Ma`deniyat taniw uzb
Qadimgi Yunoniston madaniyati
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Qadimgi Yunoniston madaniyati
Qadimgi Yunoniston madaniyati tarixi besh davrga bo`lib o`rganiladi: 55 1. Egey yoki Krit-miken davri (mil.ol. III-II ming yilliklar) madaniyati. 2. Gomer davri (mil.ol. XI-IX asrlar) madaniyati. 3. Arxaik davr (mil.ol. VIII-VI asrlar) madaniyati. 4. Klassik davr (mil. ol. V-IV asrlar) madaniyati. 5. Ellinistik davr (mil.ol.1V asrning II yarmi – mil. ol. I asrning o`rtasi) madaniyati. Krit - miken davri eng qadimgi tsivilizatsiya davri deb ham yuritiladi. Bundan tashqari, dastlabki uch davr ko`pincha klassik davrgacha bo`lgan davr degan umumiy nom bilan aytiladi. Bunday holda Yunoniston madaniyati uchta asosiy davrga bo`linadi: klassik davrgacha bo`lgan davr, klassik davr, ellinstik davr. Egey yoki Krit - miken davri XIX asrning 70 - yillarida nemis arxeologi Shliman Egey dengizi qirg`oqlarida qazuv ishlari olib bordi. Qazuv natijasida ettita shaharni aniqladi. Shxarlardan birida Shliman oltin xazinasini topdi. Bu xazina mil. ol. III ming yillikda yashagan shohga tegishli bo`lgan ekan. Bu shoh haqida Gomer «Iliada» dostonida shunday yozgan edi: Muqaddas Troya halok bo`lar, Priamning nayzabardor xalqi Troya bilan halokatga uchrar. Priam shahri oltin xazina egasi bo`lgan shohdan ming yil keyin barpo bo`lgan edi. Troyadan uchinchi ming yillikning o`rtalariga oid arxeologik qatlamlar topilgan. Shliman bu shahardan katta qabr ham topdi. Qabrga sharqona ko`rinishda, oltin bilan bezatilgan liboslar kiygan erkak va ayolning jasadlari dafn qilingan. Qabrda qurol ham bor edi. Antik san`atdan engsiz uzun kiyim (xiton) ma`lum ediyu ammo sharqona liboslar hali uchramagan edi. Bu topilmalardan, Yunonistonda boshqa xalq madaniyati ham bo`lgan, degan xulosa kelib chiqadi. Troyadan Yana qal`a, saroy, qabrlar ham topilgan. Bu singari osori atiqalar Mikendan va Yunonistonning boshqa shaharlaridan ilgari ham topilgan edi. Yunoniston madaniyati–uzoq taraqqiyot mahsuli bo`lib, Sharq mamlakatlari Bilan Egey dengizi bo`ylarida joylashgan yunon qabilalari bilan Bolqon yarim orollarining janubi, Krit orollari va boshqa Egey dengizi orollari, Egey dengizining Osiyo qismi o`zaro munosabatlari natijasida paydo bulgan. Bu joylar Miken davlatlari deb nom olgan. Ikkinchi ming yillik oxirida Miken davlatlari Bolqon yarim orolining shimolidan bu erga kelib o`rnashgan va bu erdagi qabilalarga qarindosh bo`lgan yunon qabilalari tomonidan tor - mor qilindi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling