muhim ko`rinishlaridan biri sifatida 
hurmat qilganlar. Bu davrdan saroy devorlariga, ibodatxonalarga solingan suratlar, miniatyuralar 
saqlangan. Bir necha metrli o`rama qog`ozlarda shahar va saroy hayoti, tabiat, portret, maishiy 
hayot tasvirlangan. Rassomlar guruchdan qilingan qog`oz va ipakdan foydalanganlar. 
Qog`oz bilan birga xitoyliklar birinchi bo`lib choy, chinni, porox, soyabon, muzqaymoq, 
ipak va gugurtni o`ylab topib, dunyo bo`ylab tarqalgan. Besh ming yil ilgari ilk bor dunyoda beton 
quyish texnologiyasini ishlab chiqqanlar. Gansu viloyatidagi arxitektura kompleksi shundan dalolat 
beradi.
Samo ibodatxonasi (1420 yilda qurilgan) Pekinning o`ziga xos ramzidir. Bu ibodatxona 
dumaloq shaklda qurilgan bo`lib, uch qavatli tomi bor. Aslida bu ibodatxona imperator sayr 
qiladigan o`rama park bo`lgan edi. Ibodatxona poydevorining diametri 30 metr, balandligi 38 metr. 
Ibodatxonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shuki, devor aks sado beradi va bir tomondan 
ikkinchi tomonigacha ovoz yoyiladi. 
G`or ibodatxonalar ham Xitoy arxitekturasining e`tiborga loyiq tomonlaridandir. Asosan, 
tog`larni o`yib g`orlarda barpo qilingan budda ibodatxonalari tarixi 1000 yildan nariga borib 
taqaladi. 
G`or ibodatxonalari orasida Gansu viloyatidagi Dunxuan shahrida barpo qilingan ibodatxona 
qadimgi Sharq san`atining xazinasi deb nom olgan. Bu ibodatxona Minshaman` shahri etagidagi 
qoyaga o`yilgan, uzunligi 1600 metr. Bu ibodatxonalar Mogao ibodatxonalari kompleksi deyiladi. 


59 
Ibodatxona qurilishi milodiy 360 yilda boshlanib, uzluksiz ravishda 700 yil davom etgan. Buyuk 
ipak yo`li shu erdan o`tgan. Ibodatxona qurilishida savdogarlar, amaldorlar, oddiy odamlar ishtirok 
etganlar, nazrlar ataganlar. Ibodatxona kompleksida 735 g`or, 45 ming kvadrat metr devor suratlari, 
2415 ta turfa rangdagi haykalchalar saqlangan. Bu yodgorliklar 10 sulola hukmronligi davrida 
barpo bo`lgan. 1988 yili YuNeSKO qarori bilan mazkur ibodatxona kompleksi jahon madaniy 
merosi sifatida ro`yxatga olingan.
Xitoy arxitekturasi Yaponiya, Koreya, Janubi–Sharqiy Osiyo mamlakatlari arxitekturasiga 
kuchli ta`sir etgan. Xitoyda falsafiy va diniy oqimlar asosan miloddan oldingi birinchi ming yillik 
oxirida shakllanib bo`lgan edi. Birinchi navbatda konfutsiylik va daosizm paydo bo`ldi. Xitoyning 
ma`naviy madaniyatida buddaviylik katta rol o`ynadi. Buddaviylik Xitoyga milodiy I asr o`rtalarida 
Hindistondan kirib keldi. VIII asrda Xitoy islom ta`limoti bilan tanishdi. Keyinroq katolik 
missionerlari paydo bo`ldilar. IX asrning o`rtalarida esa mamlakatga masihiylik kirib kela boshladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling