Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

 
Klassik davr 
Bu davr Perikl, Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit, Esxil, Sofokl, Evripid va boshqa qator 
allomalarning nomlari bilan bog`liq. Bu davrda haykaltaroshlik rivojlanib, haykallarning turli 
shakllari va turlari yaratildi. Marmar bilan birga bronzadan foydalaniladigan bo`ldi. 
Mil.ol. V asrda yunon jamiyatining madaniy mezonlari shakllana boshladi. Ovqat va 
ichimliklarda mo``tadillik, axloqda tiyiqlik, haqiqatgo`ylik, o`z so`ziga sodiqlik, ishda halollik, 
jismoniy bardoshlilik va boshqa qator axloqiy mezonlarga ko`ra jamiyat odamlarga baho bergan. 
Insonga hurmat shu tariqa shakllana boshladi. Sport rivojlandi, ayniqsa, bolalarni sog`lom 
tarbiyalashga yunonlar kunning ko`p qismini uydan tashqarida - sport zallarida, stadionlarda 
o`tkazardilar. Shahar markazidagi bozor maydoni odamlar har kuni yig`iladigan joy edi. Hamma 
yangiliklarni ular shu erda eshitganlar, Qolaversa, odamlar bu erda bir–birlari bilan uchrashib
shaxsiy ishlarini bitirganlar. 
Fidiy, Meron, Poliklet va boshqalar klassik davr haykaltaroshligiga asos soldilar. 
Rassomchilikda Polignopa (V asr boshlari) va Apollodora (V asrning ikkinchi yarmi) yangicha 
usullarni, syujetlarni olib kirdilar. Klassik davr adabiyotida tragediya va komediya janri paydo 
bo`ldi. Esxil (mil.ol. 525–456), Sofokl (taxminan mil.ol. 496–406) va Evripid (mil.ol.485–406) 
tragediya janriga asos soldilar. Tragediya Dionis sharafiga o`tkaziladigan marosimlardan kelib 
chiqqan. Komediya ham Dionis sharafiga aytilgan satirik qo`shiq va raqslardan paydo bo`ldi. Shu 
tariqa Yunonistonda dramatik teatr paydo bo`ldi. 
Miloddan oldingi V asr ajoyib arxitektura inshootlariga boy. Jamoat binolari sifatida 
ibodatxona ko`p qurilgan edi. IV asrda Yunonistonda iqtisodiy va siyosiy tanazzul kuzatiladi. 
Ammo madaniyatning turli sohalari rivojlanib boraverdi. Antik falsafa ayni shu paytda yuksak 
cho`qqiga etdi. Uchta faylasuf - Suqrot, Aflotun va Arastu antik falsafani yaratdilar. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling